Umumiy o„rta ta'lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
haqidagi Nizom, ta'lim muassasasalarining Ustavi – ta'lim muassasalarini
boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati
. O‗zbekiston
Respublikasining «Umumiy o‗rta ta'lim to‗g‗risida»gi Nizomi O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qaroriga
muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:
1.
Umumiy qoidalar.
2.
Umumiy o‗rta ta'limning maqsadi va vazifalari.
3.
Umumiy o‗rta ta'limni tashkil etish.
4.
O‗quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
5.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish.
6.
Umumiy o‗rta ta'limni boshqarish.
7.
Mablag‗ bilan ta'minlash va moddiy-texnika ta'minoti.
8.
Xalqaro hamkorlik.
Nizomga asosan, umumiy o‗rta ta'limning maqsadi o‗quvchilarni davlat
ta'lim standartlariga muvofiq o‗qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta'lim
olish huquqini ro‗yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o‗rta ta'lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g‗oyalaridan
biri bo‗lib, majburiy va qo‗shimcha komponentlar umumiy o‗rta ta'lim
mazmunining asosini tashkil etadi.
Majburiy komponent davlat ta'lim standarti bilan belgilanadi va
o‗quvchilarni tayyorlashning o‗rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida
1
1
«Ырта махсус касб-щунар таълими ты\рисида»ги Низом, 1998.
bilimlar asoslarini yanada puxta o‗rganish va kasb egallash uchun yetarli
bo‗lgan zarur darajasini belgilaydi.
qo‗shimcha komponent o‗quvchining ehtiyojlari va qobiliyati,
maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib
chiqib belgilanadi. qo‗shimcha o‗quv yuklanmalarining hajmi O‗zbekiston
Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligining Sog‗liqni saqlash vazirligi bilan
kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O‗quvchilar bilim sifati va
ta'lim natijalarining davlat ta'lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni
ta'minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat
o‗tkazish ham nazarda tutiladi.
Bosqichli nazorat o‗quv yili tamom bo‗lgandan keyin imtihonlar, test
sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi
va o‗quvchini navbatdagi sinfga o‗tkazish to‗g‗risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan
tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo‗lmagan ta'lim muassasalarida esa
muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
O‗zbekiston Respublikasida, umumiy o‗rta ta'limda ham xalqaro
hamkorlik yo‗lga qo‗yilgan «Umumiy o‗rta ta'lim to‗g‗risida»gi Nizomning
sakkizinchi bo‗limida qayd etilganidek, umumiy o‗rta ta'limni boshqarish
organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta'lim muassasalari halqaro
hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning
tajriba o‗rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg‗armalar
va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va
idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Mazkur Nizom umumiy o‗rta ta'lim (maktab)ni har tomonlama
boshqarish mohiyatini o‗zida ifoda etadi.
«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to‗g‗risida»gi Nizom
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-
sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi
maslalar yoritilgan6
1.
Umumiy qoidalar.
2.
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limining maqsadi, vazifalari va uni
tashkil etish.
3.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‗quvchilarni qabul
qilish, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
4.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish.
5.
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limini boshqarish.
6.
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limini mablag‗ bilan ta'minlash va
moddiy-texnika ta'minoti.
7.
Xalqaro hamkorlik.
Umumiy qoidalarda o‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumiy o‗rta ta'lim
negizida o‗qitish muddati 3 yil bo‗lgan uzluksiz ta'lim tizimining majburiy
mustaqil turi hisoblanishi hamda O‗zbekiston Respublikasining «Ta'lim
to‗g‗risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq amalga
oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs
hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
Ikkinchi bo‘limda
o‗rta maxsus, kasb - hunar ta'limining maqsadi,
vazifalari va uni tashkil etish haqida gapiriladi.
Quyidagilar o‗rta maxsus, kasb - hunar ta'limining vazifalari sifatida
belgilangan:
- davlat ta'lim standartlari doirasida umumta'lim va kasb - hunar
dasturini bajarish:
- uquvchilarning uzluksiz ta'limning keyingi bosqichida uqishni davom
ettirish, tanlangan mutaxassisliklar bo‗yicha mehnat faoliyati Bilan
shug‗ullanish uchun zarur va yetarli bo‗lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi
darajasini chuqurlashtirish:
- respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga
bo‗lgan ehtiyojini qondirish.
Bundan tashqari ushbu bo‗limda akademik litseylar qoidaga ko‗ra, Oliy
ta'lim muassasalari huzurida tashkil etilishi, kasb - hunar kollejlari esa
hududlarning
demografik
va
geografik
sharoitlarini,
tegishli
soha
mutaxassislariga bo‗lgan mahalliy ehtiyojlarini hisoga olgan holda tashkil
etilishi ko‗rsatib berilgan.
Uchinchi bo‘limda
o‗rta – maxsus, kasb - hunar ta'limi muassasalariga
o‗quvchilar qabul qilish; umumiy ta'lim va kasb - hunar dasturlarini amalga
oshirilishi; nazorat turlari; kursdan – kursga, o‗rta maxsus kasb - hunar ta'limi
muassasasining bir turidan boshqasiga o‗tkazish va diplom berish tartiblari
bayon etilgan.
To‘rtinchi bo‘limda
esa akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarida
kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanish huquqiga ega ekanligi; Ushbu
ta'lim muassasalariga professor - o‗qituvchilarni va muxandis pedagoglarni
ishga qabul qilish qay tarzda amalga oshirilishi aytib o‗tilgan.
Beshinchi bo‘limda
o‗rta maxsus, kasb - hunar ta'limini boshqarish
tartibini o‗z ichiga oladi. Unda akademik litseylar va kasb - hunar kollejlariga
tashkiliy, o‗quv – uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartini
ishlab chiqish va joriy etish, o‗quv ta'lim va kasb - hunar dasturlarini
birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularni tayyorlash va qayta
tayyorlash Oliy va o‗rta maxsus ta'lim vazirligi ( o‗rta maxsus, kasb - hunar
ta'limi markazi ), uning hududiy boqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari,
idoralar va korxonalar bilan birgalikda ta'lim muassasasi direktori tomonidan
amalga oshirilishi ko‗rsatilgan.
Oltinchi bo‘limda
o‗rta maxsus, kasb - hunar ta'limini mablag‗ bilan
ta'minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, ta'lim
muassasasining moliyaviy mablag‗lari uning tasarrufida bo‗lishi belgilab
berilgan.
yettinchi bo‘limda
esa o‗rta maxsus, kasb - hunar ta'limi muassasalari
belgilangan tartibda xorijiy sheriklar Bilan bitimlar tuzish huquqiga egaligi,
xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkinligi e'tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |