9-LABORATORIYA ISHI Uch fazali faza rotorli asinxron motorning salt ishlash xarakteristikalarini tekshirish va parametrlarini aniqlash.
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD
Faza rotorli asinxron motorning ish tavsiflarini tajriba yo’li bilan olish va uni qurishni o’rganish.
ISHNING DASTURI
Motorning ish tavsiflarini ifodalovchi bog’liqlik P1,I1,cos1,M2, ,S, n=f (P2) larni U1=Un=const va f1=fn=const bo’lganda olish.
ISHNI BAJARISHGA OID QISQACHA NAZARIY TUSHINCHALAR
Faza rotorli asinxron dvigatellarning statorida ham, rotorida ham uch fazali chulgʼam boʼladi. Rotorning uch fazali chulgʼami yulduz usulida ulangan boʼladi. Rotor chulgʼami uchlari valda oʼrnatilgan va undan izolyatsiyalangan uchta kontakt halqalarga ulanadi. Maxsus choʼtka tutgichlarda turadigan, mis plastinkalaridan yoki koʼmirdan ishlangan choʼtkalar kontakt halqalarda sirpanadi, choʼtkalar rotorning tashqi klemmasiga ulanadi.
1-rasm. Uch fazali asinxron dvigatel va yurgizish reostati
Faza rotorli asinxron dvigatellar maxsus uch fazali yurgizish reostati yordamida yurgiziladi (1-rasm). Yurgizish reostati rotor chulgʼami bilan ketma-ket ulanadi, reostatning ayrim fazalari yulduz usulida ulangan boʼladi. Yurgizish reostati yordamida rotorning aktiv qarshiligini oshirib, yurgizish toki kamaytiriladi va yurgizish momenti oshiriladi. Odatda, yurgizish reostati uch, olti bosqichli boʼladi (2-rasm, a). Dvigatelni yurgizishda yurgizish reostati qarshiligini asta kamaytirib boriladi. Eng oldin dvigatel 4-xarakteristika boʼyicha ishlay boshlaydi. Bunda reostatning qarshiligi Ryu =Ryu1+Ryu2+Ryu3 ga teng boʼladi, aylantiruvchi moment maksimal momentga teng boʼladi (M=Mmax). Dvigatelning aylanish chastotasi ortib borgani sari aylantiruvchi moment kamaya boradi. M=Myu.min boʼlganida yurgizish reostatining bir qismi (bosqichi) sxemadan chiqariladi, kontaktorning KZ kontaktlari yopiladi. Bunda aylantiruvchi moment birdaniga Myu.max gacha koʼpayadi, soʼngra aylanish tezligi ortgani sari moment 3-xarakteristika boʼyicha kamaya boradi. Bunda reostatning qarshiligi Ryu=Ryu1+Ryu2 ga teng boʼladi. Moment yana M=Myu.min gacha kamaya boradi; K2 kontakti yopiladi va dvigatel 2-xarakteristika boʼyicha ishlay boshlaydi, bunda yurgizish reostatining qarshililigi Ryu=Ryu1 ga teng boʼladi. Shunday qilib, yurgizish reostatining qarshiligi sekin-asta kamaytirilganda aylantiruvchi moment Myu.max dan Myu.min gacha oʼzgaradi, aylanish tezligi esa 2-egri chiziq boʼyicha oʼsib boradi (2-rasm, v). Yurgizishning oxirida K1 kontakt yopiladi va reostatni sxemadan butunlay chiqaradi, rotor chulgʼamlari qarshiliksiz tutashadi va dvigatel 1-tabiiy xarakteristika boʼyicha ishlay boshlaydi. Demak, faza rotorli asinxron dvigatelga ulangan yurgizish reostatining bosqichi qancha boʼlsa, dvigatel shuncha mexanik xarakteristikaga ega boʼlar ekan. Bu faza rotorni dvigatellarning muhim afzalligidir. Yurgizish reostatining qarshiligi dvigatelning nagruzka bilan ishlash momentining qiymatiga qarab tanlanadi. Аgar nagruzka bilan ishlash momenti katta boʼlsa, dvigatelning dastlabki yurgizish momenti maksimal momentga teng boʼlishi mumkin. Nagruzka bilan ishlash momenti katta boʼlmasa, yaʼni yurgizish momenti uncha katta ahamiyatga ega boʼlmasa, reostat qarshiligi yanada kattaroq olinadi. Bunda yurgizish momenti maksimal qiymatidan kichikroq boʼladi, lekin yurgizish toki ancha kamayadi. Yurgizish reostatlari maxsus qotishma, metall sim yoki lentalardan tayyorlanadi. Reostatlar havo yoki moy bilan sovitiladi, ular faqat qisqa vaqt ishlashga moʼljallangan. Dvigatel yurgizilgandan soʼng baʼzi dvigatellarda choʼtkalar behuda yeyilmasligi uchun va isrof boʼladigan quvvatni kamaytirish maqsadida maxsus dasta yordamida halqalar oʼzaro tutashtiriladi, choʼtkalar esa ulardan koʼtariladi. 2-rasm, v da faza rotorli asinxron dvigatel yuqoridagi usul bidan yurgizilganda tok I1 va rotor aylanish tezligi n2 ning oʼzgarish xarakteri koʼrsatilgan. Dvigatel yurgizilayotganda reostatning bosqichlarini sxemadan chiqarish qoʼlda yoki avtomatik usulda kontaktorlar yordamida bajarilishi mumkin. Faza rotorli dvigatellarni yurgizish va ular tuzilishining murakkabligi, tannarxining qimmatligi, nazorat talab qiladigan qismlarining (choʼtka va halqalar) boʼlishi va texnik koʼrsatkichlarining pastroq boʼlishi bunday dvigatellarning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun faza rotorli dvigatellar asosan yurgizish sharoiti ogʼir boʼlgan mexanizmlarda q o’llaniladi.
2-rasm. Uch fazali asinxron dvigatelni yurgizish reostati orqali ishga tushirish (а) va uning aylanish momentining aylanishlar soniga bog’liqligi (б) hamda tokning vaqtga bog’liqligi (в) tavsiflari
Yuqorida qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli asinxron dvigatellarni yurgizishning asosiy va maxsus usullari bilan tanishdik. Faza rotorli dvigatellar ham, qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellar ham maʼlum afzalliklarga va maʼlum kamchiliklarga ega. Аmalda qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli dvigatellarning afzallik tomonlarini birlashtiradigan asinxron dvigatellar ham ishlatiladi. Ular mexanik xarakteristikasi yaxshilangan asinxron dvigatellardir
Do'stlaringiz bilan baham: |