Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan


Pedagog kadrlar malakasini oshirish



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagog kadrlar malakasini oshirish
. Fan-texnika taraqqiy etib, 
ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan 
olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda 
o‗qituvchilarning o‗z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib 
borishlari, mustaqil izlanish ko‗nikmasiga ega bo‗lish va ijodkor 
bo‗lishlarini talab qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da 
belgilab qo‗yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni 
tarbiyalash uchun bugungi kun o‗qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va 
umumpedagogik saviya, o‗z ishiga ijodiy yondashish, o‗z burchiga nisbatan 
fidoiy bo‗lishga bog‗liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko‗p 
jihatdan ta'lim muassasasi rahbari, ularning ta'lim-tarbiyani boshqarish 
layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat 
qilishga bog‗liqdir. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad 
o‗qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy 
bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‗quvchilarga ta'lim-tarbiya berish 
sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta'lim-tarbiya ishlarining murakkablashib 
borishi o‗qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga ko‗ra, 
pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga 
odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag‗batlantirish maqsadiga muvofiq ish 
olib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda pedagogik kadrlar 
malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan 
nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o‗rta maxsus 
kasb-hunar ta'limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo‗lishlari va 


ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini 
oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo‗linadi: 
1.Ta'lim muassasasi doirasida malaka oshirish yo‗llari: 
-ta'lim muassasasida fanlar bo‗yicha tuzilgan metod birlashmalar;
-ta'lim muassasasi pedagogik kengashi; 
- ta'lim muassasasida tahkil etiladigan doimiy harakatdagi seminar o‗qishlar; 
- maqsadli ochiq darslar; 
- konferensiya va pedagogik o‗qishlar; 
2. Ta'lim muassasasidan tashqari malaka oshirish yo‗llari: 
1. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari: 
- ishlab chiqarishdan ajralgan holda markaz, viloyat va tumanda o‗tkaziladigan 
kurslar; 
- murabbiylik asosidagi kurslar; 
- eksternat kurinishidagi kurslar; 
- qisqa muddatli kurslar; 
- erkin tinglovchilar kurslari; 
- sirtdan va qatnab ta'lim olinadigan kurslar; 
- muammoli ( maqsadli ) kurslar; 
- shaxsiy reja asosida tashkil etiladigan kurslar; 
- mualliflik kurslari; 
- doimiy harakatdagi kurslar. 
2. Maktabgacha bolalar muassasalari xodimlarning malakasini oshirish 
respublika kurslari. 
3. Tuman Metodika kabineti tomonidan pedagoglarning malakasini oshirish 
ishlari:
- ilmiy – metodik, pedagogik yoki amaliy konferensiyalar, seminar, seminar – 
kengashlar; 
- bir muammo yoki mavzu asosida tashkil etilgan doimiy harakatdagi 
seminarlar; 
- tuman fan o‗qituvchilari metodika uyushmalari; 
- tayanch va ilg‗or tajriba muassasasi ishlari
- ta'lim muassasasi rahbarlari Metodika uyushmalari; 
- pedagogik o‗qishlar. 
4. Radio va televidenie orqali beriladigan eshittirishlar, matbuot sahifalari.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish