Umumiy o‗rta ta'lim o‗quvchilarning fan asoslari bo‗yicha
muntazam
bilim olishlarini, ularda bilim o‗zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‗quv-ilmiy va
umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‗nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-
muhitga ongli munosabatda bo‗lishni va kasb tanlash ko‗nikmalarini
shakllantirish
115
bosqichi. Umumiy o‗rta umumiy o‗rta ta'lim muassasalarida
amalga
oshirilib, o‗quvchilarga I-IX sinflar hajmida davlat ta'lim standartlari
talablariga muvofiq fan asoslari bo‗yicha majburiy ta'lim beriladi.
Bolalarning qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan
maktablarning tashkil etilishi esa ularning istiqbollarini ta'minlashda muhim
ahamiyatga ega.
Umumiy o‗rta ta'lim negizida o‗qish muddati uch yil bo‗lgan majburiy
o‗rta maxsus kasb-hunar ta'limi amalga oshiriladi. Mazkur ta'lim uzluksiz ta'lim
tizimida o‗ziga xos o‗ringa ega bo‗lgan mustaqil tur hisoblanadi. O‗rta maxsus
kasb-hunar ta'limi – umumiy o‗rta ta'lim negizida majburiy-ixtiyoriy ravishda
tashkil etilib, o‗quvchilarga ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida tanlab
olingan kasb-hunar bo‗yicha bir yoki bir necha ixtisoslik asoslariga oid
bilimlarni berish bosqichi. Mazkur muassasalarda ta'lim olish o‗quvchilar
tomonidan majburiy-ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsey o‗quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga
olgan holda ularning jadal intellektual
rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo‗naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida
davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‗rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik
maqomga ega ta'lim muassasasi.
Akademik litseylar asosan oliy o‗quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kolleji o‗quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko‗nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‗yicha bir
yoki bir necha ixtisosni egallash
imkonini yaratish maqsadida, tegishli davlat
ta'lim standartlari doirasida o‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik
maqomga ega ta'lim muassasasi.
Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi diplom hamda o‗rta ma'lumotga ega bo‗lganlik to‗g‗risidagi
guvohnomalar beriladi. Ular bitiruvchilarga ta'limning keyingi bosqichlarida
o‗qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisoslik va kassb-hunar yo‗nalishi
bo‗yicha mehnat faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradi.
Oliy ta'lim - o‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki
bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda
mutaxassisliklar yo‗nalishlari bo‗yicha xalq xo‗jaligining turli sohalariga oliy
ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta'lim bosqichi.
1
1
Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъѐрий щужжатлар тыплами. –
Тошкент: Шар= нашриѐт-матбаа акциядорлик компанияси Бош тащририяти. 2001. – 35-
бет.
Bakalavriat – mutaxassislik yo‗nalishi bo‗yicha fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to‗rt yil
davom etadigan tayanch oliy
ta'limdir. Bakalavrlik dasturi tugatilgandan so‗ng bitiruvchilarga «bakalavr»
darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar
faoliyati bilan shug‗ullanish huququini beruvchi diplom topshiriladi.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‗yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan
oliy ta'limdir.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi,
kasb-hunar faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim
– kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‗quv yurtlari va
ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad'yunktura va doktoranturada ta'lim
olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini
tashkil etish asosida
amalga oshiriladigan ta'lim bosqichi.
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichlarida tahsil olish (aspirantura,
doktorantura) muayyan ilmiy daraja (fan nomzodi va fan doktori ilmiy
darajasi)ni olishga imkon beruvchi dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‗ra tegishli mutaxassislik
yo‗nalishlarida fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning
kasb bilimlari va ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida
tashkil etiluvchi ta'lim bosqichi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim
muassasalaridagi o‗qish natijalariga ko‗ra davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi.
Maktabdan tashqari ta'lim madaniy-estetik, ilmiy,
texnikaviy, sport va
boshqa yo‗nalishlarda yo‗lga qo‗yiluvchi, bolalar hamda o‗smirlarning ta'limga
bo‗lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning
bo‗sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim
bosqichi.
Maktabdan tashqari ta'lim davlat organlari, jamoat tashkilotlari,
shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan maktabdan tashqari
davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: