Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

Namoyish metodi
o‗rganilayotgan ob'ekt harakat dinamikasini ochib 
berishda qo‗l keladi va ayni chog‗da predmetning tashqi ko‗rinishi va ichki 
tuzilishi haqida to‗laqonli ma'lumot berishda keng qo‗llaniladi. Tabiiy 
ob'ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‗rinishi (shakli, hajmi, 
miqdori, rangi, qismlari, ularning o‗zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi


so‗ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‗rganishga o‗tiladi. 
Ko‗rsatish ko‗p holatlarda o‗rganilayotgan ob'ektlarning sub'ekti yoki chizmasi 
yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki 
o‗qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‗rsatib berishi hisobiga amalga 
oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. 
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish 
yanada ko‗proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga 
oshirish har doim ham mumkin bo‗lavermaydi. Shu bois o‗qituvchilar tabiiy 
predmetlarni namoyish qilishda sun'iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, 
hayvonlar bilan hayvonot bog‗ida, turli o‗simliklar bilan esa issiqxonalarda
tanishish) yoki sun'iy ravishda yaratilgan ob'ektlar (maket, model, mulyaj, skelet 
va boshqalar)dan foydalaniladi. 
Bu metod yordamida o‗qituvchi o‗quvchilarni mustaqil ravishda 
ob'ektlarni o‗rganish, zaruriy o‗lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni 
o‗rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‗z bilan 
aytganda faol bilish jarayoniga yo‗naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‗p 
jihatdan o‗qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o‗quvchilarning yoshiga mos 
holda to‗g‗ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish 
etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‗naltirishiga bog‗liqdir. 
Illyustratsiya 
namoyish metodiga chambarchas bog‗liq bo‗lsada, 
didaktikada alohida o‗rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni 
ularning ramziy ko‗rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va 
boshqalar yordamida ko‗rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va illyustratsiya metodlari o‗zaro bog‗liqlikda bir-birini 
to‗ldirgan holda qo‗llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‗quvchi yaxlit holda 
qabul qilishi zarur bo‗lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda 
uning unsurlari o‗rtasidagi bog‗lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga 
murojaat qilinadi. 
Illyustratsiyaning samarasi ko‗pincha o‗qituvchi tomonidan ko‗rsatuv 
texnologiyasi 
qay 
darajada 
o‗zlashtirilganligiga 
bog‗liq 
bo‗ladi. 
Ko‗rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati 
o‗rganilayotgan ob'ekt mohiyatini to‗laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. 
Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‗rinlarda 
kerakli hajmda ko‗rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o‗quvchilarni 
hodisa mohiyatini anglashda chalg‗itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar 
(fotosurat, jadval, tabiiy ob'ektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan 
foydalanishga to‗g‗ri keladi. 
Ko‗rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun 
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 
-
ko‗rgazmalilikning o‗quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos 
kelishi; 
-
namoyish etilayotgan ob'ektlar barcha o‗quvchilarga yaxshi ko‗rinib 
turishi; 


-
namoyishda uning boshlang‗ich bosqichi va asosiy jarayon 
(holat)larning ajralib turishi; 
-
tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini 
chizib ko‗rsatish asosida tashkil etilishi;
-
namoyish va illyustratsiya o‗quv materialining mazmuni bilan uyg‗un 
bo‗la olishi lozim. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish