4.Davlat tuzumi.
1398-1399 yillarda Amir Temur tomonidan Hindistonning katta qismi bosib olinadi va Dehli saltanati o'zining ko'pgina vassalaridan ajralib, kuchsizlanib qoladi. Zahiriddin Bobur 1526 yilda Dehlini bosib olib, mamlakat hududida XVIII asrgacha, ya'ni yYevropaliklar tomonidan bosib olingunga qadar, o'zining rivojlanish cho'qqisiga erishgan buyuk imperiyaga asos soldi. Bu hududda o'z ta'sir doirasiga ega bo'lish uchun kurash Fransiya va Angliya o'rtasida kechdi va Angliyaning g'alabasi bilan tugadi. Britaniya tomonidan yangi mustamlakani o'zlashtirish XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida faollashdi. 1818 yilda hindlarning oxirgi qarshiligi sindirildi. XX asrning 40- yillarda Maxatma Gandi rahbarligidagi Milliy ozodlik harakati 1947 yili mamlakatning mustaqillikka erishishga olib keldi, lekin mamlakat ikki qismga Hindiston va Pokiston Islom Respublikalariga bo'lindi. Hindiston mustaqillikka erishgandan keyin 1960 yilda Xitoy, 1965 yilda esa Pokiston bilan harbiy majorolarga tortildi. (Jammu va Kashmir muammosi) Hindistonda XX asrning 80-90 yillarida bir necha marta diniy va miliy majorolar ham yuzaga keldi.
Hindiston davlat tuzumiga ko'ra federativ respublika hisoblanadi. Mamlakat ma'muriy hududiy jihatdan 25 ta shtat va 7 ta ittifoqdosh hududga bo'linadi. 1950 yilda Hindiston Ijroiya hokimiyati prezident (davlat boshlig'i)ga va bosh ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ ikki palatali parlament (sansad)ga tegishli.
5.Xo'jaligi.
Hindiston mustaqillik yillarida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda katta yutuqlarga erishdi.
Mamlakatda industrlashtirishni, tub agrar o'zgarishlarni muvoffaqiyatli olib bormoqda, kosmik dasturlarni amalga oshirmoqda.
Shunga qaramay, Hindiston hamon juda katta tafovutlar mamlakati bo'lib qolmoqda. Mamlakat ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo'yicha dunyoda 11-o'rinni egallaydi, biroq jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromad jihatidan 102-o'rinda turadi. Aholining qismi ancha kambag'al yashaydi.
Hindiston dunyoda yirik qoramol soni jihatidan birinchi o'rinni egallaydi, biroq go'sht mahsulotlari iste'mol qilish bo'yicha esa oxiri o'rinlardan birida turadi. U temir yo'llarning uzunligi jihatdan Osiyoda birinchi o'rinda turadi, biroq bu yo'llarning yarmi tor izli yo'llardir. Hindiston fan texnika mutaxassislarining soni jihatidan faqat Rossiya bilan AQShdan keyin turadi, biroq bu yerda fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida mutahassislarning chet davlatlarga ketib qloish hollari ko'plab kuzatilmoqda. Mamlakatda kino sanoati rivojlangan. Hindiston dunyoda kinofilmlar ishlash bo'yicha birinchi o'rinda turadi. (Yiliga 750-800 ta kinofilm ishlab chiqariladi).
A).Sanoati.Hindiston sanoat taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan boy va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Rudali qazilmalari temir va marganes rudalarining hamda xromit, boksit va uran xom-ashyosining zahirasi ayniqsa katta. Ko'mir resurslari mamlakatni yoqilg'i bilan ta'minlamoqda, lekin kokslanuvchi ko'mir zahirasi ko'p emas. Hozirgi Hindiston faqat dastgohlar; teplovozlar, avtomobillar, traktorlar, televizorlar emas balki EHM, AES va kosmik tadqiqotlar uchun uskunalar ham ishlab chiqaradi. U atom sanoatining rivojlanishi darajasiga ko'ra dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar orasida yetakchi o'rin tutadi.
Mamlakatning Dekan yassi tog'ligining sharqiy chekkasida, Damodar vodiysida mamlakatning bosh ko'mir-metallurgiya bazasi shakllandi; uni ko'pincha, «Hindiston Ruri» deb ataydilar. Shu yerdagi Bokara shahrida yirik metallurgiya kombinati ishlab turibdi.
Hindistonda qayta ishlash sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik, ximiya yengil sanoat tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Engil sanoatining yetakchi tarmoqlari ipgazlama va jun to'qish shuningdek, tikuvchilikdan iborat. Bularning barchasi eksportga ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |