Tadqiqot ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy munosabatlar orqali jamiyatdagi xulq-atvorlarni shakllantirish usullarini ishlab chiqish va ta’lim jarayoni orqali o’zlashtirish samaradorligini oshirish.
Tadqiqot vazifalari:
1. Ijtimoiylashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan jamiyatdagi qadriyatlar,xulq-atvorlarni shakllantirishni ilmiy va nazariy manbalardan atroflicha o`rganish .
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Ijtimoiylashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan jamiyatdagi qadriyatlar,xulq-atvorlarni shakllantirish yo‘llari va ulardan foydalanish ishlarini tashkil qilish texnologiyasining modelini ishlab chiqish.
3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ijtimoiylashuvni rivojlantiriash bo’yicha zamonaviy metod va usullarni amaliyotga joriy etish.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiylashuvda umummilliy qadriyatlar uchun tavsiya etilgan metod va vositalar samaradorligini aniqlash bо’yicha tajriba sinov ishlarini tashkil etishning muqobil variantlarini sifatli va miqdoriy tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy farazi:
Tadqiqot predmeti. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ijtimoiylashtirish jarayonida jamiyatdagi qadriyatlar,xulq-atvorlarni shakllantirishda qo’llaniladigan usullar.
Tadqiqot ob'ekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiylashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan jamiyatdagi qadriyatlar,xulq-atvorlarni shakllantirish jaryonni.
Tadqiqotda qoʻllaniladigan metodikaning tavsifi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ijtimoiylashtirish jarayonida jamiyatdagi qadriyatlar,xulq-atvorlarni shakllantirish zamonaviy yo`llarini tashkil etish, unga doir adabiyotlar bian ishlash, tahlil, dialog, amaliy, pedagogik kuzatish, pedagogik eksperiment, umumlashtirish, savol javob, statistik tahlil va natijalarni matematik tahlil qilish metodlaridan foydalaniladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ijtimoiylashuv jaryonida faoliyat markazlarining maqsad va vazifalari tahlil etiladi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlarni joriy qilish va ulardan foydalanish ishlarini tashkil qilish texnologiyasining modeli ishlab chiqiladi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiylashuvda milliy qadriyatlar asosida shakllantirishning zamonaviy metod va usullari amaliyotga joriy etiladi. Dastlabki erishilgan natijalar va muqobil variantlarini sifatli va miqdoriy tahlilini o'z ichiga oladi.
4. Maktabgacha katta guruhi uchun tavsiya etilgan metod va vositalar samaradorligini aniqlash bо’yicha tajriba sinov ishlarini tashkil etishning muqobil variantlarini sifatli va miqdoriy tahlil qilish texnologiyasining samaradorligi mezonlari va ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Tadqiqotning asosiy masasalari va farazi: Maktabgacha katta guruhlarida ijtimoiy sifatlarni rivojlantirishda faoliyat markazlarida ta`lim va tarbiya jarayonini samarali shakllantirish mumkin, agar:
- maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning ijtimoiy munosbatlarini rivojlantirish jarayoniga samarali ta’sir etuvchi omillarni asoslash sifatida ochib berilsa;
- faoliyat markazlarida amalga oshirilayotgan usul va vositalardan foydalangan holda yangi hamda zamonaviy vositalarning samaradorligi tahlil qilib berilsa ;
Do'stlaringiz bilan baham: |