Keys banki
1.Jahon mamlakatlarida milliy transport tarmoqlarining rivojlanishiga qanday omillar muhim rol o’ynagan?.
2.FTI jahon transport tarmoqlarining rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatda?.
3.Nima sababdan rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan quvur transporti jadal sur’atda rivojlandi?.
Nazorat savollari
1.Jahon transport tarmoqlar tarkibiga ta’rif bering.
2.Jahonda temir yo’llarning o’mumiy uzunligi bo’yicha yetakchi mamlakatlarni xaritadan ko’rsating.
3.Jahonda temir yo’l transportida yo’lovchi va yuk tashish hajmiga ko’ra iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha jadval tuzing va ular asosida diagramma ishlang.
4.Jahonda dengiz va daryo transporti rivojlangan mamlakatlarni xaritadan ko’rsating.
5.Kontur xaritaga jahondagi daryo va muhim suv yo’llarini tushiring.
6.Jahondagi havo transporti rivojlangan mamlakatlarni xaritadan ko’rsating.
10-Mavzu. XALQARO IQTISODIY INTEGRASIYA VA GLOBALLASNUV JARAYONLARI (2 soat)
Reja:
1.Yangi xalqaro iqtisodiy tartib sari.
2.Xalqaro savdo.
3.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllari:
a) Xalqaro ishlab chiqarish xamkorligi.
b) Fan-texnika aloqalari.
Tayanch so’zlar:
Xalqaro savdo, Xalqaro ishlab chiqarish aloqalari, Xalqaro kredit-moliya munosabatlari, fan-texnika aloqalari, Xalqaro xizmat ko’rsatish sohasi, Xalqaro turizm.
1.Yangi xalqaro iqtisodiy tartib sari.
Bizning zamonda xalqaro iqtisodiy aloqalar inson xayotida ayniqsa katta axamiyatga ega.
Tajriba shuni ko’rsatdiki, xech qanday yopiq xosilalar, regional integratsion (birlashtiruvchi) guruxlar xalqaro, butun Jahon munosabatlarining o’rnini bosa olmaydi. Buni eng avval G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari tushundilar. Ular xalqaro iqtisodiy aloqalarda liderlik mavqeyini egallaganlar: barcha xil aloqalarning 1/4 dan to 3/4 gacha bo’lgan qismi ular zimmasiga to’g’ri keladi. Ularning ko’pchiligi tovar va xizmat eksport qilish xosobiga o’z daromadlarining birmuncha, ba’zan esa xatto ko’p qismini to’ldiradilar. Aynan shunday mamlakatlar ekanomikasi (iqtisodiyoti) ochiq mamlakatlar deyiladi.
ButunJahon iqtisodiy aloqalarida rivojlanayotgan mamlakatlar ikkinchi o’rinda turadi. Sizga ma’lumki bu mamlakatlar mustamlaka yoki yarim mustamlaka qarashligida ekanliklari davrida metrapoliyalarning agrar-xom ashyo qo’shimchasi xisoblanib, ularga tropik dexqonchilik maxsulotlari, xom ashyo va yoqil\i shuningdek arzon ishchi kuchi yetkazib berar edilar. Ular mustaqil davlatlar bo’lib, olgach axvol o’zgardi. Shunga qaramay, yuzga yaqin mamlakat hanuz xom ashyo, yoqilg’i va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga majbur; vaxolanki, bu maxsulotlar narxi 80- yillar boshidan ancha pasaydi. Bu hol Janub mamlakatlarining Jahon savdosidagi xissasi 1/4 gacha pasayishga va ularning Shimol mamlakatlaridan qarzining keskin darajada ortib ketishiga olib keldi. Bu qarz 90-yillar boshida 1,5 trln dollarga yetdi.
BMT rivojlanayotgan mamlakatlar tashabbusiga ko’ra 70- yillar boshidayoq Yangi xalqaro iqtisodiy tartib dasturini qabul qildi. Uning maqsadi- xalqaro iqtisodiy aloqalarni adolatli va teng xuquqlilik asosida qayta o’rnatish Jahon xo’jaligida barcha mamlakatlarning yanada xilma-xil ishtirokini ta’minlashdan iborat. Janub mamlakatlari bu maqsadni amalga oshirishmoqdalar.
MDX ga a’zo mamlakatlar va Xitoy oldida xam xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, ochiq tipdagi iqtisodiyotni barpo etish vazifasi turibdi. ButunJahon tajribasi xatto eng katta mamlakatlar xam faqat o’z kuchiga ishonib, rivojlana olmasligini ko’rsatdi. Ochiq iqtisodiyotning yaqqol ko’rinishlaridan biri-erkin iqtisodiy zonalar yoki erkin ishbilarmonlik zonalarini barpo etishdilar. Bunday zonalar 70-90 yillarda butun dunyoda keng rivojlanib, ularning soni xozirda 500 dan ortib ketdi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni koordinatsiyalashtirish bilan butun dunyo bo’yicha narx va savdolar bosh bitimi, Xalqaro rekonstruktsiya (tiklanish) va rivojlanish banki, Jahon valyuta fondi shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |