Termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va texnologik ta


Jismoniy tarbiya berish jarayonida ta’lim metodlari



Download 305,56 Kb.
bet5/9
Sana10.07.2022
Hajmi305,56 Kb.
#768790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha talimda jismoniy tarbiya nazariyasi1111

2.3. Jismoniy tarbiya berish jarayonida ta’lim metodlari
Ta’lim metodlari bir qancha usullar tizimini o‘quv masala- lariga qarab bir-biriga qo‘shib olib borishni, bunda aniq didaktik masalalari, o‘qitishni real vosita va shartlarni hisobga olishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya berish jarayonida bunday metodlar ichida eng asosiysi “Jismoniy zo‘riqishni muvofiqlashtirish usuli hamda bu zo‘riqishlami dam olish bilan qo‘shib olib borish tartibi” hisoblanadi. Bolaning asab tizimi butun organizmi favqulodda egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lib, tashqi ta’sirlarga juda beriluvchandir. Shuning uchun ham harakatlarni dam olish bilan almashtirib turilishi bilan organizm dinamikasining optimalligini belgilaydi, tiklanish jarayonini o‘z vaqtida kechishini ta’minlaydi va ish qobiliyatini oshiradi. Zo‘riqish bir tomondan mashqlarning organizmga ko‘rsatadigan ta’sirida va bu mashqlar faolligida ifoda etilsa, ikkinchi tomondan bola aqliy faoliyatining psixik funksiyasi dinamikasiga ko‘rsatadigan ta’sirida o‘z ifodasini topadi. Bunda bolaning tushuntirilayotgan fanning qunt bilan idrok etishi, ko‘rsatib berilgan mashqlarni o‘rganib olishi, topshiriqni ilg‘ab olishi, undagi javob reaksiyasining aniqligida va boshqa shu kabilarda ifoda etadi.
Didaktikaning asosiy muammosi muvaffaqiyatli o‘qitish qonuniyatlarini ochib berishdan iboratdir. Didaktika bilish nazariyasiga tayanadi. Sezib idrok etish, abstrakt tafakkur va amaliy didaktikaning tayanchi bo‘lgan bilish nazariyasining komponentlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan kichik yoshdagi bolalarni ularni yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish jarayonida o‘qitishning ko‘rgazmali, so‘zlab berish va amaliy uslublari bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda kelihishi kerak. Bola shaxs sifatida asta-sekinlik bilan shakllanadi hamda insoniyat tomonidan to‘plangan ijtimoiy tajriba (bilish, faoliyat usuli, ijodiy ishlar va hayotga emotsional munosabat) o‘zlashtirib borilishiga doir qonuniyatlar bilan belgilanadi. Bolaning ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish maqsadida ta’limning axborot-retseptiv va reproduktiv metodlaridan, umumiy didaktik usullaridan foydalaniladi .
Axborot-retseptiv metod shundan iboratki, tarbiyachi bolalarda harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda ularga ayrim zarur bilimlarni ma’lum qiladi va ular idrokini shu bilimlarga qaratadi hamda bilimlarni amaliyot bilan bog‘lagan holda harakat faoliyatining namunalarini ko‘rsatadi. Shunday ekan, bu metod turli metodlar og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan umumiy tarzda foydalanish imkonini beradi. Bu metodning bosh didaktik mohiyati axborotning tarbiyachi tomonidan aniq berilishi, bolalarning esa uni ongli ravishda idrok etib, eslab qolishdan iboratdir. Bunday o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liqlik birgalikdagi faoliyat bolalarda iroda, diqqat, faol fikrlash kabi sifatlaming rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalar harakat faoliyatini to‘laqonli o‘zlashtirishlari uchun tarbiyachi ikkinchi - reproduktiv metod (yoki faoliyat usullari- ni qaytadan bajarishni tashkil qilish metodi)ni qo‘llaydi. Uning didaktik mohiyati shundaki, tarbiyachi qayta bajariladigan harakat vazifalari (mashqlar) tizimini o‘ylab topadi. Bu mashqlar avvaldan tanish va bolalar tomonidan tarbiyachi qo‘llagan axborot-retseptiv metod jarayonida o‘zlashtirilgandir. Bolalar bu mashqlarni ko‘p marta bajarib borib, ularni namuna bo‘yicha aniqlashtirib, qayta bajarib o‘zlashtiradilar. Biroq, aynan bir mashqdan haddan tashqari ko‘p foydalanish bolalarning bu mashqqa bo‘lgan qiziqishini kamaytiradi va hatto ma’lum darajada ularni o‘zlashtirishini susaytiradi. Shuning uchun mashq o‘zlashtirilgach, uni turli boshqa mashqlar yordamida takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Demak, reproduktiv metod bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni ularni bolalar tomonidan namuna bo‘yicha va variantli vaziyatlarda qo‘llash darajasiga ko‘taradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ikkala axborot retseptiv va reproduktiv metod bolalar tomonidan bilimlar, harakat, malaka va ko‘nik- malarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Muammoli ta’lim va bolalarning ijodiy potensialini shakl lantirish prinsipi. Avvalgi ikki metod bolalarning o‘quv ishi jarayonidagi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning zarur fondini ta’minlaydi. Biroq ular faqat ijodiy faoliyat tajribasini o‘zlashtirishga tayyorlaydi hamda bolalarni ijodiy faoliyatga muvaffaqiyatli o‘rgatish uchun zamin hisoblanadi.
Bog‘chadagi katta guruh bolalarining bunday faoliyatini tashkil etar ekan, tarbiyachi muammoli ta’lim metodiga murojaat qiladi. U bolalarni asta-sekin jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida va harakatli o‘yinlarda muammoli vazifalarni hal etishga tay- yorlaydi.
Tarbiyachi o‘z oldiga vazifa qo‘yar ekan, uni hal etishga- cha bo‘lgan butun jarayonni va natijani oldindan o‘ylab oladi. Pedagog bolalarni oldin o‘zlashtirilgan malaka va ko‘nikmalardan foydalangan holda vazifani hal etishga undaydi. Tarbiyachi bunda muammoli vaziyatdan foydalanadi va uni aniq sharoitdagi harakatlar bilan hosil qiladi.
Bolalarni jismoniy mashqlarga o‘rgatish jarayonida (ularni o‘zlashtirish darajasida) ijodiy izlanishga tayyorlash ishini tar­biyachi ular bilan birgalikda harakat qilishdan boshlaydi. U ha- rakatlarni o‘zlashtirish, ularni birini ikkinchisi bilan almashti- rish, yangi variantni o‘ylab topish imkoniyatlarini ko‘rsatadi va bolalarga ularni to‘ldirish hamda o‘zgartirishni taklif etadi bun da: (ishning 1-bosqichi) masalan, katta guruh bolalari muntazam bu usullarni (doimiy rahbarlik qilish sharoitida) ijodiy vazifalarni hal etishda turli yakka tartibdagi imkoniyatlarini, qobiliyatlarini namoyon qilgan holda muvaffaqiyatli o‘zlashtiradilar. Keyinroq ular mashq variantlarini o‘ylab topgan holda o‘zlari o‘zlashtirgan harakat ko‘nikmalaridan foydalanadilar. Shundan so‘ng tarbiyachi ularning izlanishlarini murakkablashtiradi va ijodiy topshiriq beradi - yangi mashq o‘ylab topishni taklif etadi. Bolalar bu vazifalarni ham asta-sekin individual va jamoa bilan birgalikda bajaradilar.
Yaqqol eshitish metodlari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat xaraktcrini bdgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Ko‘pincha bolalar bog‘chalarida musiqa asbobini chalishni bilmaydigan tarbiyachi harakat sur’ati va ritmini boshqarishda chirmanda (buben)dan foydalanadi, bu ritmik ko‘rinishlarni o‘zgartirishda o‘zini yctarli darajada oqlaydi. Bundan tashqari o‘zining hazil mazmuni va ritmi bilan bolalarni jalb etuvchi xalq termalari, sherlari va boshqa matnlarini boshqarishga xizmat qilishi mumkin.
Shunday qilib, ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakat- larini to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongini kengayishiga, harakatlarni bajarishda o‘z o‘zini nazorat qilish- ning vujudga kelishiga, harakatlar sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xiz- mat qiladi.
Og‘zaki metodga oid usullar. Harakatlarga o‘rgatishdagi og‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga ularda- gi mavjud hayotiy tajriba va tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirish- da; harakatlarni aniq ko‘rsatish yoki uning ayrim elementlarni aniqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilgan harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalarda; yangi jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlarni joriy qilish yoki harakatlarni o‘rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o‘yin syujeti va hoka- zolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan o‘tkaziladigan suhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlash yoki syujetli harakatli o‘yinlar obrazl ari haqidagi tasavvur- ning boryo‘qligini tekshirish, qoidalarni, o‘yin harakatlari va boshqalarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan savollarida.
Bundan tashqari ko‘rsatib o‘tilgan usullar turli komanda- lar, farmoyish va signallarni aniq, emotsional va ta’sirchan tarzda berishda ham ifodalanadi. Masalan, tarbiyachi shun- day deydi: “Sakrab oyoqlarni yelka kengligida ochib turing!” yoki “To‘xtang! Bir, ikki, uch - yuguringlar!” va hokazo. Bu komandalar bolalarning javob harakat reaksiyasining tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona qilib sanash va o‘yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin. Xalq og‘zaki ijodi bunday narsalarga juda boydir.
Qofiyali matnlarning musiqiyligi va ritmliligi bolalarda emotsional ruh uyg‘otadi, natijada bu qofiyalar ular tomonidan oson o‘zlashtiriladi va keyinchalik mustaqil o‘yinlarda foydalaniladi.
Obrazli syujetli hikoya og‘zaki usullarga mansub. U harakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va o‘yin obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qo‘llaniladi. Syujetli hikoya amalda ertakni qisqa hikoya (1,5-2 minut) qilishga o‘xshashdir. U bolalarda o‘yin holati va harakatlarning barchasini xuddi ko‘rib turgandek qayta tasavvur qilishga imkon beradi, emotsional holatni tiklaydi. Tarbiyachi o‘yinni odatdagicha bir xilda tushuntirish, rollarni taqsimlash va harakat o‘rnini ko‘rsatish (syujetsiz o‘yinda bo‘lganidek) o‘rniga o‘yin syujeti va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi.



Download 305,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish