Tajribaviy - grafik usuli.
Transformatorning ulanish guruhini bu usulda aniqlash uchun YuK va PK chulg‘amlarning bir xil nomli (masalan, «A» va «a») qisqichlarini o‘zaro birlashtirib (6.,b-rasm) transformatorning YuK chulg‘amini simmetrik uch fazali kuchlanish manbasiga qo‘shilib, liniyaviy hamda UBb, Ucc, Ucb va UBC kuchlanishlari o‘lchanadi. Olingan natijalar bo‘yicha tanlangan masshtabda YuK chulg‘amning liniyaviy kuchlanishlar teng tomonli uchburchagi quriladi. Bu uchburchakning B va C nuqtalaridan sirkul bilan UBb va Ucb radiuslarida 2 ta yoy chizilsa kesishgan nuqtalari ularning PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari uchburchagining «b uchini hosil qiladi. Agar Ucc va Ubc radiuslarida yoylar chizilsa, izlanayotgan uchburchakning "c" uchini beradi. Sxemada «A» va «a» uchlar o‘zaro ulanganligidan ularning potensiallari bir xil bo‘ladi. Aniqlangan «a», «b», «c» nuqtalarni birlashtirib, PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagi "abc" ni hosil qilamiz. Agar yuqorida belgilangan qoidaga binoan YuK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining AB tomoni soatning 12 raqamiga yo‘naltirilsa, PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining «ab» tomoni ulanish guruhini aniqlaydi.
Transformator chulg‘amlari ulanish guruhlarining qo‘llanish sohalari.
A) Y/Y0-0. YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa neytral (0) simi tashqariga chiqarilgan «yulduz» sxemasiga ulangan 0-guruhli quvvati katta bo‘lmagan, kuchlanishi esa 10/0,4 yoki 6/0,4 bo‘lgan transformatorlar elektr iste’molchilari yorug‘lik va kuch elektr jihozlaridan iborat bo‘lgan aralash yuklamalar uchun ishlatiladi. Bunda elektr motorlari liniyaviy kuchlanishlarga, yorug‘lik va uy xo‘jaligida hamda maishiy xizmat korxonalaridagi elektr asboblar asosan faza kuchlanishlariga ulanadi. Bu sxemani A/Y -11 guruhli ulanish sxemasi bilan almashtirish mumkin. Transformatorning chulg‘amlari bu sxemaga ulanganda fazalarining yuklamasi nosimmetrik bo‘lganda ham nisbatan yaxshi ishlaydi. Bu esa mazkur ulanish guruhining afzalligidir.
B) Y/A -11. YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa «uchburchak» sxemasiga ulangan 11-guruhli transformatorlar past kuchlanishi 400 V dan katta bo‘lgan (6/0,525; 10/0,525; 35/10; 35/6 kV) hollarda ishlatiladi.
C) Y0 /A - 11. YuK chulg‘ami neytral (0) simi tashqariga chiqarilgan «yulduz», PK chulg‘ami esa «uchburchak» sxemasiga ulangan 11-guruhli transformatorlar Uyk < 110 kV bo‘lgan kuchlanishlarda ishlatiladi. Chulg‘amni «yulduz» (Y) sxemaga ulash yuqori kuchlanishlarda qulaydir, chunki chulg‘amga beriladigan fazaviy kuchlanish (Uf) liniyaviy kuchlanish (U) dan ^ marta kichik bo‘ladi. Bu esa chulg‘amni tayyorlashda izolyatsion material kamroq sarflanib, transformatorning tannarxi kamayadi. PK chulg‘amlarni ko‘pchilik hollarda «A» sxemasiga ulaydilar. Bunday sxemada transformator fazalaridagi yuklama notekis bo‘lsa ham yaxshi ishlaydi. Undan tashqari «A»ka ulanganda chulg‘amning fazaviy toki I^I/^3 , ya’ni kam bo‘lib, chulg‘am o‘rov simining kesim yuzasini kamroq tanlashga imkon beradi. Demak, bu holda ham chulg‘am tannarxi nisbatan arzon bo‘ladi.
Y/Y - 0 ulanish guruhida magnit oqimining asosiy tashkil etuvchisi F(1) dan tashqari uning 3-garmonikasi F(3) ham vujudga keladi. Transformatorning konstruktiv elementlarida F(3) hosil qilgan uyurma toklar uni me’yordan ortiqcha qizdirib yuboradi. Shu sabablarga (kamchiliklarga) ko‘ra Y/Y- 0 sxema kam qo‘llaniladi.
Sanoat ehtiyojlariga ko‘ra Y/Y - 0; A/Y-11; Y/A -11; Yo/A -11 hamda maxsus buyurtmalar asosida Y/Z -11 ulanish guruhlari tayyorlanadi. Bulardan Y/A yoki A/Y sxemaga oid ulanish guruhi afzal hisoblanadi. Shu sababli standart A/Y - 11 ulanish guruhini tavsiya qilgan.
Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlariga oid amaliyot uchun muhim bo‘lgan xulosalar
1) Bir fazali transformatorda faqat 0 va 6-guruhlarni olish mumkin. Bir fazali ikki chulg‘amli transformatorlar standart bo‘yicha faqat I/I - 0 ulanish guruhiga moslab tayyorlanadi;
2) Chulg‘am fazalarining bak qopqog‘idagi standart bo‘yicha belgilanish ketma-ketligi («A-B-C» va «a-b-c») o‘zgartirilmaganda Y/Y - 0 sxemasi 0 yoki 6- juft guruhlarni beradi;
3) Moyli transformator chulg‘amlarining bak ichida ulangan Y/Y - 0 sxemasini o‘zgartirmagan holda PK fazaviy chulg‘amlarning uchlarini chapdan o‘ngga («a-b-c»; «c-a-b; «b-c-а») siljitib belgilash natijasida 0-guruhdan 4 va 8- guruhlarni hosil qilish mumkin. (Izoh: har bitta siljitib belgilashda bir xil nomlangan EYuK 120°= 4x30° burchakka buriladi, demak, guruhning nomeri ham to‘rttaga o‘zgaradi);
4) Y/Y - 6 ulanish sxemasiga o‘tish uchun transformator baki ichidagi nol hosil qilingan simni fazaviy chulg‘amlarning boshiga ko‘chirish zarur bo‘ladi (bu holda PK chulg‘amning barcha EYuK lari YuK chulg‘am EYuK lariga nisbatan teskari, ya’ni 180° yo‘naladi).
5) Y/Y - 6 ulanish sxemasida chapdan o‘ngga siljitib belgilash natijasida 6- guruhdan 10 va 2-guruhlarni hosil qilish mumkin.
6) Y/A yoki A/Y sxemalarida transformator bakining qopqog‘iga chiqarilgan uchta fazaviy chulg‘am qisqichlarining standart bo‘yicha (A-B-C va a- b-c) joylashtirilishi uchun 1, 5, 7 va 11-toq guruhlarni olish mumkin. 3 va 9-toq guruhlarni hosil qilish uchun esa fazalar belgilanishini (masalan, PK chulg‘am tomondan) o‘zgartirish zarur bo‘ladi;
7) A/A sxemalari 0, 2, 4, 6, 8 va 10-juft guruhlarni beradi;
8) Y/Z sxemalarida chulg‘am qisqichlari yuqorida ko‘rsatilgandek (A-B-C va a-b-c) ketma-ketlikda joylashtirilganda 1, 5, 7 va 11-guruhlarni olish mumkin;
9) YuK yoki PK chulg‘amlarning tegishlicha X, Y, Z yoki x, y, z oxirlarini ularning boshlari sifatida foydalanish, ya’ni bir xil kuchlanishli fazaviy chulg‘am boshi va oxirlarini almashtirib belgilashda faqat «yulduz» sxemasi uchungina guruhni oltitaga o‘zgartiradi.
10) «Uchburchak» yoki «zigzag» sxemalari uchun har bitta fazaviy chulg‘am boshi va oxirlarini o‘zaro almashtirib belgilashda chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishi bilan bir vaqtda fazalararo ulanish ketma-ketligi ham o‘zgarganligi tufayli guruhni oldingidek oltitaga emas, balki boshqaga o‘zgartiradi;
11) Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorlarning barcha ulanish guruhlaridan quyidagi: Y/Y0 - 0, Y/A - 11, Y0 /A - 11, Y/Z -11 ulanish sxemalari va guruhlarini amaliyot uchun standart tavsiya qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |