mohiyati haqida batafsil to‗xtalib o‗tilganligini alohida ta'kidlash zarur.
Ushbu
hujjatda qayd etilicha, ta'lim muassasasi menejmentining quyidagi vazifalari
ko‗rsatib berilgan:
uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat
ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‗zgartirish va ularni izchil
rivojlantirish davlat yo‗li bilan boshqarib borilishi;
barcha darajadagi ta'lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari
«Ta'lim to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi
ta'limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;
moliya-xo‗jalik faoliyatini olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil
etishda o‗quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi
ta'minlanadi;
ta'lim muassasalari O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‗tkaziladi hamda
akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‗ra ta'lim sohasida
faoliyat ko‗rsatish huquqi beriladi;
muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-
sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy
vakillarni o‗z ichiga oluvchi vasiylik va
kuzatish kengashlari tizimi
orqali ta'lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi
joriy etiladi.
Bundan tashqari, olimlar ta'lim menejmetining bir qator o‗ziga xos
xususiyatlarga ega ekanligini ham ta'kidlab o‗tishadi.
Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
ta'lim
menejmenti
«maqsadga
muvofiqlik»
so‗zi
bilan
aniqlanadigan ma'naviy o‗lchovga ega;
ta'lim menejmenti – bu fan va san'at (chunki bunda insonlar
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar katta rol o‗ynaydi);
menejment mazmunida o‗z aksini topadigan shaxs, davlat va
jamiyat manfaatlarining o‗zaro dialektik birligi;
ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, endilikda ta'lim tizimini davlat
tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‗tiladi.
Davlat-
jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta'lim muassasalarining dolzarb
masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‗qituvchilar,
o‗quvchilar hamda ota-onalarga ta'lim dasturlarini, turlarini, ta'lim
muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta'lim
tizimini
davlat
tomonidan
boshqarish
O‗zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to‗g‗risida»gi qonunining (1997 yil) 3-moddasida,
ya'ni ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillarida aks etgan. Ta'lim
sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun respublikamizda ta'limni
boshqarishning davlat organlari tuzilgan. O‗zbekiston Respublikasining «Ta'lim
to‗g‗risida»gi qonunida, O‗zbekistonda ta'lim sohasini boshqarish respublika
tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy
hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan
amalga oshirilishi
ko‗rsatilgan.
Xalq ta'limi Vazirligi, Oliy va o‗rta maxsus ta'lim Vazirligi O‗zbekiston
Respublikasida ta'limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi.
Vazirliklar o‗zini vakolatlik doirasida:
ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‗yobga chiqaradi;
- ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub
masalalarida ularga rahbarlik qiladi;
davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va
kasbiy
tayyorgarligiga bo‗lgan
talablarning bajarilishini
ta'minlaydi;
o‗qitishning ilg‗or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni,
ta'limning texnik va axborot vositalarini o‗quv jarayoniga joriy
etadi, o‗quv va o‗quv-uslubiy adabiyotlarni
yaratadi va nashr
etishni tashkil qiladi;
ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim
muassasalarida eksternat to‗g‗risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash to‗g‗risida
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va
qayta tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta'limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta'limi vazirligining mahhhalliy organlariga xalq ta'limi viloyat
boshqarmalari, shahar, tuman bo‗limlari kiradi. Xalq ta'limi bo‗limlari mahalliy
hokimlik tasarrufiga kiradi va unga bo‗ysunadi. Qoraqolpoqiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi, xalq ta'limi viloyat boshqarmalari,
shahar va tuman
bo‗limlari ikki tomonlama - O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga va
tegishli ravishda Qoraqolpoqiston Respublikasi Vazirlar kengashiga, viloyat,
shahar, tuman hokimliklariga bo‗ysunadilar.
Ular maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning
rivojini ta'minlash uchun ko‗maklashadi. Ularning vakolatiga maktab
direktorlari va ularning o‗rinbosarlarini tayinlash ham kiradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya'ni, vazirliklar va
xalq ta'limi bo‗limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular
maktab faoliyatini o‗rganadi, ta'lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi,
ilg‗or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini
belgilaydi, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yo‗llarini izlaydi, maktab
direktori va o‗qituvchilarga yordam ko‗rsatadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o‗quv-uslubiy va
ilmiy
rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish,
o‗quv-ta'lim va kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan
ta'minlsh, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o‗rta maxsus ta'lim
Vazirligi (O‗rta maxsus kasb-hunar ta'limi Markazi), uning hududiy
boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan
birgalikda amalga oshiriladi
116
.
Ta'lim
tizimini
jamoatchilik
asosida
boshqarish
o‗qituvchilar,
o‗quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan
iborat pedagogik
Kengashning umumiy o‗rta ta'lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga
yo‗naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o‗tkaziladigan maktab jamoasining konferensiyasi
jamoatchilik boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Konferensiyada maktab
Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi, o‗qitish qaysi
tilda olib borilishi aniqlanadi va xokazo. Konferensiyalar oraliqida o‗z - o‗zini
boshqarishning yuqori organi vazifasini maktab kengashi bajaradi. Maktab
kengashi bir yilda 4 marta chaqiriladi.
Davlat ta'lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta'lim
muassasalarining faoliyat ko‗rsatishi ham ta'limni boshqarishning jamoatchilik
xarakterini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: