Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet47/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Qushlar sistematikasi

Qushlar sinfi ikkita kenja sinfga: dastlabki qushlar va haqiqiy qushlarga bo’linadi. Birinchi kenja sinfiga kiruvchi qushlar evolyutsiya jarayonining turli davrlarida paydo bo’lib, keyinchalik qirilib ketgan. Ikkinchi kenja sinfning o’zi uchta katta turkumiga bo’linadi: ko’krak tojsiz qushlar, pingvinlar va ko’krak tojli qushlar.


Quyidagi jadvalda hozirgi mavjud qushlarning sistematik holati ya’ni katta turkumlari ro’yxati berilgan.
Bunda asosiy e’tibor O’rta Osiyo territoriyasida keng tarqalgan va katta amaliy ahamiyatga ega turkumlarni: g’ozsimonlar, kunduzgi yirtqichlar, tovuqsimonlar, kaptarsimonlar va chumchuqsimonlarni o’rganishga qaratilgan. Bu turkumlarning kichik sistematik birliklari-kenja turkum, oila va kenja oilalari hisobga olingan.
Sinf. Qushlar- Aves.



Katta turkum

Turkum, kenja turkum

Oila, kenja oila

Turlar (vakillari)

Pingvinlar-

Pingvinlar




Imperator pingvini, Adeli pingvini

Ko’krak tojsizlar-

Afrika tuyaqushlari




Afrika tuyaqushlari

Amerika tuyaqushlari




Oddiy nandu

Avstraliya tuyaqushlari




Emu, kazuar

Qanotsizlar yoki kivi qushlari




Kivi

Ko’krak tojlilar-

Gagarasimonlar




Qora tomoq va qizil tomoq gagaralar

Qung’irlar




Katta va kichik qo’ng’irlar

Kurakoyoqlilar




Pushti va jingalak saqoqush

g’ozsimonlar

O’rdaklar

Oq qushlar

Baqiroq-oqqush, shipun oqqush, oq peshonali g’oz, tundra oqqushi

g’ozlar

Kul rang g’oz, qirq burun g’oz, dala g’ozi, qizil tomoq kazarka

Daryo o’rdaklari

Yovvoyi o’rdak, suqsur, qo’ng’ir o’rdak, olaqanotli suqsur, suqsun

Olma bosh o’rdaklar

Haydarkokil, oddiy turpan, xitoy o’rdagi, moryanka

Cheroglar

Katta va o’rtacha cheroglar, yomon cherog

Kunduzgi yirtqich qushlar

Amerika griflari




Kondor

Normal kunduzgi yirtqich qushlar

Lochinlar

Oddiy lochin, miqqiy, kobchik, jig’altoy




Qarchig’aylar

Qarchig’aysimon qirg’iy, dala va botqoq bo’ktargisi, qora kalxat oddiy sor, burgut, cho’l burguti, tasqara boltayutar

Tovuqsimonlar

Cho’ptovuqlar

Cho’ptovuq

Qirg’ovullar

Oddiy qirg’ovul, bedana, kaklik, kulrang kaklik, hilol, bankiv tovuqlari, sesarka, kurka

Qurlar

Qur, karqur, ryabchik, oq kaklik

Turnasimonlar




Ko’k rang turna, kichik turna, strex

Tuvaloqlar




Tuvaloq, bizg’aldoq, yo’rg’a, tuvaloq

Qiziloyoqlar




Loyxo’rak, qizqush, o’rmon, loyxuragi, katta qiziloyoq, qoratamoq moshak, turuxtan, baliqchi, kichik qorayoqa

Chaykasimonlar yoki baliqchilar







Uzundumli pomornik, daryo chaykasi, kumush rang baliqchi, daryo chigitchisi

Chistiklar







Haqiqiy chistiklar, dengiz to’tilari, kayralar gagarkalar

Kaptarsimonlar







Yovvoyi ko’k kaptar, govkaptar, g’urrak, katta va kichik musicha, qoya kaptari

Kakkusimonlar







Oddiy kakku

Yapaloqqushlar







Oq yapaloqqush, ukki quloqli yapaloqqush, boyo’g’li

Uzunqanotlilar







Jarqaldirg’ochlar, salangan jalqardirg’ochlari, kolibrilar

Qizil ishtonsimonlar







Tukanlar qora, katta kichik va yashil qizilishton, burma bo’yin

Ko’kqarg’asimonlar







Ko’kqarg’a, ko’ktarg’oq, kurkunak, sassiqpopushak

Chumchuqsimonlar

To’rg’aylar




Dala va kokildor so’fiturg’aylar

Qaldirg’ochlar




Qishloq, suv va shahar qaldirg’ochlari

Jiblajibonlar




Oq va sariq jiblajibonlar, yilqichi

Shaqshaqalar




Olashaqshaq, qorashaqshaq, sayroqi shaqshaq, sirchumchuq, bog’ qizilquyrug’i, janub bulbuli

Moyqutlar




Moyqut, penochka, turkiston to’qay chumchug’i, sariqbosh korolen

Chittaklar




Katta va kokildor chittaklar

Dehqon chumchuqlar




Dehqon chumchuq, to’qay dehqon chumchug’i, sariq dehqonchumchuq

To’qimachilar




Uy va dala chumchug’i

Vyuroklar




Ko’k chumchuq, qorabosh sa’va, cho’l vyurogi, qizilto’sh

Chug’urchuqlar




Turkiston chug’urchug’i, mayna, qora yaloq

Qarg’alar




Qarg’a, quzg’un, hakka, go’ng qarg’a, zag’cha



Mavzu bo’yicha topshiriqlar:



  1. Qushlarning kelib chiqishi va ularning evolyutsion taraqqiyotini o’rganish.

  2. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi va turkumlarini o’rganish.

3. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va ularning yashash sharoitlarini o’rganish.
4. Qushlarning tabiat va xo’jalikdagi ahamiyatini o’rganish.


20-Mashg’ulot. Kaptarning ichki va tashqi tuzilishi, qon aylanish va nafas olish tizimlari.


Turning sistematik holati

Tip. Xordalilar – Chordata


Kenja tip. Umurtqalilar-Vertebrata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Qushlar-Aves
Turkum. Kaptarsimonlar - Columbiformes
Tur. Ko’k kaptar – Columba livia
Jihozlar

  1. Yangi o’ldirilgan kaptar.

  2. Tayyor preparatlar:

  3. Yorilgan qush; ovqat hazm qilish sistemasi; qon aylanish sistemasi; ayiruv organlari; ko’payish organlari; bosh miyasi.

  4. Tablitsa: ichki organlarning umumiy joylashishi; ovqat xazm qilish sistemasi; nafas olish organlari; qon aylanish organlari; ayiruv organlari; ko’payish organlari (erkak va urg’ochisida): bosh miyasi.

  5. Preporaval jihozlar (skalpel, qaychi, pintset,) preparval ninalar,

  6. Vannochkalar.

Agarda kaptar bo’lmasa, qarg’a, tovuq va boshqa qushlardan foydalanish mumkin.
Texnik ko’rsatmalar. Qushni o’ldirish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Mashg’ulot boshlanishidan 20-30 daqiqa oldin qushni zich yopiladigan idishga solib efir yoki xloroformga botirilgan paxtani qush solingan idishga tashlanadi va qush shu yo’l bilan harakatsizlantiriladi. Agarda qushni tez uxlatmoqchi bo’lsangiz, bir necha tomchi xloroformni qushni tumshug’ini ochib nafas yo’liga tomiziladi.
Ishning mazmuni.
Ovqat hazm qilish sistemasi: og’iz bo’shlig’i; halqum; qizilo’ngach; jig’ildon; bezli oshqozon; muskulli oshqozon; o’nikki barmoqli ichak, ingichka va yo’g’on ichak; ko’r ichak; jigar; o’t pufagi; oshqozon osti bezi.
Nafas olish sistemasi. Hiqildoq yorig’i; yuqorigi va pastki hiqildoq; traxeya, bronxlar, o’pkalar, havo xaltachalari.
Qon aylanish sistemasi. To’rt kamerali yurak, (ikkita yurak bo’lmachasi va ikkita qorinchasi); o’ng aorta yoyi. Rasm asosida qonning harakatlanish sxemasini o’rganish.
Ayiruv organlari: urug’don, urug’don ortig’i, urug’ yo’li, urug’ pufagi; tuxumdon (chap), tuxum yo’li (chap). Markaziy nerv sistemasi: bosh miya (oldingi miya katta yarim sharlari, oraliq miya); epifiz, gipofiz; bosh miya nervlari (12 juft); orqa miya.
Yorish
Kaptarni yorishdan oldin, qushlarda havo xaltachalari katta hajmni egallashiga ishonch hosil qilish maqsadida, kaptar tilining o’zagida joylashgan hiqildoq yorig’iga shisha nayni tiqib, rezina tok yordamida havo yuboriladi. Natijada kaptar tana hajmi ortganligini ko’rish mumkin. Bu havo xaltachalarining havo bilan to’lishi natijasida hosil bo’ladi. Qushlarda havo xaltachalari bir nechta bo’ladi: ikkita bo’yin, bitta umrovaro, ikkita uch juft ko’krak va bir juft katta qorin havo xaltachalari mavjud. Havo xaltachalari har-xil ichki organlar orasigacha kirib borgan.
Havo xaltachalari muhim va xilma-xil funktsiyalarni bajaradi. Jumladan nafas olishda va tana zichligini kamaytirishda qatashadi (u suvda cho’kmaydi).
Kaptarni yorish uchun oyoqlarini yozib, orqasi bilan mum solingan vannachaga yoki taxtachaga yotqiziladi. So’ngra ko’krak qismini o’rtasidan skalpel bilan terisi bo’yicha kesiladi. Qaychining o’tmas bo’lagini kesilgan joyga kiritib, terini oldingi tomonidan toki pastki tumshug’igacha, keyingi tomonidan esa to kloaka teshigigacha kesiladi. Barmog’ingiz bilan terini kesilgan joyidan yon tomonlarga qarab suriladi. Shu vaqt ko’krak tojini ikki yonidagi kuchli muskullar ochiladi. Katta ko’krak muskullarining qisqarish tufayli qanotlar pastga tushiriladi. Skalpel yordamida ko’krak toji atrofini chuqur kesib, kesimni ko’krak muskuli tagidagi yaltiroq kichik ko’krak muskulini ko’rish mumkin. Bu muskul uchganda qanotni yuqoriga ko’tarish uchun xizmat qiladi.

77-rasm. Qushlarning ko’krak muskuli:
Skalpel bilan ko’krak muskullarini suyakdan ehtiyotlik bilan ajratiladi chunki ko’krak muskullarining ustida yirik qon tomirlari bo’ladi. Kaptarning qorin bo’shlig’ini ochish uchun uning devorini o’rtasidan kesib, hosil bo’lgan parchalarni yon tomonga ag’darib qo’ying. Qaychi bilan ayri suyakning ikkalasini ham kesing. Keyin barmog’ingiz bilan toj suyagidan ushlab ko’taring va skalpel bilan yupqa pardalarni kesing va ko’krak qafasini ajratib oling.
Ovqat xazm qilish sistemasi.
Ovqat xazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Bu yerdan uzun qizilo’ngachga o’tadi. Kaptarning qizilo’ngachini o’rta qismi kengayib jig’ildonni hosil qiladi. Jig’ildonda ovqat to’planadi va u yumshaydi (so’lak qizilo’ngach devoridan ajralgan suyuqlik ta’sirida). Kaptar jig’ildonining devori bola ochish davrida «sut» deb ataladigan zardobsimon suyuqlik ajratadi, kaptar shu suyuqlik bilan o’z jo’jalarini boqadi.
Qizilo’ngach oshqozonga ochiladi. Oshqozon bezli va muskulli bo’limlariga bo’linadi. Muskulli oshqozonning devori qalin muskuldan iborat. Oshqozondan keyin o’n ikki barmoqli ichak boshlanadi va oshqozon osti bezi atrofida sirtmoq hosil qiladi. Undan keyin uzun ingichka ichak spiralga o’xshab o’ralib, to’g’ri ichakka o’tadi va kloakaga ochiladi. Ingichka va to’g’ri ichak chegarasida kaltagina juft ko’richak joylashgan.
Kaptar jigari katta bo’lib, o’t pufagi yo’q. Jigardan ishlab chiqilgan o’t suyuqligi ikkita o’t yo’llari bilan o’n ikki barmoqli ichakka ochiladi. Kloakaning ustki devorida fabritsiy xaltasi bo’ladi. Limfa hujayralari ishlab chiqaradigan bu organ faqat qushlarda bo’lib, fekal tarkibidagi suvni qayta surilishi uchun xizmat qiladi va qushning yoshi ortib borgan sari kichrayib boradi. Oshqozon va jigarga yaqin joyda kichkina taloq ko’rinib turadi (78-rasm).

78-rasm. Ichi yorilgan kaptar:
1-traxeya; 2-o’pka; 3-qizilungach; 4-jig’ildon; 5-bezli oshqozon; 6-muskulli oshqozon; 7-ichak; 8-kloaka; 9-yurak.
Ovqat hazm qilish sistemasining asosiy bo’limlarini ko’rib bo’lgandan keyin, qaychi yordamida oshqozoni yoriladi. Bezli oshqozonning devori ancha qalin va uning ichki yuzasi to’rga o’xshaydi, chunki uning yuzasida ko’p sonli ferment ajratuvchi teshikchalar bor. Muskulli oshqozonning kuchli muskulli devori bo’lib, uning ichki devorining yuzasida qattiq shox qavat bo’ladi. Muskulli oshqozonning kuchli qisqarishi natijasida ovqat maydalanadi. Ovqatni maydalashga shox qavat va yutilgan toshchalar yordam beradi.

79-rasm. Ovqat hazm qilish sistemasi osilgan holatdagi kaptar:
1-qizilungach; 2-jig’ildon; 3-bezli oshqozon; 4-muskulli oshqozon; 5-jigar; 6-o’n ikki barmoqli ichak; 7-oshqozon osti bezi; 8-o’t yo’li; 9-ingichka ichak; 10-yo’g’on ichak; 11-ko’r ichak; 12-taloq; 13-traxeya; 14-o’pka; 15-yurak; 16-buyrak; 17-kloaka.
Nafas olish sistemasi. Havo tashqi va ichki burun teshiklari orqali og’iz bo’shlig’iga tushadi. U yerdan toq uzuksimon va juft cho’michsimon tog’aylardan tashkil topgan ustki hiqildoqqa o’tadi. Undan traxeyaga, u esa ikkita bronxlarga bo’linib o’pkalarga kiradi.
Qushlarda pastki hiqildoq bo’lib, u traxeyaning pastki qismi va bronxlarning ustki qismidan hosil bo’ladi va faqat qushlar uchun harakterli bo’lgan tovush apparati vazifasini bajaradi. Qushlarning o’pkasi o’lchami jihatidan uncha katta emas va umurtqa pog’onasining ikki yonida qovurg’alarga mahkam birikadi. O’pkaning ichi zich bulutsimon tuzilishga ega. Bronxlar o’pkaga kirgach, ikkilamchi bronxlarga bo’linadi, bularning ko’pchiligi uchi berk bo’lib tugaydi, ba’zilari esa o’pkani teshib chiqadi va yupqa devorli havo xaltalarini hosil qiladi. Ikkilamchi bronxlar bir-biri bilan ko’p sonli ingichka parabronxlar orqali tutashadi. Parabronxlardan qalin kapillyarlarga boy bo’lgan bronxiolalar chiqadi. Bronxiolalarda qon kislorod bilan to’yinadi.

80-rasm. Qushlarnig nafas olish organlari:


1-traxeya; 2-bronxlar; 3-o’pka; 4-havo xaltachalari; 5-yuqorigi hiqildoq; 6-pastki hiqildoq.
Qushlarning nafas olish mexanizmi quyidagicha sodir bo’ladi. Nafas olganda ko’krak qafasi kengayadi, tana bo’shlig’ining hajmi oshadi, havo xaltalari kengayib havoga to’ladi. Bu vaqt havoning ko’p qismi traxeya, bronxlardan o’tib, qorin havo xaltalariga kiradi. Nafas chiqarilganda ko’krak qafasi qisqaradi, tana bo’shlig’ining hajmi ham kamayadi va ichki organlarning bosimi ta’sirida, qorin havo xaltalaridan havo o’pkaga kiradi va qon oksidlanadi. Keyingi nafas olishda o’pkadagi havo oldingi havo xaltalariga kiradi. Ikkinchi nafas olganda oldingi havo xaltalaridan havo tashqariga chiqadi. Shunday qilib kislorodga to’yingan havo uzluksiz ravishda nafas olganda ham nafas chiqarganda ham o’pkadan o’tib turadi. Bu ikki tomonlama nafas olish deb ataladi. Bunday nafas olish qushlar uchun xos bo’lib, uchishga moslashishning bir turi hisoblanadi.
Qon aylanish sistemasi. Tana bo’shlig’ining ustki tomonida katta yurak joylashgan. Yurakni yupqa yurak oldi xaltasi o’rab turadi. Pintset bilan yurakni ustidagi yurak oldi xaltasini ko’tarib, qaychi bilan kesing va uni ajratib oling.
Qushlarning qon aylanish sistemasi ancha murakkab tuzilgan. Yuragi to’rt kamerali bo’lib ikkita yurak bo’lmasi va ikkita yurak qorinchasi bor. Chap aorta yoyi reduktsiyalanib ketadi va faqat o’ng aorta yoyi saqlanadi. Demak, yurakning chap tomonida arterial qon, o’ng tomonida esa venoz qon bo’ladi.

81-rasm. Qushlarning arterial sistemasining sxemasi:
1-o’ng aorta yoyi; 2-o’ng nomsiz arteriya; 3-o’ng umumiy uyqu arteriyasi; 4-tashqi uyqu arteriyasi; 5-ichki uyqu arteriyasi; 6-umrov osti arteriyasi; 7-o’ng ko’krak osti arteriyasi; 8-ichak arteriyasi; 9-orqa aorta; 10-chap buyrak arteriyasi; 11-o’ng son arteriyasi; 12-o’ng quymich arteriyasi; 13-o’ng yonbosh arteriyasi; 14-dum arteriyasi; 15-o’pka arteriyasi (venoz qonli arteriyalar qora rangda berilgan).
Chap yurak qorinchasidan o’ng aorta yoyi chiqadi va shu zahoti undan bir juft nomsiz arteriyalar chiqadi.
So’ngra aorta chap tomonga egilib, umurtqa pog’onasi ostidan dum tomonga qarab, orqa aorta nomi bilan davom etadi va undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg’aza bo’limida orqa aorta son va qo’ymich arteriyalarini hosil qiladi va o’zi ingichka dum arteriyasi shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalarning har biridan umumiy uyqu arteriyasi arterial qonni bo’yin va boshga olib boradi; umrov arteriyasi esa qanotga, ko’krak arteriyasi ko’krak muskullariga arteril qonni olib boradi.
O’ng yurak qorinchasidan yagona o’pka arteriyasi chiqib, chap va o’ng o’pka arteriyalariga bo’linadi. Gavdaning oldingi tomonidan venoz qon uchta asosiy qon tomirlarining, ya’ni boshdan olib keluvchi juft bo’yinturuq venalar qanotlardan olib keluvchi umrov osti venalari va ko’krak muskullaridan olib keluvchi ko’krak venasining qo’shilishidan juft oldingi kovak venalar hosil bo’ladi va bular kelib o’ng yurak bo’lmasiga qo’yiladi.

82-rasm. Qushlarning venoz sistemasinig sxemasi:
1-o’ng bo’yinturuq vena; 2-o’ng umrov osti vena; 3-o’ng ko’krak vena; 4-o’ng oldingi kovak vena; 5-o’pka venasi; 6-dum venasi; 7-o’ng buyrak darvoza venasi; 8-o’ng buyrak venasi; 9-o’ng son venasi; 10-o’ng yonbosh venasi; 11-keyingi kovak vena; 12-dumg’aza-tutqich vena; 13-ichak usti venasi; 14-jigar qopqa venasi; 15-chap buyrak venasi; 16-chap buyrak; 17-jigar (arteriyaal qonli venalar shtrixlangan).
Gavdaning keyingi tomonidan yig’ilgan qon yurakka quyidagi qon tomirlar orqali kelib quyiladi; toq dum venasi va juft yonbosh venalari o’zaro qo’shiladi. Bundan ichak tutqich venasi chiqib, butun qorin bo’shlig’idan o’tadi, hamda juft buyrak qopqa venalariga ajraladi. Ammo buyrak qopqa venalarining hammasi ham buyraklarga kirib mayda kapillyar tur hosil qilmaydi, ularning bir qismi buyrakdan qon tomirlari orqali o’tadi. Umumiy yonbosh venalari buyraklardan o’tib, son va buyrak venalarini o’ziga qo’shib olib, keyingi toq kovak venani hosil qiladi. Ichak tutqich venasi ovqat hazm qilish sistemasidan yig’ilgan venoz qon bilan qo’shilib, juft jigar qopqa venalarini hosil qiladi. Bular jigarga kirib kapillyar to’r hosil qiladi. Jigardan, jigar venasi nomi bilan chiqib, keyingi kovak venaga qo’shiladi. Keyingi kovak vena ham o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
O’pkada kislorod bilan to’yingan arterial qon juft o’pka venalariga yig’iladi, bular qo’shilib chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Siydik-tanosil organlar sistemasi. Barcha amniotalardagi kabi qushlarda juft chanoq-metanefritik buyraklar bo’ladi va chanoqning oldingi pastida joylashadi hamda uch pallaga bo’lingan yassi tanachadan iborat bo’ladi. Har qaysi buyrakdan bittadan siydik yo’li chiqadi va kloakaga ochiladi. Qushlarda boshqa umurtqalilarda mavjud bo’lgan siydik pufagi yo’q. Buyraklarning oldingi uchida sariq rangdagi tanacha-buyrak usti bezlari joylashgan.
Erkaklarida jinsiy bezlari juft loviyasimon urug’dondan iborat bo’lib, bular buyraklarning oldingi qirrasida joylashadi. Urug’donlarning mezonefretik buyrak qoldig’i-urug’don ichki yuzalariga joylashadi.

83-rasm. Kaptarning siydik-tanosil organlari. Erkagi (A) va urg’ochisi (B):
1-chap urug’don; 2-chap buyrak usti bezi; 3-o’ng urug’ yo’li; 4-urug’ pufagi; 5-chap buyrak; 6-o’ng siydik yo’li; 7-chap tuxumdon; 8-chap tuxum yo’li; 9-tuxum yo’li voronkasi; 10-bachadon; 11-o’ng tuxumdon qoldig’i; 12-kloaka.

Har qaysi urug’don ortig’idan ingichka urug’ yo’llari boshlanadi, bular volf kanaliga gomolog bo’ladi. Urug’ yo’llari kloakaga ochilishdan oldin biroz kengayib urug’ pufaklarini hosil qiladi.


Urg’ochi kaptarda, hamma qushlardagi singari faqat bitta-chap tuxumdon va chap tuxum yo’li bo’ladi (82-rasm). Tuxumdon donador shaklida bo’lib. qushlarda o’ng tuxumdon reduktsiyaga uchragan, bu qushlarning yirik tuxum quyish bilan bog’liq holat hisoblanadi.
Tuxumdonda yetilgan tuxum xo’jayralari tana bo’shlig’iga tushadi va bu yerdan chap tuxum yo’lining keng varonkasiga tushadi. Tuxum yo’lining keyingi qismi kengayib bachadonni hosil qiladi va kloakaning chap qismiga ochiladi.
Markaziy nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi sudralib yuruvchilarning markaziy nerv sistemasiga nisbatan kuchli rivojlanganligi va bosh miyasining ancha kattaligi bilan farq qiladi. Bosh miya yarim sharlari, uning ko’ruv bo’laklari va miyachasining juda katta bo’lishi va hidlov bo’laklarini esa juda kichkina bo’lish bilan harakterlidir. Miya bukilmalari aniq ko’rinib turadi. Oraliq miya kichkina, epifizi kam taraqqiy etgan, gipofizi yaxshi ko’rinib turadi. Miyacha bilan oldingi miya yarim sharlari yaxshi taraqqiy etganligi uchun ko’ruv bo’laklari yon tomonga surilgan.

84-rasm. Kaptarning bosh miyasi. Yuqorigi (A), pastki (B) tomonidan, hamda miyasi ochilgan va miyachasi olib tashlangan (V) holatdagi ko’rinishi:
1-oldingi miyaning hidlov bo’lagi; 2-oldingi miya yarim sharlari; 3-epifiz; 4-oraliq miyaning ko’ruv bo’rtmalari; 5-xiazma; 6-miya voronkasi va gipofiz; 7-o’rta miyaning ko’ruv bo’laklari; 8-miyacha; 9-uzunchoq miya; 10-targ’il tana.
Qushlarning bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni teridan ajratib, keyin qaychi bilan miya qutisi qopqog’i atrofi kesilib, asta-sekin pintset bilan suyak bo’laklari olib tashlanadi, so’ngra qaychi bilan dastlabki 2-3 ta bo’yin umurtqalarining har ikkala yonidagi ustki yoylarini kesiladi va hosil bo’lgan suyaklarni pintset bilan olib tashlanadi. Natijada uzunchoq miyaning orqa miyaga o’tish joyi ochiladi.
Bosh miyaning ustki tomoni ochilgandan keyin, uning oldingi qismida kichkina hidlov bo’laklarini va nervlarini ko’rish mumkin. Hidlov bo’laklaridan keyin yirik oldingi miya yarim sharlari joylashadi. Oldingi miya yarim sharlarini tashqi yuzasi silliq, tekis bo’ladi. Undan keyin oraliq miya joylashadi. Oraliq miyani ustki tomonidan oldingi miya yarim sharlari va miyacha yopib turadi. Oraliq miyani ko’rish uchun miyachani biroz keyingi tomonga, yarim sharlarni esa oldingi tomonga siljitiladi. Oraliq miyaning ustki tomonida epifiz bezi joylashadi. Oraliq miyaning ostidan ko’ruv nervlari chiqadi. Ko’rish nervining orqa tomonida toq, ichi bo’sh bo’rtma-voronka bo’lib, uning devorida gipofiz bezi o’rnashadi.
O’rta miya ham ustki tomonidan qisman yarim sharlar va miyacha bilan yopilib turadi. O’rta miya uchun ko’rish bo’laklarining hosil bo’lishi harakterlidir. Uning pastki yuzasidan ko’zi harakatlantiruvchi nerv chiqadi.
Bosh miya yarim sharlarining keyingi tomonida miyacha joylashadi. Miyacha keyingi tomonidan uzunchoq miyaning asosiy qismini yopib turadi va chuvalchang deb ataluvchi o’rta bo’lakdan iborat bo’ladi. Chuvalchang ko’ndalang joylashgan jo’yaklar bilan qoplangan uzunchoq miyani ko’rish uchun miyachani biroz ko’tarish lozim.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish