O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA(sirtqi) TA’LIM YO’NALISHI II BOSQICH
222-GURUH TALABASI BO’RIYEV ABDUSHUKURNING
biokimyo va molekulyar biologiya
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Termiz -2021
Mavzu:Gen injineriyasi va asosiy vazifalari
Reja:
1. Gen injenerligining moddiy asoslari
2.Gen injenerligining fermentlari
3.Rekombinant DNK hosil qilish metodlari
4.O'simliklar va hayvonlarda. gen injenerligi
5.Transgen o'simliklarga genetik materiallarning ekspressiyasi
6.Hayvonlar gen injenerligi
Gen injenerligining moddiy asoslari
Gen injenerligining maqsadi laboratoriya usullari yordamida irsiy xususiyatlari o'zgartirilgan yangi organizmlarni yaratishdir.
Amcrikalik olimlar Uotson va Krik o'zlarining 1953-yilda yaratgan olamshumul yangiliklart, ya'ni DNKning ikkilamchi struk-turasini aniqlaganliklari va matritsa sintezini tushuntirib bergan-liklari bilan gen injenerligini alohida fan sifatida rivojlanishiga asos soldilar.
DNKning qo'sh spiral! replikatsiya davomida DNK iplari bo'ylab ikkiga ajraladi, polimerazalar deb atalgan maxsus ferment ona DNKning aniq nusxasini ko'chiradi. Natijada hujayra bo'linishi oldidan 2 ta bir xil DNK molekulalari hosil bo'ladi va ulardan biri hujayra bo'lingandan so'ng qiz hujayraga o'tadi. Qiz hujayrada ona hujayrada bo'igan barcha axborotlar bo'ladi va u ona hujayra bajargan barcha funksiyalarni bajaradi. Shunday qilib, tirik orga-nizm hujayralarida o'ziga xos reaksiya — matritsa sintezi ro'y beradi. Molekulalarningbiri — matritsa, ikkinchisi esa shu matritsa asosida tuziladi. DNK replikatsiyasi barcha turdagi RNK va i-RNK strukiurasiga mos ravishda oqsil molekulalarining sintez bo'lishi va to'planishi, ularning barchasi matritsa sintezining variantlari bo'lib, doimo bu jarayonlar nuklein kislotalar ishtirokida amalga oshadi.
Xuddi shu mexanizm asosida RNKning yig'ilishi amalga oshadi, faqatgina 2 ta spiral emas, balki bitta spiralli molekula (RNK) hosil bo'ladi. Bujarayon transkripsiyadeyiladi. Demak, hujayradagi axborol oqimi matritsa sintezining barcha reaksiyalarini amalga oshiradi, ya'ni DNK replikatsiyasi (irsiy axborotni qiz hujayralarga uzalish uchun kerak), transkripsiya (hujayra yadrosida i-RNKning sintezi) va translyatsiya (ribosomalar yordamida i-RNKda oqsil zanjirlarining yig'ilishi) jarayonlari amalga oshadi.
Organizmning irsiy xususiyatlarini o'zgartirishi o'rganilgandan keyin transgen o'simlik va hayvonlar yaratish va ularni klonlash imkoni tug'ilgan.
Eukariotlarning hujayralaridagi genlarningtuzilishini o'rganish klonlash va DNKni birlashtirish metodlariga asos solgan. Oiimlar lomonidan ovalbuminning 386 ta aminokislotadan tuzilgan mole-kulasining sintezida qatnashuvchi informasion-RNKsi ajratib olingan va ushbu RNKning 1872 ta nukleotididan 1158 tasigina oqsil-ning 386 ta aminokislotasini kodlashi, shu bilan birga 5'-uchdagi 64 ta nukleotid va 3'-uchdagi 650 ta nukleotid translyatsiyalan-masligini aniqlangan. i-RNKdan ovalbumin geniga mos keluvchi DNK nusxasini olib, uni plazmidaga joylashtirganlar va uni E. coli hujayrasida klonlashtirganlar. Fransiyalik oiimlar esa DNK nus-xasining restriktazalar yordamida parchalanmasUgini aniqlaganlar, chunki ushbu DNK restriktaza fermentlari taniydigan 6 ta nuk-lcotidli ketma-ketlikni o'zida tutmagan. 1977-yili fransiyalik oiimlar «ovalbuminning informasion-RNKsi bilan transkripsiyalanmay-digan DNK genomida i-RNKda uchramaydigan qismlar bor», deb faraz qilganlar. Genning uzlukli tuzilishi keyinchalik boshqa genlarda ham kuzatilgan.
Keyinchalik, Shambonva Kurilskining ko'rsatishlaricha, ovalbumin genining DNKsi i-RJSIK bilan qisnian birlashadi, ya'ni DNKning 7 ta uchastkasi RNK bilan gibridlanmasdan qoladi. Genning m-RNKda uchramaydigan ushbu uchastkalariga intron lar deb nom berilgan. Intronlar ovalbuminni kodlaydigan DNK ketma-ketligini 8 ta fragmentdan iboratbo'lgan ekzonlarga ajratib turadi.
Intronlar genning ma'lum bir qismida uchraydilar, ulaming hajmi katta bo'lib, 100 dan bir necha mingtagacha bo'lgan nuk-leotidlar juftligidan iboratdir. O'rtacha hisoblaganda intronlar ekzonlardan uzunroqdir.
Hozirgacha o'rganilgan sut emizuvchilar, qushlar va amfibiyalar genlarining tuzilishi yaxlit ko'rinishda emasligi aniqlangan, ya'ni ular ekzonlar va intronlardan tuzilganlar. Faqatgina giston va inter-feronlarning genlari bundan mustasnodir. Bulardan tashqari, yaxlit bo'lmagan genlar hasharotlarda va achitqilarda hamda DNK saqla-gan eukariot hujayralar yadrosida ko'payadigan viruslarda ham topiigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |