3.2 Jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish uchun kerakli jihoz va inventarlar, guruh xonalari, zal va maydonni jihozlash
Sport jihozlari, inventarlari, qo‘llanmalar, atributlar va o‘yinchoqlardan foydalanish bolalarning jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda ularni guruh xonalariga, jismoniy tarbiya zaliga, guruhlarning maydonlariga va sport maydonchasiga to‘g‘ri tanlab qo‘yishni va joylashtirishni ta’minlashlari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga muvofiq tarzda barcha asosiy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan jihozlar tanlanadi. Masalan, bolalarni sakrashga o‘rgatish mashg‘ulotlarida qator maxsus qo‘llanmalar: sakrab o‘tish uchun zarur narsalar (arqonlar, kubiklar, to‘siqlar); sakrab o‘tish paytida o‘yinchoqlarni osib qo‘yishga kerak bo‘ladigan ustunlar; gimnastika yashigi - qutisi (tepalikkairg‘ib chiqish, balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan harakatli o‘yinlar uchun atributlar talab etiladi. Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh xususiyatlari va ularning jismoniy tayyorgarligiga oid bilimlarga asoslangan holda, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira borish muhimdir. Masalan, tirmashib chiqishga mo‘ljallangan mashqlar dastlab qiyaroq narvonchalarda, uncha baland bo‘lmagan tik narvonlarda, keyinroq gimnastik devorlarda, zinali arqonlarda, langar cho‘p, arqon, piramida va boshqalarda o‘tkaziladi. Muvozanatni saqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar, har xil uzunlik va kenglikda taxtalar, taxtachalar, g‘ishtlar, qiya taxtalar, qiya maydonchalar, har xil balandlikdagi gimnastik skameykalar, maydonchadagi o‘rnatilgan har xil shakldagi to‘nkalar bo‘lishi zarur.
Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish uyg‘otadi: tebranma kursilar, qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish, emaklab tagidan o‘tish, tebranish; gardish aylantirish umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik osilganida yoki polga qo‘yilganida); qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan reykalar, voleybol to‘rlarini, sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qo‘yishga; hatlab o‘tish, tagidan o‘tib yurish uchun arqonlarni osish qulaydir.
Jismoniy tarbiya inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, o‘ziga xos harakat malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal, aylanma, gorizontal, harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg‘itish; halqa tashlash (har xil balandlikda joylashgan qiya joylarga, arg‘imchoqlarga halqa tashlash); juft bo‘lib, kichik guruh bilan mashqlar bajarish (tayoqchalar, langar cho‘plar shnurlar, katta halqa). Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar to‘plamiga tuzilishi bo‘yicha har xil harakatlarda foydalaniladigan inventarlar (lentalar, pirpiraklar, ro‘molchalar, bruslar, tayoqchalar va boshqalar) kiradi. Ular umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi.
Maxsus tanlangan inventarlar va o‘yinchoqlar muskulning ayrim bo‘limlarini maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir etish imkonini beradi. Masalan, panja va barmoq muskullarining rivojlanishiga yig‘ma o‘yinchoqlar, mayda o‘ynichoqlar, yirik munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu o‘yinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga mozaykalar (yassi, qo‘ziqorinsimon, hajmli), konstruktorlar, qoqib kiritadigan o‘yinlar) “O‘z rangini topib qo‘y”, “Epchil kalavachilar va boshqalar) bilan o‘tkaziladigan mashqlar ham foydalidir. Oyoq muskullarini mustahkamlash uchun g‘o‘lacha va tayoqchalar (o‘ngga va chapga qadam tashlash), chizimchalar, halqachalar, sharchalar (barmoqlar bilan ushlash uchun), to‘pchalar (irg‘itish uchun), har xil konstruksiyadagi qirrali taxtachalarni qo‘llaydilar, maydonda yuzi har xil (qum, chim, shag‘al, qipiqlar bilan) yo‘llar quradilar.
Jismoniy inventarlar bilan mashq o‘tkazishjismoniy sifatlar- ni rivojlantirishga yordam beradi. Chaqqonlikni - kublar, keg- li orasidan “ilon izi” bo‘lib yugurish; ko‘z chamasini - soqqa o‘yini, halqa tashlash; kuchni - to‘g‘ri qo‘llarda chalvir yoki kokilchalarni tarang tortish: bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga tortib o‘tkazish orqali rivojlantirish mumkin.
Sport qo‘llanmalari topshiriqni, bolaga ko‘rsatmali, tushunarli (tayoqchani yuqori, shaqildoqni orqaga) shaklda taqdim qilish, harakatlarni egallash sifatini oshirish imkonini beradi.
Yaxshi tanlangan jismoniy tarbiya inventari jismoniy yuklama hajmini asta-sekin ko‘paytira borish imkonini beradi. Bunga tana qismlarini snaryadlardagi holatini qayd qilish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar, masalan, gimnastik skameyka, gimnastik devordagi mashqlar yordam beradi.
Sport mashqlari va o‘yinlarini o‘tkazish uchun uch xil o‘lchovda yugurish chang‘ilari va tepaliklardan sirg‘alib tushish uchun qisqa hajmdagi chang‘ilar, konkilar (mustahkam, keng polozli va uchi yumaloq konkilar), orqa suyanchiqli chanalar, chana-kreslo, katta yoshdagi bolalar uchun har xil konstruksiyadagi chanalar, g‘ildirakli konki, stol tennisi va kichkina tennis, badminton raketkalari, to‘plar va volanalar yaxshi sakraydigan basketbol yoki rezinali to‘plari, voleybol to‘plari, chillaklar va yog‘och to‘qmoqlar to‘plami kerak.
Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu - bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuni- yatlaridan saboq beruvchi fandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.
Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |