1)
maktabgacha tarbiya muassasalari – 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‗lgan
bolalarni tarbiyalashga
xizmat qiladi;
1)
boshlang‗ich maktablar (1-8-sinflar) – 6 yoshdan 13 yoshgacha
bo‗lgan bolalar ta'lim oladilar;
1)
o‗rta maktablar (9-12-sinflar) – 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‗lgan
bolalarning ta'lim olishlari uchun imkoniyat yaratadi. O‗rta
maktab quyi va
yuqori bosqichdan iborat.
1)
oliy ta'lim - 2 yoki 4 yil mobaynida kollejlar hamda universitetlarda
amalga oshiriladi.
1)
universitetlar va boshqa oliy o‗quv yurtlari tarkibida tashkil
etiladigan aspirantura va doktoranturadir.
AqShda majburiy ta'lim 16 yoshgacha amal qiladi. Mamlakatda faoliyat
yuritayotgan o‗quv
yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy
muassasalarga tegishli bo‗lishi mumkin.
Amerika qo‗shma Shtatlarining maktablari uchun yagona o‗quv
rejasi
yo‗q. Har bir shtat o‗z o‗quv rejasiga ega. Shunga ko‗ra Shtatlarda boshlang‗ich
ta'lim 4, 5, 6 va 8 yillik bo‗lishi mumkin.
II. Yaponiya ta'lim tizimi o‗z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari,
boshlang‗ich maktablar, yuqori o‗rta maktablar hamda oliy ta'lim
beradigan
universitetlarni oladi.
Bolalar bog‗chalariga bolalar 3-5 yoshlarida boradilar va 3, 2, 1 yillik
ta'lim kurslariga jalb qilinadilar.
Boshlang‗ich maktabga bolalar 6 yoshdan boradai va 6 yil o‗qiydi.
Boshlang‗ich maktabni tugatgandan keyin kichik o‗rta maktabda 3 yil ta'lim
oladilar. Yaponiyada 9 yillik bu ta'lim majburiy bo‗lib,
barcha bolalar bepul
o‗qitiladi, ular tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o‗rta maktab Yaponiyada ixtiyoriy bo‗lib, uning
kunduzgi, kechki va sirtqi turlari mavjud. O‗qish muddati 3 yil.
Oliy ta'limga yuqori bosqich o‗rta maktablarni
tugatgan bitiruvchilar
qabul qilinadilar. Oliy ta'limni universitetlarda olish mumkin. Oliy ta'lim
tizimiga kirgan bo‗lsada, o‗rta maxsus ta'lim beradigan kichik kollej,
texnik
kollej, maxsus tayyorgarlikdan o‗tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud.
Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universitetning yarmidan ko‗pi
xususiydir.
III. Fransiyada ta'lim tizimi quyidagi bosqichlar asosida shakllangan:
1.
Maktabgacha tarbiya – 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalarni o‗z ichiga
oladi.
2.
Boshlang‗ich ta'lim – 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‗lgan bolalarning 3
bosqichda ta'lim olishlariga imkon beradi. Tayyorlov bosqichi uchun 1 yil,
elementar kurslar uchun 2 yil ta'lim muddati belgilangan. Boshlang‗ich
ta'limning 3-bosqichi 2 yillik chuqurlashtirilgan bosqichdir.
3.
O‗rta ta'lim ikki bosqichda beriladi. O‗rta ta'limning birinchi bosqichi
4 yillik ta'lim
beruvchi kollejlar, ikkinchi bosqich esa 3 yillik ta'lim beruvchi
litseylarda amalga oshiriladi. 3 yillik litseyni tugatgan bitiruvchilar «Bakalavr»
darajasini olish uchun imtiqon topshiradilar.
4.
Oliy ta'lim universitetlar va oliy ixtisoslik maktablarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: