Hududi- 1919400km2
Aholisi- 277 219 246 kishi (2021y 22.06)
Poytaxti- Jakarta
Tayanch so'zlar.
Siyosiy iqtisodiy geografik o'rni, mineral xom ashyo resurslari, aholi soni va o'sishi, unitar respublika, iqtisodiyot tarmoqlari (qishloq xo'jaligi sanoat transport), agrar-industrial mamlakat, tashqi iqtisodiy aloqalari.
1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
Indoneziya Respublikasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxepelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (G'arbiy Irian) orolining g'arbiy qismida joylashgan.
2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
Indoneziya hududining yarmidan ko'prog'i o'rtacha baland va pastqam tog'lardan, Yangi Gvineyada qisman baland tog'lardan (eng baland joyi-5029 m) qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orolda 400 dan ortiq vulqon bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulqonlardir. Tektonik harakatlar natijasida tez-tez kuchli zilzilalar bo'lib turadi. Mamlakatda neft, ko'mir, temir, marganes, qalayi rudalari, boksit, mis, qo'rg'oshin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor. Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava orolining sharqiy va Kichik Zond orollarida subekvatorial iqlim mintaqalari joylashgan.
3. Aholisi.
Mamlakat aholisi soniga ko'ra dunyoda Xitoy, Hindiston, AQShdan keyin 4-chi o'rinda turadi. 2003 yilda aholi soni Indoneziyada 220,5 mln kishini tashkil etdi. Mamlakatda aholi notekis joylashgan. Aholi zichligi 1kv kmga 116 kishini tashkil etib, bu borada Indoneziya dunyoda 19-o'rinda turadi. Mamlakatda aholining 87 foizi islom diniga, 6 foizi protestant, 3 foizi katolik, 3 foizi buddizm diniga e'tiqod qiladi. Davlat-tili indonez tili hisoblanadi. Indoneziyada 150 dan ortiq elatlar yashaydi, ular orasida eng ko'p sonlilari-yavaliklar, sundlar, madurliklar, 3 mln dan ko'proq xitoylar yashaydi.
4.Davlat tuzumi.
XIV asrda Hindiston va Malakkadan Indoneziyaga islom dini kirib keldi. XVI asrdan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklarga bo'linib ketgach, Indoneziya hududiga yYevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602 yilda gollandlar Indoneziyada Ost-Indiya kompaniyasiga asos soldi. 1811 yili Indoneziyani inglizlar bosib oldi. 1814 yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga ko'ra Indoneziya Niderlandiya qo'liga o'tdi. 1942-1945 yillarda Indoneziya Yaponiya bosib oldi. Yaponiya II jahon urushida mag'lubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil Indoneziya Respublikasi deb e'lon qilindi. (1945 yil 17 avgust). 1945 yil 6 sentabrda Indoneziyaga ingliz, keyinroq golland qo'shinlari bostirib kirdi. 1949 yil noyabrda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan olishga majbur bo'ldi. Biroq Indoneziya 16 hududga bo'linib tashlandi. Mamlakat «Indoneziya Qo'shma Shtatlari» nomi bilan yuritila boshlandi. Gollandiya G'arbiy Irianni o'z qo'l ostida saqlab qoldi. 1950 yil 6 avgustda Indoneziya unitar davlat deb e'lon qilindi. 1953 yil 1 mayda G'arbiy Irian Indoneziya Respublikasi tarkibiga qo'shib olindi. Indoneziya-unitar respublika. Davlat va hukumat boshlig'i prezident, Qonun chiqaruvchi oliy organ-Xalq Maslahat Kongressi. Amaldagi konstitusiyasi 1945 yil 18 avgustda qabul qilingan. Ijroi hokimiyatni prezident o'zi tayinlagan hukumat bilan birga boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |