5. Xo'jaligi. Xitoy xo'jaligi avvalo iqtisodiy-ijtimoiy reja bo'yicha rivojlanayotgan davlatdir. Xitoy so'nggi o'n yilliklar davomida yirik industrial davlatga aylandi. U sanoat ishlab chiqarishining umumiy xajmiga ko'ra dunyoda to'rtinchi-beshinchi, sanoat korxonalarining soniga. (750 ming) va undagi ish bilan band kishilar soniga ko'ra esa birinchi o'ringa chiqdi. Endilikda Xitoyning iqtisodiy qiyofasini ko'p jixatdan og'ir sanoat belgilaydi; bu sanoat asosan mamlakatning o'z resurslariga tayanadi.
Xitoy Xalq Respublikasi so'nggi yillarda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan industrial-agrar sosialistik mamlakatdir.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayoni Xitoy barcha hududlarida bir xil sur'atda rivojlanayapti.
Mamlakatda so'nggi yillarda xorijiy investisiyalarni jalb qilish maqsadida dengiz bo'yi provinsiyalarda maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) tashkil etildi. Natijada mamlakatga xorijiy investisiya kirib kela boshladi. Faqat so'nggi besh (1990-1995) yilda ularning xajmi 110 mlrd dollarni tashkil etdi. (Shuning 80%i dengiz bo'yi provinsiyasiga to'g'ri keladi).
Sharqiy Xitoy islohotlaridan oqilona foydalanishi natijasida katta yutuqlarga erishildi. Xitoyning bu zonasi mamlakat hududining 25% ini egallaydi, aholining 2|3 qismida yashaydi.
A).Sanoati.YOqilg'i energetikasi. XXR sanoati tuzilishida og'ir industriyaning ahamiyati juda katta. YOqilg'i energetika tarmog'ida toshko'mir qazib chiqarish muhim rol o'ynaydi. Toshko'mir mamlakatda energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Asosiy ko'mir xovzalari Shimoli- Sharqiy va Shimoliy Xitoydadir. Shimoli- Sharqda Fushun va Fusunda ko'mir qatlamlari qalin bo'lib, shaxta usulida va ochiq usulda qazib olinadi. Ko'mir bu yerdan barcha marqazlariga jo'natiladi. Shimoliy Xitoyda ko'mir ko'proq shaxtalardan qazib olinadi, biroq ko'mir konlari metallurgiya markazlariga, yirik shaharlarga yaqinligi sababli o'zini oqlaydi. Neft sanoati Shimoli-G'arbdagi cho'llar va tog'larda, Qizil havzada (Sichuan viloyatida) shuningdek, mamlakatning shimoli-sharqi va sharqida yangidan bunyod qilindi. Mamlakatning asosiy koni Dasinga mamlakatda qazib olinadigan neftning yarmi to'g'ri keladi. Elektr energiya ishlab chiqarishining 3g’4 qismi yoqilg'i elektr stansiyalariga to'g'ri keladi. Xitoyda gidroenergetikani rivojlantirish bo'yicha juda katta dasturlardan biri amalga oshirilmoqda: GES larning bosh kaskadlari Yanszi va Xuanxe daryolarining yuqori oqimlarida qurilmoqda. Birinchi ikkita AES qurildi.