Termiz tuman kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 7,51 Mb.
bet42/76
Sana31.12.2021
Hajmi7,51 Mb.
#268055
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Bog'liq
Avtomobil tuzilishi o'quv amaliyotdan O'MT

Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishda yonilg'i nasosi va rostlagich korpusidagi moy sathi tekshiriladi, zarur bo'lsa moy quyiladi. Dizel sinov uchun yurgazilib, ishlatilgan gazlarni tutashi, manometr bo'yicha yonilg'i bosimi va radiatordagi suvning isishi nazorat qilinadi. Dvigatel, yonilg'i nasosi va rostlagichda begona taqillashlar bor-yo'qligi eshitib ko'rish orqali tekshiriladi. Yonilg'i apparaturasi kirlardan tozalanadi, mahkamlovchi detallar tortib qo'yiladi, baklarga kerakli miqdorda tindirilgan yoki filtrlangan yonilg'i quyiladi. Yilning sovuq kunlarida, yonilg'ini dag'al va mayin tozalash filtrlarining korpuslaridan cho'kindilar har kuni to'kib turilishi kerak.

1-TXK o'tkazilganda yonilg'i bakidan, yonilg'ini dag'al va mayin tozalovchi filtrlardan cho'kindilar to'kib tashlanadi, tizimdan havo chiqarib yuboriladi. Yonilg'i bakining qopqog'idagi teshik, havo tozalagich hamda havo so'rgich turidagi teshiklar va tirqishlar tozalanadi; havo va yonilg'i bilan ta'minlash tizimlaridagi asboblar holati, ular birikmalarining germetikligi ko'rikdan o'tkazilib, tekshiriladi va zarur hollarda nosozliklar bartaraf etiladi; dvigatelni to'xtatish yuritmasining hamda yonilg'i berishni qo'l bilan boshqariladigan yuritmaning ishlashi nazorat qilinadi.

2-TXK o'tkazilgan chog'da: yonilg'i baki, yonilg'i naychalari, yonil­g'i nasoslari, forsunkalar, filtrlar va nasos yuritmalarining mahkamlanishi hamda germetikligi tekshiriladi; yonilg'i berishni boshqarish mexa-nizmining sozligi va dvigatelni qo’l bilan to'xtatish trosining ishlashi tekshiriladi; yonilg'ining aylanishi ko'zdan kechiriladi va tizimda havo bo'lsa, chiqarib yuboriladi; dvigatel yurgaziladi va salt ishlash rejimida tirsakli valning minimal aylanishlar chastotasi rostlanadi; dvigatelni, yuqori bosimli yonilg'i nasosining, tirsakli val aylanishlar chastotasi rostlagichining ishlashi va ishlatilgan gazlarning tutashi tekshiriladi; yonilg'ini dag'al va mayin tozalovchi filtrlarning korpuslari yechib olinadi va yuviladi, filtrlovchi elementlar almashtiriladi. Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatish o'tkazilganda: cho'kindi to'kib tashlanadi va yonilg'i baki yuviladi; forsunkalar yechib olinadi va max-sus asbobda ninaning ko'tarilish bosimi rostlanadi; dvigatelni ta'min­lash tizimidagi havo uzatkichlarning mahkamlanishi havo yordamida tekshiriladi.

Qishki mavsumda ishlatishga tayyorlanganda yuqori bosimli yonilg'i nasosi va yonilg'i haydash nasosi yechib olinadi, ular stendda tekshiriladi va rostlanadi; yuqori bosimli yonilg'i nasosi hamda dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasining rostlagichi yechib olinganda, ulardagi moy almashtiriladi; yonilg'i purkalishini ilgarilatish muftasining korpusidagi moy sathi tekshiriladi va zarur bo'lsa moy quyiladi.

КамАЗ-740 dvigatelidagi havo filtrining birinchi pog'onasiga xizmat ko'rsatish uchun filtrdan chang so'rgich magistrali va havo o'tkazgichlar ajratiladi, qopqoq yechiladi, mahkamlovchi sterjen burab bo'shatiladi, filtrlovchi element sug'urib olinadi va filtr korpusi yechiladi. Korpus inersion panjara bilan birgalikla dizel yonilg'isida yoki issiq suvda yuviladi, siqilgan havo bilan puflab quritiladi; yig'ish paytida, tores qopqoqlari va g'iloflari deformatsiyalangan (pachoqlangan) filtrlovchi elementlarni o'rnatishga yo'l qo'ymaslik darkor; yirtilgan qistirmalarni almashtirish lozim.

Kartonli filtrlovchi elementga havo filtrini kirlanganlik darajasini bildiruvchi indikator ko'rsatmasiga muvofiq xizmat ko'rsatiladi. Agar element kartoni kulrang (qurum bosmagan) bo'lsa, uni 0,2 - 0,3 MPa bosim ostidagi siqilgan havo bilan purkaladi. Kartonga chang, qurum, moy yoki yonilg'i yopishgan bo'lsa, u holda element, yuvish moddasi qo'shilib 40 - 50°C isitilgan suvda yuviladi. Bu eritmaga element 10-15 daqiqa davomida solib qo'yiladi, so'ng toza suvda chayiladi va quritiladi. O'rnatishdan oldin filtrlovchi elementning holati, uning ichiga lampa yoqib yorug'lik bilan tekshirib ko'riladi. Yirtilishlar, teshilishlar va boshqa shikastlanishlar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. Filtrlovchi elementni har bir 2-TXK da yuvish va bir marta kuzda, uni yangisi bilan almashtirish tavsiya etiladi. Ikki yoki uch marta 2-TXK dan so'ng, havo kiritish tizmining germetikligini tekshirib ko'rish zarur. Dizeldagi ta'mirlash tizimining germetikligi alohida ahamiyatga ega. Bakdan yonilg'i haydash nasosigacha bo'lgan (tizimning kiritish qismi) yonilg'i tizimiga havo so'rilishi, yonilg'i berish apparaturalarini yomon ishlashini keltirib chiqaradi, yonilg'i haydash nasosidan to forsunka-largacha bo'lgan bosim ostidagi yo'llarda germetiklikning buzilishi esa yonilg'ini oqishiga, demak ortiqcha yonilg'i sarf bo'lishiga sabab bo'ladi.



Magistralning kiritish qismi germetikligi, bosimni oshiruvchi qo'l nasosi bo'lgan bakcha ko'rinishidagi maxsus asbob yordamida tekshi­riladi. Magistralning yonilg'i haydash nasosi bilan forsunkalar orasidagi qismini, yonilg'i nasosidagi qo'1yuritmali nasos yordamida yoki dizelni salt ishlashida ko'z bilan kuzatib tekshirish mumkin. Yuqori bosimli va yonilg'i haydash nasoslari, СДТА-1 va СДТА-2 (yonilg'i beruvchi dizel apparaturalari) stendlarida tekshiriladi. Yonilg'i haydash nasosining berilgan qarshilikdagi ish unumdorligi va yonilg'i kanali to'la yopiq bo'lganda, u hosil qiladigan bosim tekshiriladi. Yonilg'i haydash nasosini tekshirish uchun undan filtrga ketgan naycha o'lchov bakchasiga tushiriladi, yonilg'ining nasosdan chiqishi esa, chiqishdagi bosim 60 - 80 KPa gacha ko'tarilishi uchun, kran vosi-tasida bir oz yopiladi. КамАЗ-740 dvigatelining soz holatdagi past bo­simli nasosi va yonilg'i haydash nasosi kulachokli valning 1300 min' bo'lgan aylanishlar chastotasida o'l­chov bakchasiga 2,5 min miqdorda yonilg'i berishi kerak. Shu aylanishlar chastotasida yonilg'i haydash nasosi hosil qiladigan bosim, manometr-ning (9) ko'rsatishiga qarab, nasos­dan yonilg'i chiqishi kran bilan ohista berkitgan holda aniqlanadi.




Yonilg'i berishning boshlang'ich paytini aniqlash va rostlash uchun СТДА stendlarida, har bir seksiya-ning chiqish shtutseriga o'rnatilgan momentoskoplar -ichki diametri 1,5 - 2,0 mm bo'lgan shisha trubkalar (1) ishlatiladi. Nasosning kulachokli vali aylantirilib, shisha trubkalar hajmining yarmi yonilg'i bilan to'ldiriladi, so'ng val yuritmasi soat strelkasi bo'yicha ohista aylantirilib trubkalardagi yonilg'i sathi kuzatiladi. Nasos seksiyalaridan yonilg'i berishning boshlanishi, momentoskoplarning shisha trubkalaridagi yonilg'i harakatlanishining boshlanishiga qarab aniqlanadi.

СДТА stendlari korpusining nasosni aylantiradigan vali tomoniga darajalarga bo'lingan disk, nasosning kulachokli valini stenddagi yuritma val bilan biriktiradigan muftaga esa strelka o'rnatilgan. Birinchi silindr trubkasidagi yonilg'ining harakatlanishini boshlang'ich payti sanoq boshi - 0° deb qabul qilinadi. КамАЗ-740 dvigateli silindrlarining ishlash tartibiga (1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda, boshqa silindrlarga yonilg'i berilishini boshlanishi nasosning kulachokli vali quyidagi burchaklarga burilganda sodir bo'ladi: 5-silindrga (nasosning 8-seksiyasi) -45°, tur-tmchiga (4-seksiya) -90°, ikkinchiga (5-seksiya) -135°, oltinchiga (7 sek­siya) -180°, uchinchiga (3 seksiya) -225°, yettinchiga (6-seksiya) -270° va sakkizinchiga (2 seksiya) -315°. Bunda birinchi seksiyaga nisbatan har bir seksiyadan yonilg'i bcrishning boshlanishi orasidagi intervalning noaniqligi 0,5° dan ortib ketmasligi kerak. Yonilg'i berishning boshlanishini tekshirish, yonilg'i purkalishini ilgarilatish muftasini yechib qo'ygan holda amalga oshiriladi.

КамАЗ-740 dvigatelidagi yuqori bosimli yonilg'i nasosi konstruk-siyasining o'ziga xos tomoni shundan iboratki, seksiyalar nasos korpu-sidan alohida qilib tayyorlangan va seksiya o'z korpusi bilan yig'ilgan holatda almashtirilishi mumkin. Kulachokli valning burilish burchagiga qarab, qar bir seksiyadan yonilg'i berishning* boshlanishi, turtkich tovo-nining qalinligini o'zgartirish bilan rostlanadi; tovon qalinligini 0,05 mm ga o'zgarishi 0°12? burilish burchagiga to'g'ri keladi. Nasos stendda sinalayotganda har bir seksiya berayotgan yonilg'ining miqdori, stendning forsunkalar (2) ostidan maxsus to'siqchani avtomatik ravishda olib qo'yadigan quril-masidan foydalangan holda. menzurkalar (3) yordamida aniqlanadi. Sinov soz va rostlangan forsunkalar komplekti (jamlanmasi) bilan birgalikda o'tkaziladi. U forsunkalar nasos seksiyalari bilan bir xil (600±2) mm uzunlikdagi yuqori bosimdagi naychalar vositasida birik-tiriladi. Plunjerning bitta yo'lida seksiya beradigan yonilg'i miqdori (siklik berish) КамАЗ-740 dvigateli uchun 75,0-77,5 mmVsiklni tashkil qilishi kerak. Nasos seksiyalari berayotgan yonilg'ining notekisligi 5 5 foizdan oshmasligi lozim. d- seksiyaning maksimal unumdorlik bilan siklik yonilg'i berishi. mm3; в . - seksiyaning minimal unumdorlik bilan siklik yonilg'i berishi, mm3. Nasosdagi har bir seksiyaning yonilg'i berishi seksiya korpusini nasos korpusiga nisbatan burish orqali rostlanadi. КамАЗ-740 dvigateli naso-sining seksiyalari soat strelkasiga qarshi burilsa siklik yonilg'i berish ortadi, soat strelkasi bo'yicha burilsa kamayadi. Dizel forsunkalari germetiklikka, ignani ko'tarilishi boshlanadigan bosimga va yonilg'ini changlanish sifatiga

Forsunkalar holatini НИИАТ-1609 asbobida to'la-to'kis tekshirish mumkin. Bu asbob yonilg'i bakchasidan (1), richag (7) dastasi bilan harakatga keltiriladigan yonilg'i nasosi (6) seksiyasidan va manometrdan iborat. Forsunka 2 asbobga o'rnatilgaidan so'ng richag 0) vositasida bosim asta-sekin oshiriladi. КамАЗ-740 dizeli forsunkasidagi yopiq to'zitgich korpusining germetikligini stendda, bosimni 17 - 17,5 MPa oralig'ida bir daqiqa mobaynida ushlab turib, aniqlanadi. To'zitgich tumshug'idan 1 daqiqa davomida ikki tomchidan ortiq yonilg'i hosil bo'lib tomsa, bunday to'zitgich ishlatishga yaroqsiz deb hisoblanadi.

Bu holatda presizion juftlik bo'lgan nina-to'zitgich korpusi almashtirilishi lozim. КамАЗ-740 dvigatelidagi forsunkaning purkash bosimi gayka (2), to'zitgich, prostavka (3) (oraliq detal) va shtangani (5) yechib olib, shaybalar (11, 12) vositasida rostlanadi. Shaybalarning (11, 12) umumiy qalinligi 0,05 mm ga orttirilsa, purkash boshlanadigan bosim 0,03 - 0,35 MPa ga ortadi. Dvigatel forsunkalarini purkash boshlanadigan bosimga (ignaning ko'tarilishini boshlanishiga) rostlash kerak. Bu bosim КамАЗ-740 forsunkalari uchun 18+0-5 MPa ga, ЯМЗ-236 forsunkalari uchun 16,5+0-5 MPa ga teng. Agarda richag (7) bir daqiqada 70 - 80 marta tebratilganda yonilg'i, to'zitgichning har bir teshigidan tomchilamasdan, oqish konusini ko'ndalang kesimi bo'yicha bir tekisda chiqib, tumanga o'xshash holatda purkalsa, changlatish sifati qoniqarli deb hisoblanadi. Purkalishning boshlanishi va oxiri (uzib qo'yilishi) aniq bo'lishi lozim. Yangi forsunkada yonilg'ining purkalishi o'tkir tovush bilan birga kuzatiladi. Ishlatilgan sobiq forsunkalardan bunday tovushning chiqmasligi, ularning sifatsiz ishlashining alomati emas. To'zitgich teshiklarini qurum bosganda, ularni (forsunkani qismlarga ajratilgandan so'ng) ingichka po'lat sim bilan tozalash va etillanmagan benzinda yuvish kerak bo'ladi.





Yonilg'i baklariga xizmat ko'rsatishda ular yechib olinadi va avvalo, quyqalardan tozalanguncha kaustik sodaning 5 foizli issiq eritmasi bilan, so'ng oqib turgan suv bilan yuviladi. Ishlatilgan gazlarning tutashi, tutun o'lchagich (6) shkalasi bo'yicha aniqlanadi. Taxlil etish uchun gaz olish, maxsus gazolgich (2) yordamida amalga oshiriladi. Gazolgich (2), resiver (5) orqali chiqarish quvuri (4) bilan ulangan oichash quvuriga (3) o'rnatilgan. O'lchash quvuridagi bosimni oshirish uchun zarur hollarda, u zaslonka (1) bilan jihozlanadi. Tutashni o'lchash TXKda va ta'mirdan so'ng yoki yonilg'i apparaturalarini rostlash paytida, qo'zg'almasdan turgan avtomobilning dvigatelini salt ishlashidagi ikki xil rejimda: erkin tezlanishda (tirsakli valning aylanishlarini minimal chastotadan maksi-mal chastotaga yetguncha tezlanishi) va valning eng yuqori maksimal chastotali aylanishlarida amalga oshiriladi.




































Download 7,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish