Termiz davlat universitetining pedagogika insituti


Dessertatsiya ishining amaliy ahamiyati



Download 13,69 Kb.
bet4/4
Sana12.07.2022
Hajmi13,69 Kb.
#781188
1   2   3   4
Bog'liq
Gulxarova Setora asosnoma1

Dessertatsiya ishining amaliy ahamiyati, Tadqiqot shundan iboratki, olingan natijalar katta maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirishning pedagogik shartlarini aniqlashga, ularning samaradorligini empirik tarzda tasdiqlashga imkon beradi. Kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish mezonlari va darajalari aniqlanadi va tavsiflanadi. Kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish darajasini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va sinovdan o'tkazildi.
Dessertatsiya ishining tuzilishi va hajmi: dessertatsiya ishi kirish, uch bob, oltita paragraf, xulosa, bibliografik ro'yxatdan iborat.

I BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI BOLALARINI DO'STONA MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha Ta'lim tashkiloti bolalarini tengdoshlari
bilan bo'ladigan muloqotini o'rganish

Muloqot deganda insonlarning umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda, kelishilgan holda olib borgan o‘zaro munosabati tushuniladi.Muloqot bolaning ilk yoshidan boshlab psixik taraqqiyotining asosiy faktorlaridan biridir. Maktabgacha yoshda bolaning kattalar bilan muloqoti 4 xil ko‘rinishda bir-birini to‘ldiradi, ular: vaziyatli-shaxsiy, vaziyatli-ishchanlik, vaziyatdan tashqari- bilish va vaziyatdan tashqari-shaxsiy muloqot. Tengdoshlari bilan 3 xil munosabat shakllari:hissiy-amaliy, vaziyatli-ishchanlik va vaziyatdan tashqariishchanlik ko‘rinishlari mavjud. Muloqot qilish motivlari va mazmuni o‘zgaradimuloqotga kirishish malakasi hamda ko‘nikmasi shakllanib maktabga psixologik tayyorlikning komponentlaridan biri bo‘lmish muloqotga kirishish sifatida shakllanadi. Bola sekin-asta kattalar bilan o‘z munosabatlarini aniqlay boshlaydi (kattalar bolalarga qanday munosabatdalar va boladan nimani kutadilar). Tengdoshlariga nisbatan qiziqish kattalarga qiziqishga nisbatan kech ro‘yobga chiqadi. Tangdoshlari bilan muloqot turli jamoalarda to‘planadi. Boshqa bolalar bilan munosabat shakllanishiga faoliyatlarning qanday olib borilishi va bolaning bu topshiriqlarni bajarish malakalari ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar-bu bolalarning birinchi ijtimoiy birlashmasi hisoblanadi, bu jamoada bolalar turli faoliyatlarda o‘z muloqotlarini boshqaradilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘zaro do‘stona munosabatni shakllantirishda turli nizolarga duch kelish mumkin. Ulg‘aygan sari maktabgacha yoshdagi bolalarning tengdoshlariga bo‘lgan munosabati o‘zgarib boradi, bolalar o‘rtoqlarini ishchanlik xususiyatlariga qarab emas (qiziq o‘yinlarni tashkil etish malakasi, tengdoshlari bilan kelishib ishlashi, kattalarga, kichkintoylarga yordami), balki shaxsiy sifatlariga qarab ham, ayniqsa, ahloqiy sifatlariga qarab ham baholay boshlaydilar. Bu bolalarning ahloqiy me’yorlar haqidagi tasavvurlarining shakllanishiga va ahloqiy sifatlar mazmunini tushunishlariga bog‘liq. Bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlarini kuzatilganda atta yosh guruhida bolalar orasida tanlanish munosabatlari o‘rnatilganini kuzatish mumkin. Bolalar tengdoshlari o‘rtasida har xil o‘rinni egallay boshlaydilar, ba’zi bir bolalarni bolalar boshqalardan ko‘proq tanlaydilar, ba’zi birlarini kamroq tanlaydilar. Bolalar tomonidan tanlanish boshqaruvchilik tushunchasi bilan bog‘liq. Boshqaruvchilik ijtimoiy psixologiyada asosiy ahamiyatga ega. Boshqaruvchilik ba’zi bir bolalarga boshqarish imkoniyatini yaratib, boshqalarga boshchilik qilish, ularni maqsad sari olib borish imkoniyatini yaratadi. Boshqaruv jarayoni, birorta guruh faoliyatini tashkillashtirishda aniq maqsad qo‘yish va unga erishishda o‘z ifodasini topadi. Bunday tasavvurni maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun ifodalash qiyin, asosan maktabgacha ta’lim tashkilotda qo‘llash mumkin emas, chunki bu yoshda hech qanday maqsad va vazifalar belgilanmaydi, bunda ijtimoiy ta’sir to‘g‘risidagapirish mumkin emas. Ayrim bolalarni tanlash bu tashqi tomondan tanlanish hisoblanadi. Bu tanlanish faqat shu bolalarga intilish xolos. Bolalarning taniqli bo‘lishi tengdoshlari orasida katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolaning guruhdagi tengdoshlariga munosabati qanday taraqqiy etishiga qarab bolaning kelgusidagi shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyoti qay darajada rivojlanishini belgilash mumkin. Bolaning muloqat qilish qobiliyati nutqiy rivojlanishini ham o‘z ichiga oladi. Nutq bolaning kognitiv rivojlanishida muhim vosita bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish va dunyoni bilish uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag‘batlantiruvchi ta’lim muhitida bolalar og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o‘zlariga ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishga, dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga, mashg‘ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo‘lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o‘zlarini ifoda etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tushunishlari uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savollar va ko‘rsatmalarni eshitadilar va shunga mos javob berishadi. Ular nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular nutqning turli shakl va funksiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo‘lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar. Ushbu kompetentsiya, shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi; o‘z ta’limi va rivojlanishida foydalanish uchun kerakli ma’lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish, o‘zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi. Bolaning muloqat qilish qobilyatini rivojlantirish orqali bolaga o‘z fikrini bayon etish, bahslashish, munozaraga kirishish, tasavvurlarini erkin nutq vositasida ifodalashga o‘rgatilib boriladi. Bolaning muloqat qilishga kirishishi bolaning jamoada o‘zini tutish, tengdoshlari bilan samimiy munosabatda bo‘lish, atrofdagilar bilan barqaror aloqalar o‘rnatish, do‘stlar orttirish, ularga yordam berish, o‘z fikrini ifodalash, agar tushunmasa savol bilan murojaat qilish, kelishib o‘ynash, ovutish, o‘yinchoqlari va qalamlari bilan o‘rtoqlashish, kichkintoylarga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Download 13,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish