2.2. Turkiston muxtoriyati mahalliy xalqning milliy ozodlik harakatini ifodasi sifatida. Turkiston xalqining muhtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917 yil 13 dekabrda bolib otgan fojiali voqealar muhim orin tutdi. Osha kuni Toshkentda eski shahar axolisi Muhtor Turkiston uchun! shiori ostida tinch bayram namoyishini otkazdi. Ammo Toshkent Sovetidagi bolsheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib ornatishga buyruq berdilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan oqqa tutildi, eski shaharlik 16 kishi ana shu toqnashuv qurboni boldi.18 Muhtor hukumatning xalq ortasidagi obrosi bolsheviklarni tashvishga solib qoygan edi. 1918 yil 19-26 yanvarda Toshkentda bolib otgan Turkiston olkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda 4-sezdida muhtoriyat masalasi asosiy orin tutdi. Sezd Turkiston muhtoriyati hukumati va uning azolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat azolarini qamoqqa olish togrisida qaror chiqardi. Bolsheviklar ozlarining bu qabih va mudhish hukmini amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar.30 yanvarda Turkiston XKS muhtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning Dashnaksutyun partiyasi azolaridan tuzilgan qurolli todalardan ham keng foydalandilar. Ularga qarshi dastlabki jangda muhtoriyatning milliy qoshinidan tashqari qoqonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, chokich, tayoq kotargan haloyiqning soni 10 ming kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qoqon shahriga bolgan hujumini uch kun mobaynida mardonavor qaytardilar. Shahar ustiga uch kun davomida toplardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muhtoriyat qoshinining tirik qolgan qismi Kichik Ergash qorboshi boshchiligida shahardan chiqib ketdi.
Turkiston muhtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoqlarning qonli hujumi oqibatida agdarib tashlandi. Ammo Qoqon va uning atrofidagi tinch aholini talash, oldirish avjiga chiqdi. Faqat Qoqonning ozida uch kun davomida 10 ming kishi oldirildi. Shahar butkul vayronaga aylantirildi. Hukumat boshligi Mustafo Choqaev shaharni tark etib yashirinishga majbur boldi. Vazirlarning ayrimlari halok boldi, bazilarini bolsheviklar qolga olishdi. Nihoyat, 1918 yil 22 fevralda Qoqon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan tinchlik shartnoma imzolandi. Turkiston Muhtoriyati hukumati atigi 72 kun umr korgan bolsada, u erksevar halqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga davat etdi. 1918 yilning erta bahorida avval Fargona vodiysida, songra butun Turkistonda istiqlolchilik harakati boshlandi. Ammo bu davrga kelib Turkiston Muhtoriyatini tor-mor etib, olkada yakka hukmron bolgan, qurl va zoravonlikka tayangan bolsheviklar mintaqada sovetcha andozadagi avtonomiya tashkil etishga kirishgan edi19.
1918 yil yanvar oyidayoq bolsheviklar Turkiston Muhtoriyatiga qarshi Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini kotarishgan edi. Bu muammo faqat Turkiston Sovetlarining 5-sezdida (1918 yil 20 aprel-1 may) hal qilindi. Sezd Rossiya Sovet Sotsialistik federatsiyasi tarkibida Turkiston Respublikasini tuzish togrisida qaror qabul qildi. Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti va XKS saylandi. Ular tarkibiga ilk marta tub millatlarning vakillari kiritildi. Shuningdek, sezdda sanoat korxonalarini musodara qilish va boshqa ayrim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, sovet Rossiyasi tarkibida Turkiston avtonom respublikasi tashkil qilindi20.
Muxtoriyat tarkibi 8 kishidan iborat bolib, Muxtoriyatning harbiy vaziri lavozimini mutaxassisligiga kora advokat bolgan Ubaydulla Xojayev (1882-1938)2 egalladi. Keyinchalik Ubaydulla Xojayev Qoqonda bolmagan vaqtda ufalik agronom (baʼzi manbalarda polkovnik deyiladi3) Maxdi Chanishev 1918 yil fevralda Turkiston Muxtoriyati hukumatida harbiy kengash raisi bo‘lgan. Muxtoriyat qo‘shini qo‘mondoni vazifasini bajardi. Manbalarda keltirilishicha, Maxdi Chanishev Qo‘qon voqealari vaqtida shahardagi tartib va intizomni saqlash uchun butun militsiyaga bosh qo‘mondon etib tayinlangan.M.Chanishev bolsheviklar bilan bo‘lgan janglar vaqtida alohida jonbozlik ko‘rsatdi. Muxtoriyat bostirilgandan keyin hukumatning 15 rahbari M.Mirahmedov, A.Orozayev, Ya.Ageyev, Qushbegiyevlar bilan birgalikda M.Chanishev ham Skobelev (Fargona)ga jonashga majbur boladi, ammo shu kunning ozida ular qolga olinib otib tashlanadi.Muxtoriyatning tayanchi bolgan harbiy qoshin faoliyati Ulug Turkistonning bir necha sonlarida ham atroflicha yoritib berilgan. Jumladan, Muxtoriyat hukumatining vazifasi, Muxtor Bakir ozining Turkiston Muxtoriyati va turkistonlilar, Turkiston Muxtoriyatini barpo bolishiga kuch kerakkabi maqolalarida Turkiston Muxtoriyati hukumati oldida turgan asosiy vazifalar sifatida Muxtoriyatning milliy armiyasini shakllantirish, askariy mahkamalar va tashkilotlar tuzish lozim deb hisoblangan. Muxtoriyat hukumatining vazifasi nomli maqolada Mustabid chor hukumati vaqtida Turkistonga chetdan naqadar ko‘p qurolli askar kelturilib tutul erdi. Muxtoriyat eʼlon qilinub idora xalqning o‘z qo‘lig‘a ko‘chuv ila bu askarlarga ehtiyoj bitdi. Shuni eʼtiborga olib bo‘lsa kerak hozir Turkistonning boshqa shaharlarida bo‘lg‘on askarlar har qaysinisi o‘z vatanlariga qayta boshladilar”, – deb yozsa, “Turkiston Muxtoriyati va turkistonlilar” nomli maqolada esa “Muxtoriyat va istiqbolni eʼlon qiluv mushkul emas. Lekin oni hayotga tatbiq qiluv va ijro etuv ko‘p tajriba va bilimni, fidokorlikni istaydi. Muxtoriyatni eʼlon qiluv bilan turkistonliklar oldiga g‘oyat ulug‘ va og‘ir bo‘luvchi ila barobar muqaddas va masʼuliyatli xidmatlar kelub turmaqdadur. Mazkur vazifalar qatorida eng muhim vazifalardan biri sifatida askariy mahkamalar va tashkilotlar tuzish va zobitiya ishlarini tartib etish eʼtirof etib o‘tiladi”, – degan maʼlumotlarni uchratamiz21.
“El bayrog‘i” gazetasining 1918 yil 26 yanvardagi sonida Turkiston Muxtoriyatiga katta umidlar bilan qaragan shoir Cho‘lponning “Teshaboy” taxallusi ostida “Muxtoriyat eʼlon qilindi” nomli daʼvatnoma maqolasi eʼlon qilinib, maqolada zo‘r umidlar bilan erishilgan Muxtoriyatni Turkiston xalqi himoya qilishi kerak degan fikrni ilgari surgan8. Milliy matbuot nashrlaridagi Muxtoriyatni himoya qilish va bu yo‘lda Muxtoriyat milliy qo‘shini safiga daʼvatlar o‘z natijasini bergan. Farg‘onalik Shomansur Alixo‘jayev9 ham Muxtoriyatning milliy qo‘shini safiga kirgan hamda Muxtoriyat qo‘shini safida sovet hokimiyatiga qarshi kurashlarda qatnashgan. Shu sababli Sh. Alixo‘jayev 1919 yilda harbiy tribunal qarori bilan 6 yilga qamalgan.22 Demak, Muxtoriyat hukumatiga xayrixoh bo‘lgan va harbiy sohadan xabardor kishilarga muxtoriyat tarafidan alohida eʼtibor qaratilgan. Hatto bu jarayonga millatidan qatʼiy nazar boshqa millat vakillari ham jalb etildi. Turkiston Muxtoriyatining raisi Mustafo Cho‘qay o‘g‘lining xotiralariga ko‘ra, Qo‘qonda muxtoriyat harbiy ishlarini yo‘lga qo‘yishda ularga polyak millatiga mansub shtab ofitseri yordam bergan. Mustafo Cho‘qay o‘g‘li “O‘sha paytda mening yonimda bir polshalik harbiy shtab ofitseri bor edi. Ismini unutib qo‘yganman, bu kishi askariy tashkilotimizning shoʻba mudiri edi. O‘sha bizning milliy ishlarimizga yurakdan berilgan, bilarmon va qobiliyatli edi”, – deya xotirlaydi. Shuningdek, milliy muxtoriyat uchun kurash jarayonida muxtoriyatchilar safida yana bir polshalik ofitser Yunisha Gzovskiy ham bo‘lgan. O‘z navbatida M.Cho‘qay o‘z xotiralarida unga ham tashakkurini bildirib o‘tgan.Turkiston Muxtoriyati eʼlon qilinishi hamda o‘z milliy qo‘shinini tashkil eta boshlashi bilan Turkistonga chor Rossiyasi davrida kelgan askarlar o‘z vatanlariga qayta boshlaganlar. Turkistondagi 2-Sibir polki askarlari Muxtoriyat eʼlon qilinishi bilan Turkistondan ketishga qaror qiladilar, bu polk tarkibida o‘sha davrda 1500 askar bo‘lgan bo‘lsa, 1-Sibir polkida esa 700 ga yaqin askar bo‘lgan.Muxtoriyat eʼlon qilingan dastlabki kunlardanoq hukumat milliy armiyasi hamda militsiyasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlangan13. 1918 yilning 9 yanvarida Turkiston Muxtoriyati askariga dastlabki harbiy namoyish o‘tkazildi. Turkiston Muxtoriyati askarlarini Ubaydulla Asadullaxo‘jayev o‘zi va yangi hukumat nomidan tabriklab, “Sizlar Turkiston Muxtoriyatining birinchi qahramonlari bo‘ldilaringiz, bunga faxrlansangiz arziydi, chunki sizlar Vatanga birinchi marta o‘z ixtiyoringiz bilan askar bo‘ldingiz. Men sizlarni Muxtoriyatli Turkiston hukumati aʼzolari nomidan tabriklab qolaman”, – deya Turkiston yoshlarining vatanparvarlik hissini uyg‘otuvchi nutq so‘zladi. Shu kuni qurollangan qo‘shin soni 500 kishini, shundan 200 tasi otliq askarni tashkil etgan. Bundan tashqari qo‘rboshi kichik Ergash qo‘lida 50 ga yaqin, shaharda esa 150 kishi mavjud bo‘lgan. Qatʼiy chora-tadbirlarning ko‘rilishi natijasida Muxtoriyat qo‘shinining soni bir necha martaga ko‘paytirilgan.Turkiston Muxtoriyatning oziq-ovqat vaziri bo‘lgan Obidjon Mahmudov o‘z vakolati doirasiga kirgan vazifadan tashqari, muxtoriyat askarlarini qurol-yarog‘ bilan taʼminlash masalasiga ham katta ahamiyat bergan.Muxtoriyat hukumatiga o‘z milliy qo‘shinini tashkil etishga murakkab bir vaziyatda kirishgan bo‘lib, Turkiston aholisi tinchligi va mustahkamligini taʼminlashning tayanchi hisoblangan Muxtoriyat hukumati askarlarining taʼminoti qoniqarli darajada emas edi. Taʼminotning yomon darajada ekanligining bosh sababi moddiy mablag‘ning yetishmaganligi bo‘lgan.Muxtoriyat aʼzolarining saʼy-harakatlari va mahalliy sarmoyadorlarning yordami bilan maʼlum miqdorda mablag‘ yig‘ilgan bo‘lsa-da, bu mablag‘lar Muxtoriyat armiyasining ehtiyoji hamda taʼminoti uchun yetarli darajada bo‘lmagan. Mavjud qiyinchiliklar va to‘siqlarga qaramasdan, Muxtoriyat rahbarlarining qo‘shin to‘plash borasida xalq orasida olib borgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samarasini bera boshladi. Turkiston Muxtoriyati askarlarining ikkinchi harbiy namoyishigacha mavjud bo‘lgan hukumatning mingtacha askariga yana mingta askar qo‘shilib, yanvar oyi oxiriga borganda ularning soni ikki mingtaga yetkazilgan23.
“Ulug‘ Turkiston”ning 1918 yil 21 yanvar sonida “Ushbu yanvarning toqqizida Hoqandda Turkiston Muxtoriyatining askarina manyovr yasalgan. Bir ming qadar askar tuzilgan ekan, hammasi mulla Abdurazzoqboyning bogiga yigilganlar. Hukumat nozirlaridan harbiya noziri Ubaydulla Asadullaxojayev ila moliya noziri Islom Shoahmedov borib askarni tabrik qilg‘onlar. Otashli nutq so‘zlag‘onlar. Bu manyovrdan so‘ng, naq bir mingga yaqin askar yig‘ilib, hozir muvaqqat qaramog‘ida ikki ming qadar muntazam milliy armiya bor ekan”16, – degan maʼlumot keltiriladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, Muxtoriyat masʼul rahbarlar endi oyoqqa turayotgan davlatning tayanchi bo‘la oladigan va himoya qila oladigan o‘z milliy armiyasini shakllantirish uchun keng ko‘lamli amaliy tayyorgarlik ishlarini olib borishgan. Bundan tashqari Muxtoriyat yetakchilari tomonidan harbiy tayyorgarligi bor, Turkiston Muxtoriyatiga sodiq fuqarolar xalq militsiyasiga instruktor sifatida xizmatga taklif etildi.24 Bularning barchasi sovet tarixchilarining Muxtoriyatchilarning aholi orasidan ozining armiyasiga oz hohishiga kora kirishga chaqirgan daʼvati puchga chiqdi, hukumatning harbiy qo‘shini 60 kishidan iborat” bo‘lgan, “hukumat qo‘shiniga jinoyatchi guruhlar jalb qilinib, shunday qaroqchilar yordamida qo‘shin sonini 2000 taga yetkazdi”18, “Muxtoriyat qo‘shini instruktorlari rus oq gvardiyachilari va turk ofitserlaridan iborat edi, ular sovet hokimiyatiga qarshi kurashish uchun bajonidil askar berishga rozi bo‘lgan” degan mutlaqo asossiz xulosalarini yo‘qqa chiqaradi. Baʼzi sovet adabiyotlarida hukumatning 60 kishilik armiyasining aksariyatini kavkazlik va eronliklar tashkil qilgan degan ilmiy asoslanmagan maʼlumotlar ham ko‘rsatiladi.Turkiston Muxtoriyati qo‘shinining yetakchilari, uning milliy tarkibi, Muxtoriyat qo‘shini qaysi davlatlar qo‘shini namunasi asosida bo‘lganligi, tuzilishi haqida umuman maʼlumotlar saqlanib qolmagan. Bir qator tadqiqotlarda hukumat tomonidan 2000 kishilik muntazam armiya tashkil qilingani, Ergash qo‘rboshining bolsheviklarga qarshi faoliyati yoritilgan xolos25.
Bolsheviklar Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishiga tish-tirnogi bilan qarshi edi. Ammo Turkiston Muxtoriyatini butunlay tugatish uchun bolsheviklar yetarli va qudratli harbiy kuchga emas edi. 1918 yil 19 yanvarda qizil gvardiya tomonidan Orenburgning egallanishi Moskva bilan aloqani vaqtincha yaxshiladi va Turkistonga boradigan yo‘lni ochdi. Shundan so‘ng Toshkent o‘zini qurol-yarog‘ bilan taʼminlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Muxtoriyatni tor-mor etish uchun Toshkentdan Qo‘qonga 300 ta miltiq yuborildi. E.A.Babushkin Toshkentga borib, Muxtoriyatga qarshi Qoqonga qizil gvardiyachilar otryadini yubordi.Qoqonda kishidan iborat Harbiy-inqilobiy qomita tuzildi. E.A.Babushkinning iltimosiga kora, Qoqonda militsiya tashkil etish, shuningdek, Qizil armiya ishini tegishli darajaga kotarish uchun Toshkent Sovet Ijroiya Komiteti bir guruh vakillarni ham yubordi.
Dastlabki jangda Muxtoriyatning milliy qoshinidan tashqari qoqonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, chokich, tayoq kotargan xaloyiqning soni 10.000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo‘qon shahriga qilgan hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shu orada Muxtoriyatchilar safida parokandalik yuz berdi. 18 fevralda ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Cho‘qay isteʼfoga chiqdi va baʼzi vazirlar singari Qo‘qonni tark etdi. Ayrim vazirlar (H.Agayev va b.) jangda halok bo‘ldi. Hukumatning boshqa aʼzolari (O.Mahmudov, Nosirxon to‘ra, S.Gersfeld, U.Asadullaxo‘jayev, I.Shoahmedov) esa keyinchalik bolsheviklar tomonidan qo‘lga olindi26.
Turkiston XKS 14 fevralda Farg‘onada harbiy holat eʼlon qildi. Farg‘ona viloyati ijroqo‘mi tomonidan 1918 yil 18 fevralda 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolarni Muxtoriyatga qarshi harbiy safarbar etish to‘g‘risida maxsus qaror chiqardi. Sovet hokimiyati mahalliy aholi vakillarini Muxtoriyatga qarshi harbiy harakatlarga jalb etish maqsadida ularni harbiy taʼlimga o‘rgata boshladi. Safarbar etilganlarga har kuni ikki soatdan harbiy taʼlim berilib, kechqurunlari shaharlardagi patrul xizmatida ishlaganlar.Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko‘rgan bo‘lsa ham, u erksevar xalqimizning milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga daʼvat etdi. Turkiston Muxtoriyatining ag‘darilishi esa sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor va mustabid siyosatining dastlabki korinishi ekanligini namoyon etdi.
Xullas, Turkiston Muxtoriyati uchun kuchli va professional milliy qoshin juda zarur edi. Kelgusida u Muxtoriyatning tayanchi va suyanchi, himoyachisi bolishi lozim edi. Ammo qisqa fursatda zamonaviy qurollangan bolsheviklarning harbiy kuchlari: qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoqlari drujinalariga teng keladigan harbiy qoshin yigishning umuman iloji yoq edi. Oz vaqtida T.Risqulov ham ozining Inqilob va Turkistonning yerli xalqlari” kitobida “Qo‘qon hukumati harbiy kuchga muhtoj edi”, – deb yozgan edi. Mavjud qiyinchiliklar, muammolarga qaramasdan Muxtoriyat aʼzolari o‘zining milliy qo‘shinini tashkil eta oldi, ammo uni sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tara olmadi. Ammo shunday bo‘lsa-da, Muxtoriyat milliy qo‘shini safiga mahalliy millat vakillarining kelib qo‘shilishi Rossiya imperiyasi davrida uzoq vaqt harb ishiga yaqinlashtirilmagan bo‘lsa-da, ularda jangovarlik, vatanparvarlik, harbiy sanʼtning yo‘qolmaganligini ko‘rsatadi.Turkiston Respublikasi XKS va MIK ichida hokimiyat uchun ozaro kurashlar, mojarolar va janjallar avjiga chiqdi. Oktabr oyida Turkiston XKS raisi F. Kolesov va boshqa ayrim amaldorlar egallagan lavozimlaridan boshatildi27.
1919 yil 19 yanvarda harbiy komissar k. Osipov boshchiligida Toshkentda isyon kotarildi. K. Osipovning buyrugi bilan 14 komissar otib tashlandi. Isyonchilar tomonidan sovet hokimiyati agdarildi, hokimiyat masalasi Tasis majlisida hal qilinadi deb elon qilindi. Biroq isyon Toshkent temiryol ustaxonalari ishchilari va boshqa harbiy qismlar tomonidan tezda bostirildi. K. Osipov avval Fargona vodiysiga, songra Buxoro amirligiga qochib ketdi. Bu isyon bahonasida bolsheviklar 1919 yil mart oyi boshida sol eserlarni hukumatdan chiqarib yakka ozlari hukmron bolib oldilar.1919 yil 8 oktabrda Moskvada Turkkomissiya tashkil qilinib u Toshkentga yuborildi. Turkkomissiya, keyinchalik tuzilgan Turkbyuro va Orta Osiyo byurosi kabi turli komissiya va byurolar muntazam ravishda Rossiya markazidan Turkistonga jonatib turildi. Markaz ozining bu favqulodda organlari orqali Turkiston mintaqasini boshqarishga, mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida ushlab turishga intildi.
Bu paytda butun Rossiyada bolgani kabi Turkiston Respublikasida ham harbiy kommunizm siyosati jolriy qilindi. Bu siyosat oz mohiyatiga kora xalqqa qarshi qaratilgan edi. U xususan dehqonlarga katta zarba bolib tushdi. Turkistonda ham sovet rejimi bir qator dekretlar chiqarib oziq-ovqat razvyorskasini joriy qildi. Aslini olgnda dehqondan u yetishtirgan mahsulotning deyarli hammasi tortib olindi. Bozorlar yopildi, savdo-sotiq taqiqlandi. 16 yoshdan 55 yoshgacha bolgan barcha erkak va ayollar uchun mehnat majburiyati joriy qilindi. Sovet rejimining bunday mustamlakachilik siyosati oqibatida istiqlolchilik harakati mintaqada kuchayib avj oldi.
Oldingi bolimlarda korib otganimizdek Turkiston muxtoriyatini tashkil etilishi va ozodlik harakatining ifodachisi sifatida yuzaga keldi. Turkiston muxtoriyati azolari nafaqat mahalliy tub aholi maanfatlarini balki olkada yashayotgan boshqa millatlar taqdirini ham oylab ish yuritdilar. Shuning uchun ham muxtoriyat aholi tomonidan yaxshi mos boshqaruv va qonunlarga tayangan davlat qurish 1917 -yildayoq, nafaqat ziyolilar balki, oddiy aholi orasida ham keng harakat tusini olgan edi. Jadidchilik 1917 -yilda marifatchilik harakatlaridan siyosiy harakat darajasiga allaqachon kotarilgan edi28.
Osha 1917-yilning ozida 4 marta Butun Turkiston musulmonlari qurultoyi otkazildi. 1917-yilning 16-23 aprelida Toshketda bolgan I qurultoyida demokratik Rossiya tarkibida Turkiston muxtoriyatini tashkil etish goyasi olga surilgani va bu goya Turkiston xalqlarining oz milliy davlatchiligini tiklash yolidagi dastlabki qadami edi. Ellik yillik Chor istibdodi mahalliy xalqlar urf odati, madaniyatini poy-mol etishga xalqni ozodlikka bolgan intilishini bogib kelgan edi. Turkiston olkasi xalqlari doimo ozodlik hurlik uchun kurashib keldilar. Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatiga xalq ozining milliy qahramonlari Abdurahmon Oftobachi, Nomoz Pirimqul ogli, Qurbonjon Dodhoh, Jorabek, Bobobek boshchiligida doimo ozodlik uchun kurashib keldi. Keyinchalik bu ozodlik uchun bolgan kurashlar marafatparvarlik tusini oldi. Jamiyatda milliy mafkurani shakllantirish xalqni marifatli qilish va shu yol bilan ozodlikka olib chiqish marifatparvar jadidlarning bosh maqsadi edi. milliy mafkura bu yurtboshimiz tabiri bilan aytganda Otmish va kelajak ortasidagi koprikdir29. Xalqqa shonli tarixini eslatish orqali kelajakka dadil qadam bosihga undash nihoyat mevasini bergan edi. Bu xalqning milliy ozodlikka bolgan harakatining natijasi Turkiston muxtoriyati edi.Shu tarzda Turkiston muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilgor ziyolilar bu harakatda faol qatnashib uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar. Yangi vujudga kelayotgan muxtoriyat hukumati tashkil etilishida va faoliyatida ham faqatgina xalqning ziyoli va oddiy vakillariga tayandi, hukumron tabaqa maanfatlariga xizmat qilmadi. Buni Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumat nomidan uning azolari M. Tinishboyev, M. Choqayev, U. Xojayev, Yu. Ogayev, S. Gersfeld imzosi ostida xalqqa qarata elon qilgan murajaatida ham yaqqol korish mumkin. Murojaatnoma Ulug Turkiston gazetasida 1917 -yil 8-dekabrda elon etilgan.30 Murojaatda Turkiston olkasi hududida yashovchi barcha millatlar teng huquqli ekanligi takidlandi. Muxtoriyat hukumati Turkiston xalqini oziq ovqat bilan taminlash choralari korishni mahalliy millatlar huquqlarini himoya qiluvchi tadbirlar belgilashni xalqning ozodlik birlik hurriyat tenglikka bolgan intilishini qollab quvvatlashni oz zimmasiga olgani murojaatda alohida takidlandi. Muxtoriyat hukumati azolari mumkin qadar tinchlik yoli bilan ozodlikka erishish yolidan bordilar. Muxtoriyat millatlarning oz taqdirini ozi belgilash masalasini demokratik yol bilan hal etishga bel boglagan. Xalq va uning ilgor ziyolilari zakovati va irodasi zaminida vujudga kelgan edi. Tabiiyki zoravonlik va shovinizm bilan qurollangan yangi mustabid bolsheviklar rejimi milliy mustaqillikka intilishning har qanday korinishiga qarshi chiqdi. Sinovdan otgan usul xalqni aldash shavqatsiz qirish, talash bu gal ham ishga solindi va ezgu niyatlar katta maqsadlar bilan yuzaga kelgan xayotbaxsh goyalar kurtakligidayoq ezib tashlandi. Turkiston muxtoriyatiga qarshi bolsheviklar tomonidan qilingan harakat Turkistonliklarni bolsheviklar rejimiga qarshi oz ona vatanlarini himoya qilish uchun qurol olishga majbur etdi. Bu qurolli harakatning mohiyati milliy ozodlik ananalarining davomi bolib istiqlol uchun kurash edi. osha davrda ana shu umumxalq kurashining mohiyati Turkiston- Turkistonliklar uchun Turkistonning Rossiyadan ozodligi uchun va shu kabi siyosiy talablarda oz ifodasini topdi.Muxtoriyat xalq hokimyati edi, u xalqdan tuzilgan hukumat edi. ularning ozodlikka bolgan intilishi albatta mustabid tuzum maanfatlariga umumantogri kelmasdi. Turkiston tub aholisining oz ijtimoiy ozodlik yolining ozi belgilashi va mustaqil milliy davlatchiligini ornatishga urinishlari qurol kuchi bilan toxtatildi.Mliy hududiy avtonomiya ning Lenincha modeli zorlab tiqishtirildi.Oxir oqibatda sivilizatsiyalashgan demokratik rivojlanish imkoniyatlari yoqqa chiqarildi. Muxtoriyat hukumati bolshevistik tuzum tomonidan yoq qilingan bolsada Turkiston xalqi tarixida asosiy orinlardan birini egallab keldi31.
Xulosa ornida takidlar edimki Turkiston muxtoriyati tub yerli xalqlar
davlatchiligi tarixida yangi bosqich bolib afsuski, juda qisqa 72 kun umr kordi. Ammo shu qisqa vaqtda ham demokratik prinsiplarga mos keladigan davlatning poydevori yoritildi. Xalqni qollab quvvatlash, islohotlar yoli bilan Turkiston iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish milliy qoshin tuzib aholi osoyishtaligini taminlash borasida ijobiy ishlar qilindi. Demokratiyani har qanday holati bilan hisoblshmaydigan bolsheviklar hukumati muxtoriyatni yoq qildilar, tub xalqni yana qaramlik botqogiga botirdilar. Xalq yana
chor tuzumidan battarroq bolgan bolshevistik rejim girdobiga tushib qoldi. To mustaqilligimizga erishganimizga qadar Turkiston tuprogida mustabid tuzumga harakatlar bir zum bolsada toxtamadi. Biz azaliy orzuimiz mustaqil va obod, ozod vatanda teng huquqli inson bolib yashashga nihoyat erishdik. Prezidentimiz takidlaganlaridek Endigi vazifa orzu umidlari haqqi avlodlarimizga sizu bizning farzandlarimizga butun dunyo bilan teppa-teng boylashadigan buyuk Ozbekistonni meros qilib qoldirmoqlikdir.
Xulosa Manbalarni organib shu xulosaga keldimki, Turkiston muxtoriyati milliy
demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi bolgan. Muxtoriyat azolari ham xalq orasidan chiqqan ziyoli qatlam vakillari edilar. Muxtoriyat azolarini ham yagona maqsad birlashtirar edi. Bu Turkiston olkasini ozod va hur komoqlik edi. Turkistonda yashab kelgan xalqlarga millatidan qatiy nazar demokratik erkinliklar berilgani muxtoriyatni demokratik prinsiplarga qatiy rioya etganidan dalolatdir. Xususan, xalq majlisidagi orinlarni uchdan bir qismi 18 kishi Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratildi.
Turkiston muxtoriyatining vujudga kelish jarayoni uning faoliyati zavolga yuz tutish sabablarini adabiyotlar doirasida organib shu xulosaga keldim. Turkiston muxtoriyati millatlarning oz taqdirini ozi belgilash vazifasini hal etishga bel boglagan xalq irodasi va ilgor ziyolilarning kotarinki hatti harakatlari zaminida vujudga keldi.
Biz ezgu niyatlar bilan barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak manaviyat va ahloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga muhim etibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol goyasi va mafkurasiga, osib kelayotgan yosh avlodni vatanparvalik ruhida tarbiyalashga asoslanadi.1917 yildan 30-yillar boshlarigacha davom etgan ozodlik kurashlari buning yorqin isbotidir.Muxtoriyat hukumati tomonidan madaniy ma'rifiy ishlarni yaxshi yo'lga qo'yish maqsadida maxsus «Musulmon xalq maorifi» bo'limi tashkil qilindi. Uning rahbari etib, Farg'ona «Sho'roi Islomiya»sining faollaridan Sayyid Nosirxonto'ra tayinlandi.Biroq, hujjatli ma'lumotlarga ko'ra, Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi va uning o'lka mahalliy aholisi manfaatlariga mos tushuvchi siyosati bolsheviklar tomonidan salbiy tarzda kutib olindi. Voqealar rivoji Qo'qonda tuzilgan Muxtor hukumatning 1918 yilning fevral oyida qonga botirilishi bilan xotima topdi. 18 fevraldan 19 fevralga o'tar kechasi Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tomonidan yuborilgan 11 eshelon harbiy qismlar Qo'qonga yetib keldi. Otliq askarlar, artilleriya va piyoda qismlari bilan birga harbiy komissar YE. O. Perfilyev ham keldi. Tish tirnog'i bilan qurollangan bolsheviklar qo'shini Turkiston Muxtoriyatini zo'rlik bilan tor-mor qildi. Turkistonda «buyuk oktabr inqilobi»dan keyingi sodir bo'lgan voqealar jarayoni shuni ko'rsatadiki, markaziy sovet hukumati o'lka xalqlariga nafaqat mustaqillik, xatto milliy muxtoriyatni ham ravo qurishni istamadi. To'g'ri, bu achchiq xaqiqatni dastavval barcha Turkiston xalqlari tushunib yetmadi. Buni faqat milliy vatanparvarlar, jadidlar, ayrim rahbar xodimlargina tasavvur qilolgan edilar. Bolsheviklarning makkorona siyosatiga ishonib, uning tarafdori bo'lgan yoki unga xayrixox bo'lganlar ham oz emas edi.Tabiiyki zoravonlik shovinizm bilan qurollangan yangi mustabid bolsheviklar milliy mustaqillikka intilishning har qanday korinishiga qarshi bolgan xalqni ozodlik yoliga boshlagan unga ozligini tarixini tanitishga uringan. Muxtoriyat hukumati mustabid tuzum tomonidan yoq qilindi. Bu harakatning boshida turgan ilgor hur fikrli ziyolilar xalq dushmani degan soxta nomlar bilan badnom etildi. Muxtoriyat hukumati vujudga kelgandanoq dastlabki kunlarda tub xalqlar maanfatini himoya etishni oziga muhim vazifa sifatida belgilab oldi va bu yo'lda ogishmay Muxtoriyatni amalga oshirgan islohotlar amaliy tadbirlari tahsinga loyiqdir. Xalqni tokmasdan islohotlar yoli bilan ozodlikka olib chiqish goyasi muxtoriyatchilar maqsadini asosini tashkil etganligi hukumatni tashkil etgan ziyoyilarni nafaqat odil siyosatchi balki insonparvarlik goyalarini ozida mujassam etgan insonlar ekanligidan dalolat beradi. Bu insonlar taqdirini kengroq organish va ozimizning xolisona baho berish imkoniyatimizga faqat mustaqiollik tufayli erishdek impiriyasining inqirozi zamonning uzilgan rishtalarini yana tiklashga imkon berdi. Bugungi kunda suverin ozbekiston mustaqillik va milliy tiklanish yolidan shaxdam odimlamoqda. Olkadagi muxtoriyatchilik harakati ishtirokchilarining vatanparvarlik jasoratlari Ozbekistonliklarning hozirgi avlodlari uchun ilhombaxsh misol bolib xizmat qilmoqda. Turkiston muxtoriyati amalga oshirilmagan maqsadlar bizning kunlarda aniq tarixiy mazmun bilan boyimoqda. Tarixni yanada chuqurroq organish mustaqil Ozbekistonning har bir fuqarosining burchi bolishi kerak deb oylayman. . Zero yurtboshimiz I. A. Karimov takidlaganidek Manaviyatni tiklashi tugilib osgan yurtini ozini boshqalardan ham sezmay boshini baland kotarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak.32