Ta'lim muassasining Ustavi
ta'lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va
boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta'lim muassasasining Ustavida ta'lim jarayonining quyidagi ikki muhim
tarkibiy jihati ajratib ko‗rsatiladi:
1)
davlat ta'lim standartida, belgilangan bilimlar zahirasini egallash
uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi ;
2)
bilim, ko‗nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish
(savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o‗rgatish).
Shuningdek, ta'lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga
qo‗yiluvchi talablar, o‗qituvchi, o‗quvchilar hamda ta'lim muassasasi
rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Masalan, o‗quvchilar ta'lim standartlari asosida ta'lim olish uchun
intilishlari, ta'lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta'lim
berishlari, ta'lim oluvchilarning o‗quv dasturlarini davlat ta'lim standartlari
darajasida o‗zlashtirishlarini ta'minlashlari zarur. Ta'lim muassasasi rahbari
(direktori) esa o‗quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta'min etadi,
o‗quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta'lim-tarbiya
ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish
talablariga to‗laqonli rioya etilishi, ma'naviyat ishlarining samarali tashkil
qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Ustavda o‗z-o‗zini boshqarish, jamoada o‗zaro munosabatning o‗rnini
kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta'lim muassasasining
direktori o‗qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan
so‗zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.
O‗zbekiston Respublikasida, amalda bo‗lgan «Umumiy o‗rta ta'lim
muassasasi (maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi» Xalq ta'limi
Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
muassasasining Ustavi» esa O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
5-sonli (1998 yil 5 yanvar) qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta'lim muassasasi Ustavini
ishlab chiqish tartibi to‗g‗risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta'limni
boshqarishning vakolati mas'ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va
mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro‗yxatdan o‗tkaziladi.
Ta'lim muassasasining Ustavida ta'lim muassasasining joylashgan o‗rni,
uning turi, ta'lim tili, guruh raqbarlari, o‗qituvchilarning huquq va burchlari,
ta'lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek,
ta'lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi
aniq belgilanishi ko‗rsatib berilgan.
Ta'lim muassasasining
Do'stlaringiz bilan baham: |