Termiz davlat universitetining pedagogika insituti maktabgacha ta


III BOB. BOLALARNING IJTIMOIYLLASHUVIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI



Download 47,55 Kb.
bet2/4
Sana14.07.2022
Hajmi47,55 Kb.
#795508
1   2   3   4
Bog'liq
ASOSNOMA

III BOB.
BOLALARNING IJTIMOIYLLASHUVIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
VA OILA HAMKORLIGI MASALASIGA ZAMONAVIY va AMALIY AHAMIYATIning TAJRIBA-SINOV ISHLARI

3.1-§.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish jaryonnida milliy qadriyatlar xuq -atvorlarni oilada o’rgatishning zamonaviy usullari …………………………………..


3.2-§.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoilashuvning hozirgi kundagi muammolar bo'yicha tajriba-sinov natijalari…………………………………………………………..




Xulosa ………………………………………………………………..
Adabiyotlar roʻyxati ………………………………………………............


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edi: “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir1” Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatini qarratmog’imiz lozim. Zero, Milliy va umuminsoniy qadriyatlar hayot sinovidan o‘tgan, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisadir . O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta`lim mtashkilotlarida yosh bolalarn milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma`naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o`zlikni anglash g`oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko`rinishidagi yot go`yalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo`naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Shuning uchun hozirda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi maktabgacha ta’limni rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim tashkiloti sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvaffaqiyatli tayyorlash va boshqalar.Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rang barangdir. Ta‘lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etish lozim. So‘nggi yillarda pedagogika kadrlarni ko`paytirish va pedagogik mahoratga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlash muhim masala hisoblanmoqda. Chunki pedagog tomonidan bolani ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirish ularda oila,vatan, jamiyatdagi qadriyatlarni ijtimoiylashuv hamda tarbiya tushunchalarining o‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishadi. Ayrim olimlar esa ijtimoiylashuv deganda fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. To‘g‘ri tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligi hammaga malum. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar,
Xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o`rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o`rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni oilaviy marosimlar asosida qadriyatlarni singtdirish va urf odatlar orqali yaxshi ishlar qilishga o`rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e`tiborga olish lozim.pedagog tomonidan ijtimoiy munosabatlar orqali ota-bobolarimizdan qolgan qadriyat va an`anlar orqali xulq-atvorlarini shakllantish mexanizlarini ishlab chiqish lozimdir.
Ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lgan tarbiya o‘z xususiyatlariga ega. Jumladan tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bola qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Biroq boshqa bir jarayon-o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o‘z shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, maktabgacha ta`lim tashkiloti, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar i va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni yuz beradi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi.asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni yetuk va keng salohiyatli rivojlanishida ijtimoiylashun jaryoni yetakchi o`rinida turadi. Bolalar uchun ijtimoiy me’yorlarning o‘ziga xos xususiyati shuki, ular tarbiya omili hisoblanib, uning jarayoni ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o‘zlashtirish sodir bo‘ladi2. Bu holatda tarbiyaning boshqarish
funksiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy effekt ta’minlanadigan
darajada tashkil qilishdir. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimini tubdantakomilllashtirish borasida davlat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar kelajak avlodni har tomonlama intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lib yetishishiga zamin hozirlaydi. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2020 yildagi 802-son Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga 2-ilova muvofiq Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturida ijtimoiy munosabatlar va xulq-atvorga ta`siri haqida ma`lumot berilgan. Ijtimoiy kompetensiya — hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati3, hisoblanishi ta`kidlangan.Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida va aqliy va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim olish extiyojini, o`qishga intilish manbalarini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta'lim jarayoniga tayyorlashdir. Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bugungi taraqqiy etib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari asrida insonlar mehnat bozoridan joy olishlari uchun yuqori malakali, intellektual salohiyatli, iqtidorli, jismonan sog’lom, eng muhimi o’z kasbining yetuk mutaxassis va yuqori malakali kadr bo’lishi kerak. Har bir narsaning mustahkamligi uning poydevoriga bog’liq bo’lganligidek, yoshlarning bilimli, salohiyatli bo’lishi uzluksiz ta’limning bosh bo’g’ini maktabgacha ta’limning qanday berilishiga va uning sifatiga bog’liq.
Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. “Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida Maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Maktabgacha ta’lim tahkilot tarbiyasini olgan bola bilan Maktabgacha ta’lim tahkilotga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta'lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir”4, deya ta'kidlandi yig‘ilishda. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifadir.
Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri respublikamizda yosh avlodning intellektual salohiyatini yanada oshirish, ularni har tomonlama barkamol, yetuk shaxs etib voyaga yetkazishdir. Bola shaxsining yetuk inson bo`lib yetishi dastlab oiladan va maktabgacha ta‘lim tashkilotsidan boshlanadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalar 3 yoshdan 6-7 yoshgacha ta‘lim-tarbiya oladilar. Ulardagi intellektual salohiyatni shakllantirishning dastlabki davri ham xuddi shu yoshning davrida boshlanadi. Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlanadigan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi.

Download 47,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish