10-mavzu: Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish – milliy tarbiyaning bosh maqsadi



Download 41,76 Kb.
bet1/4
Sana01.04.2022
Hajmi41,76 Kb.
#522715
  1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish – milliy


10-mavzu: Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish – milliy tarbiyaning bosh maqsadi
(Seminar mashg’uloti ishlanmasi 2 soat)


Reja

  1. Tarbiya jarayoni, uning maqsad va vazifalari.

  2. Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar va ularning mohiyati.

  3. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish masalasining aks etishi.

  4. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv.



1-topshiriq. Tarbiya jarayoni, uning maqsad va vazifalarining o’zlashtirilishiga doirblis-so’rovsavollari

  1. Tarbiya deganda nima tushuniladi?

Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.



  1. Tarbiyaning tor va keng ma’nolardagi ifodasini izohlang.

Keng ma’noda trbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig’indisini anglatadi. Shuningdek, keng ma’noda tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot ilish ham kiradi.
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy axloqiy qiyofasi, estetik didi o’stirilishiga yo’naltirilgan pedagogic faoliyatni anglatadi.



  1. Tarbiya jarayoni deb nimaga aytiladi?

Tarbiva jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.



  1. Tarbiyadan ko’zlangan maqsad nima?

Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat.



  1. Tarbiyaning umumiy vazifalariga nimalar kiradi?

Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o'quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo'shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g'oyalariga amal qilishni talab etadi.



  1. Tarbiya mazmuni deganda nimani tushunasiz?

tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin.



  1. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo`lib, unga tarbiya mohiyatin yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o ‘qituvchi faoliyati, balki o'quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o ‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o ‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez suratda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O'zida insoniy sifatlarni namoyon eta oigan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati o ‘zining uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni - bu o‘qituvchi va o ‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O ‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini toldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g ‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o ‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati - bu uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g'oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtirila boriladi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik tavsifiga ega bo`lishi lozim. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi, o ‘qituvchi va o ‘quvchilar o ‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab etadi.


2-topshiriq. “Tugallanmagan gaplar metodikasi” asosidaO’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlaridagi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga doir fikrlarni o’zlashtirish



Download 41,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish