Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan


Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni. 
qayd etib 
o‗tilganidek, ta'lim metodlari tizimida 
og„zaki bayon qilish 
metodlari
muhim o‗rin tutadi.




Hikoya – bu o‗qituvchi tomonidan o‗quv materialini ketma-ket bayon 
qilish bo‗lib, u odatda tasviriy vositalar yordamida ta'limning barcha 
bosqichlarida, ko‗proq boshlang‗ich sinflarda qo‗llaniladi. 
Bu metodning samarasi ko‗p jihatdan o‗qituvchining nuqt mahorati, 
so‗zlarni o‗z o‗rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‗quvchilarning yoshi, 
rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‗liq. Shu bois 
hikoya mazmuni o‗quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni 
kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga 
oshiriladi. O‗qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi 
asosiy tushunchalarga alohida urg‗u berishga e'tiborni qaratadi. Hikoya qisqa (5-
10 daqiqa), shu bilan birga o‗quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan 
qiziqishni uyg‗otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta'lim metodlari (xususan, 
namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda 
ro‗y berishi mumkin.
Suhbat – savollar va javoblar shaklidagi dialogik ta'lim metodi bo‗lib, u 
fanga qadimdan ma'lum, xatto undan o‗z faoliyatida Suqrot ham mohirona 
foydalangan. Suhbat ta'lim jarayonida ko‗p funksiyalar (aqliy fikrlash, 
hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi
ammo asosiysi o‗quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‗qituvchi fikriga 
mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga 
imkon beradi. 
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o‗qituvchi uchun murakkab 
ta'lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-
ketligini ta'minlash ko‗p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha 
o‗quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‗qituvchi oddiy savollar 
berishi, o‗quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‗ylash uchun vaqt ajratishi, 
o‗quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‗rinlarda ularni 
sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‗l bilan 
amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‗quvchilarga oldindan ma'lum bo‗lgan 
qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‗quvchilar 
tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida 
alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. 
Suhbat ko‗proq o‗quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni 
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‗zlashtirilgan 
bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‗rinishlarda, 
ya'ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi. 
Kirish suhbati o‗quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil 
etishdan ko‗zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‗lgan ishlar mohiyatining 


o‗quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‗rishdan iborat. Bunday 
suhbatlar o‗quvchilarning o‗quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini 
tashkil etish hamda yangi bilimlarni o‗zlashtirishga kirishish oldidan 
uyushtiriladi. 
Yakuniy 
suhbat 
o‗quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni 
umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o‗quvchilarning boshlang‗ich bilim 
darajasi 
hamda 
ularning yangi o‗quv metodikasini o‗zlashtirishga 
tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o‗qituvchilar tomonidan dars avvalida 
yohud o‗rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so‗nggida qo‗llaniladi. 
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga 
yo‗naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada 
ularga «ha» yoki «yo‗q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o‗quvchilarni 
mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta'minlash, ularni tahlil 
qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin. 
Demak, evristik suhbat jarayonida o‗quvchilar bilimlarni o‗zlarining 
tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o‗zlashtira 
olsinlar. 
Tushuntirish o‗quv materialini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash 
asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng 
qo‗llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni 
o‗rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‗quv materialining bir qadar 
qiyin unsurlari ko‗zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib 
beriladi. Tushuntirish samarasi ko‗p hollarda o‗qituvchining ko‗rgazmali 
vositalardan oqilona foydalanishiga bog‗liq bo‗ladi. 
Ma'ruza – yirik hajmdagi o‗quv materialini og‗zaki bayon qilish sanalib, 
uning o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat'iy mantiqiy ketma-
ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‗pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. 
Maktab ma'ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob'ektlar, jarayonlar, 
ularning sababli-oqibatli bog‗lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu 
bois ma'ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‗llaniladi. Chunki u butun 
dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma'ruza metodi tushuntirish va 
suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida 
o‗quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‗rgata boradi. 
Maktab 
ma'ruzasining 
samaradorligini 
ta'minlash 
shartlari
72
quyidagilardan iborat: 
-
o‗qituvchi tomonidan eng maqbul ma'ruza rejasining tuzilishi; 
-
rejadan o‗quvchilarni xabardor etish, ularni ma'ruza mavzusining 
maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish; 
-
rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda 
bayon etilishi; 
1
1
Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. Кн. 1. – Москва, Владос, 2002. - с. 491. 


-
rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha 
umumlashma asosida xulosalanishi; 
-
ma'ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‗tishda ular o‗rtasidagi 
mantiqiy aloqalarning o‗rnatilishini ta'minlash; 
-
bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi; 
-
jonli til, o‗z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan 
foydalanish; 
-
auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o‗quvchilarning aqliy 
faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish; 
-
ma'ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi; 
-
ma'ruzaning asosiy qismlarini o‗quvchilar tomonidan qayd etib 
(yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi; 
-
zarur (yozib olinadigan) o‗rinlarni oldindan ajratib qo‗yish; 
-
o‗rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning 
mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko‗rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, 
videofilm va boshqalar)dan foydalanish; 
-
alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma'ruzani seminar, 
amaliy mashg‗ulotlar bilan uyg‗unlashtirish.
Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda ko‗rgazmali metodlar
 
ham 
alohida ahamiyatga ega.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‗rsatmalilik tamoyiliga 
amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‗rinadi. Inson miyasining 30 foiz 
hajmini ko‗rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta'minlovchi neyronlar tashkil 
etadi. Pedagogik-psixologik yo‗nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan 
ma'lum bo‗ladiki, shaxs tomonidan o‗zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi 
ko‗rish retseptorlari yordamida o‗zlashtiriladi. Demak, o‗zbek xalqi tomonidan 
ko‗p bora qo‗llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko‗rgan yaxshi» 
maqoli ilmiy asosga ega ekan. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish