Bola o‗sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib,
chuqurlashib, tabahalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy,
g‗oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda
huquqiy tarbiya berish, o‗quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi,
shuningdek, tarbiya jarayonini
tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy
shakllarini qo‗shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga
keltirish va bu tizim g‗oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish,
uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‗ziga
nisbatan munosabatlari
doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok
etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur
bo‗lsa, uning ma'naviy dunyosi shunchalik boy bo‗ladi.
O‗z tabiatiga ko‗ra tarbiya jarayoni ko‗p omilli xarakterga ega. Ya'ni,
bola
shaxsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy
muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida
ro‗y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‗lmaydi. Bu
narsa o‗quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy
xususiyatlari, ularning hayotiy va ma'naviy
tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga
bog‗liq.
Tarbiya jarayoni, odatda, o‗z-o‗zini tarbiyalash, o‗z-o‗zini
qayta
tarbiyalash, bolaningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi
natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf
etish bilan olib boriladi.
O‗zini o‗zi tarbiyalash shaxsni o‗zida ijtimoiy qadrga ega bo‗lgan
fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf
etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.
O‗z-o‗zini qayta tarbiyalash shaxsning o‗zidagi salbiy odatlar,
xarakteridagi zararli sifatlarni yo‗qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki
faoliyati jarayonidir. Bola xulqidagi «og‗ish»lar oiladagi nosog‗lom muhit, ota-
onaning tarbiyada yo‗l qo‗ygan
xatolari, o‗qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar
asosida vujudga keladi. qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan
sabab, sharoit o‗zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy
ta'sirini oila, shu jumladan, ota-ona ham ma'qullashi lozim.
Demak, qayta tarbiyalash o‗quvchining o‗zigagina emas,
balki uning
ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: