I-BOB TURKISTON MUXTORIYATI UCHUN KURASH.
1.1 Turkistonda muxtoriyat uchun kurash harakatining yuzaga kelishi
1917 yil fevral inqilobidan keyin Turkistonda siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi olkada milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq, Petrogradda bolsheviklar tomonidan Oktabr tontarishi amalga oshirilishi oqibatida 1917 yil oktabr-noyabr oylarida Turkiston olkasida, xususan Toshkent va Qoqonda yuz bergan voqealar milliy ozodlik harakatini butunlay boshqa yonalishda ketishga majbur qildi2.
1917 yil 26-28 noyabrda Qoqon shahrida Turkiston olka musulmonlarining fvaqulodda 4-qurultoyi bolib otdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari osha davr gazetalarida tola aks etgan. Mustafo Choqaev qurultoyni ochar ekan, Rossiya va Turkistonning siyosiy va iqtisodiy ahvoli xususida qisqacha malumot beradi. Uning aytishicha, Markazda yuz berayotgan voqealar chekka olkalarni, hususan, Turkiston olkasini ham mustaqil boshqaruvini tashkil etishni taqozo etadi. Oktabr xunrezligini boshdan kechirgan Rossiya va Turkiston oz taqdiri haqida mulohaza yuritishi lozimligini aytib otdi.
Malumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyida qabul qilingan qarorlar uzoq vaqt davomida millatchilar guruhining yiginida elon qilingan burjua muhtoriyati deb notogri talqin qilib kelindi. Hujjatlar esa ushbu holning butunlay aksi bolganligini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Behbudiy oz maruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy xodisa va burilish davri ekanligini takidlab, qurultoy qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari ham ishtirok etmoqdalar degan. Behbudiy va Obidjon Mahmudov qurultoy xayatida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bolishini yoqlab chiqdi.3
Turkistonni boshqarish shakli uch kun davom etgan qurultoning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida sozga chiqqanlarning kopchiligi Turkistonning muhtor respublika deb elon qilinishi olka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqan va unga mos tushishini uqtirdi. Muhtoriyat va mustaqillik elon qilish fikrini hamma qollab-quvvatladi4.
Qurultoyda 1917 yil 27 noyabr kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi davat etgan xalqlarning oz huquqlarini ozlari belgilash xususidagi irodasini bayon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muhtor deb elon qiladi, shu bilan birga muhtoriyatning qaror topish shakllarini Tasis Majlisiga xavola qiladi. Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda elon qildi.
28 noyabrda tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston Muhtoriyati deb ataladigan boldi. Qurultoy osha kuni yigilishda Butunrossiya Tasis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qolida bolishi kerpak, deb qaror qabul qildi.
Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi azolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muhtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboev saylandi. Islom Sulton ogli Shoahmedov bosh vazir orinbosari, Mustafo Choqaev tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xojaev harbiy vazir, Xidoyatbek Yurguli Agaev yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon Orazaev ichki ishlar vazirining orinbosari, Solomon Abramovich Gersfeld moliya vaziri lavozimlarini egallashdi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim ozgarishlar yuz berdi. Mustafo choqaev bosh vazir lavozimini bajarishga kirishadi. Vazirlikdan uch kishi oliy malumotli huquqshunos, ikki kishi orta malakali xuquqshunos ekanligi muhtoriyat hukumati azolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.
Qurultoyda 28 noyabr kuni Turkiston Millat Majlisi ochilishi togrisidagi qaror ham tasdiqlandi. Millat majlisi 54 azodan iborat bolib, qurultoy qaroriga binoan 36 nafar musulmonlar va 18 nafar gayri musulmonlardan saylanishi belgilandi. 36 nafar musulmon vakillari Turkistonning 5 viloyatidan bolib: Fargona 10 nafar, Samarqand 5 nafar, Sirdaryo 9 nafar, Yettisuv 6 nafar, Zakaspiy 2 nafar; 4 nafar esa butun Turkiston shahar dumalari tarpafidan saylanishi belgilandi. 18 nafar orin esa olkaning yevropalik tashkilot va fuqarolariga, jumladan, temiryolchilar ittifoqi, ishchi va soldat deputatlari soveti, sotsial-demokratlar, dashnoqsutyun, yerlik juhudlar, yaxudiylar, eserlar, ukrainlar, polyaklar vakillari va boshqalarga berilishi kozda tutilgan edi. Demak tashkil etilayotgan xukumat tarkibiga turli siyosiy va milliy guruhlar vakillarining qatnashuvi kozda tutildi. Demokratik ruhdagi milliy ziyolilar qurultoyda qabul qilingan dasturiy hujjatlarga oziga xosligi bilan ajralib turadigan xalqchil va demokratik goyalarni kiritishdi.
Qurultoy jarayonida Turkiston Milliat majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Shoroi ulamo rahbari Sherali Lapin Millat Majlisi tarkibiga uning raisi sifatida kirgan bolsada, ammo uning ozi buni rad etdi.5
Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muhtoriyatining Muvaqqat hukumati azolari imzolagan maxsus Murojaatnoma elon qilindi. Ushbu murojaatnomada Turkistondagi barocha aholi irqi millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy etiqodlaridan qrtiy nazar yakdillik va hamjihatlikka davat etilgan edi6.
Oradan kop otmay Millat majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar elon qilindi. Shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. El bayrogi, Birlik tugi, Svobodniy Turkestan, Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana kabi hukumat gazetalari ozbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshladi. Avval chiqayotgan Ulug Turkiston gazetasi ham oz sahifalarida muhtoriyat hukumat faoliyatiga alohida orin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O. Mahmudovning bosmasxonasi hukumat ixtiyoriga otdi. Muhtoriyat hukumati milliy qoshin tashkil etishga kirishdi. 1918 yil boshida bu qoshin saflarida bir mingdan ortiq askar bolgan. Harbiy vazir uyu. Xojaev ishtirokida otkazilgan korik-parad vaqtida askarlar soni 2000 taga yetgan. Bundan tashqari Qoqonda tahminan shuncha mirshablar ham bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million som miqdorida ichki zayom chiqarishni yolga qoydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muhtoriyat qoshinlarining taminoti va hukumatning ichki harajatlari uchun mablag zarur edi. Shuningdek, hukumat azolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali galla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi. Turkiston Muhtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq ortasida katta etibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati faqat Qoqonda yoki Fargona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizgin qollab-quvvatlandi. Fitrat, Cholpon, Xamza muxtoriyat hukumatini maqtab sherlar bitdilar.7
1917-yil boshlarida Petrogratda bo`lib o`tgan voqealar ta`sirida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g`oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida hatto oddiy odamlar o`rtasida ham ommalashgan edi . 1917-yil mart aprel oylarida o`lkasining siyosiy uyg`onishida tub burilish davri bo`ldi. Turkiston jadidlari Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov Ubaydulla Xo`jayev, Sadriddin Ayniy, Usmon xo`ja Mustafo Cho`qay Muhammadjon Tanishboyev Sherali Lapin Ahmad Zaki Validiy , To`gon Obidjon Mahmudov o`lkada yangi tashkil etilgan Shuroiy Islomiya (1917-yil mart) Shoroi Ulamo (1917-yil iyun) Turon jamiyatlari va Turk odami markaziyat ( Fediralistlar) firqasining (1917-yil iyul) Ittifoqi mustiymin (1917-yil sentabr) siyosiy partiyalarini tuzilishida yetakchi rol oynaydilar8.
Siyosiy partiyalar ayniqsa Sho`roi Islomning jadidlarii yetakchi harakati sifatida o`lkaning ko`p qismlarida o`z faoliyatini olib bordi. Biroq Toshkentda Mustahkam ornashib olgan sovet komissaiariati qizil qoshin kuchigi tayanib milliy markaz deb hisoblangan.Markaziy Shoroi Islomharakatiga ochiqdan ochiq tosqinlik qildi.Shundan keyin milliy markaz oz harakatini Qoqondan turib davom etishiga qaror qildi.
Yetakchini sozlaridan ham anglab olishimiz mumkinki muxtoriyat azolari okada yashayotgan turli millat va xalqlarni urf- odatlarini va milliyligini etiborga ogan holda ozoldilariga maqsqd qilib qoygan edilar.Siyosiy partiyalar va ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi Tukistonda milliy harakatini keng quloch yoyganidan dalolat berar edi.Ziyolilar turkistonni fedirativ
Rossiya respublika tarkibida xududiy jihatdan muxtor deb elon qilish uchun keng harakat boshladilar. 28-noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlaning nomi Turkiston muxtoriyatideb ataladigan boldi.Turkiston muxtoriyatchilari tarkibi olka halqlari taqdiriga befarq qaramaydigan kishlardan iboratligni ular tashkel etgan qurultoylarda kotarilgan masalalardan bilib olishmiz mumkin. Xususan IV qurultoyda olka iqtisodni rivojlantirish boycha bir qator masalalar kotarilgan edi. Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan birgalikda iqtisodiy yordam olish ham takidlandi. Non mahsulotlarni paxta va junga almashtirish borasida bir fikirga kelindi.Qurultoyda qatnashchilar Janubiy sharqiy ittifoqqa qoshilish borasida fikr bildirildi. Chunki olka shmoliy kavkaz va Orenburgdan galla maxsuloti otardi va ayni chogda Turkiston ularga paxta sotishi mumkin edi Nixoyat 27-noyabr kunidagi majlisi ham munozaralari baxsdan song bogusi davlatni etiborga olib Ittifoqqa kirish haqida qaror qilindi.9
Muxtoriyat azolari olka hayotini izga solishdi, jonbozlik korsatdilar. Bu
borada Ubaydulla Xojayev bosh bolgan ichki ishlar vazirligi xalq militsiyasini tashkil etilishi katta voqea boldi. Pul islohati otkazildi.
Muhtoriyat oz mathiyasi hamda bayrogini yaratdi. Shunisi etiborliki muxtoriyatni bir qator mamlakatlar tan oldi. Shu bois muxtoriyat hukumati yordam sorab horijiy mamlakatlarga muroojat etdi va ulardan ham moddiy ham harbiy yordamlar oldi. 1918-yil yanvarida Toshkent jome masjidida yiginida nutq sozlagan SHukurxon xazratlari muxtoriyatchilar yolgiz emasdur ularni Angliya himoya qilayotir degan edi .Muxtoriyatni Angliya,Fransiya.Germaniya,Turkiya va boshqa davlatlar qollab quvvatlagan edilar.Ozbekiston prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovni quyidagi muloxazalariga etibor qarataylik; XX asr boshidagi istiqlolchilik va marifatchilik nomoyondalari boylik uchun shon-shuxrat uchun maydonga chiqishmadi. Maxmudxoja Bexbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Tavollolar maktablari ochib xalqni ezgu yolga ozodlikka istebdodga qarshi kurashib ot bilan oynashayotganini buning uchun ayovsiz jazolanishlarini yaxshi bilishgan,bilib turib manashu yoldan borishgan.Chunki vijdonlari iymonlari shunga davit etganDarhaqiqat yolboshchilar okada yashayotgan xalqlar manfaati uchun harakat boshladilar. Muxtoriyat uchun kurash ozodlik hurfikirlilik istiqlol uchun kurash darajasiga kotarilgan edi. Muxtasar qilib aytganda muxtoriyat uchun kurash harakati zamon talabi sifatida Korib otganimizdek petrogratda 1917-yil bolib ogan voqealardan song siyosiy hayotda muhim ozgarishlar davri boshlandi. Milliy ziyolilar, jadidlar, Turkiston olkasi, xalq ozodligi uchun siyosiy maydonda joshqin harakatlar boshlandi. Mahalliy halqning ezgu umid va istaklarining ifodachisi sifatida Turkiston muxtoriyati vujudga kela boshladi. Turkiston muxtoriyat jadidlarining ijtimoiy harakati siyosiy faolligi tasirida yuzaga keldi va olka xalqlari taqdirida muhim rol oynadi10.
Do'stlaringiz bilan baham: |