2.Xalqaro savdo.
Xalqaro Jahon savdosi Jahon xo’jaligining eng qadimiy qismi bo’lib, FTI davrida xaqiqiy ikkinchi yuksalish bosqichni boshdan kechirdi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning o’sish sur’atlari umuman ishlab chiqarishning o’sish xalqaro geografik mexnat taqsimotining chuqurlashganligidan darak beradi. FTI ta’sirida xalqaro savdoning tovarlari tarkibida xam katta o’zgarishlar yuz bermoqda. Bularning eng muximi-bu tarkibning yaxshilanishi, unda tayyor maxsulotlar xissasining orta borishidir.
Jahon savdosining geografik taqsimlanishi ancha notekisdir. Barcha savdo muammolarining 70% dan ortig’i G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari xissasiga, shu jumladan uning 45% i esa G’arbiy Yevropa xissasiga to’g’ri keladi. Bu mamlakatlarning ko’pchiligida asosan chetga qimmmatbaxo tayyor buyumlar chiqariladi. G’arbdan bir qator mamlakatlarning chetdan yoqilg’i keltirishga bog’liq ekanligini xisobga olsak, bu extiyoj Kanada, Avstraliya va JAR dan keltiriladigan yoqilg’i xisobiga qondiriladi. Ayni vaqtda chetdan yoqilg’i va xom ashyo, qisman tayyor buyumlar keltirishga kuchli darajada bo\lanib qolish shunga olib keladiki, G’arbiy Yevropaning ko’pdan-ko’p mamlakatlari va xatto AQSh passiv savdo balansiga ega. Dunyodagi eng katta yuk oqimlari AQSh ni Kanada va Yaponiya bilan chambarchas bog’lab turadi. Biroq Jahon bozori-bu doimiy rag’bat xamdir. Mana shuning uchun xam Jahon bozorida ko’pincha haqiqiy «savdo janglari» alanga olib turadi.
Masalan: Yaponiyaning tobora ishonchli, tejamli, qulay va «toza» (xavoga zararli moddalarni chiqarish bo’yicha avtomobillarni eksport qilishi shunga olib keldiki, 80- yillarning boshiga keliboq AqSh dagi xar besh yengil avtomobilning biri yapon markasidagi avtomobil edi. Yaponiyaning «Xonda», «Nissan» firmalari AQSh da avtomobil zavodlari qurishdi. Bu esa xar ikkala mamlakat o’rtasida uzoq davom etgan «avtomobil jangiga» sabab bo’ldi).
3.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllari:
Xalqaro kredit-moliya munosabatlari ziyoli import qilishda o’z aksini topadi. Buning muxim sharti-erkin almashinadigan valyutaning mavjudligidir. Kapital eksport qiluvchi eng asosiy davlatlar G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari, avvalo AQSh, Buyuk Britaniya, GFR, Gollandiya, Yaponiya, edi va ular xamon shunday bo’lib, qolmoqda. Bu mamlakatlarda kapital eksport qilish tovarlar eksport qilishdan allaqachon ortib ketdi. Bu eksportning taxminan 80%i mazkur guruxdagi davlatlarga, qolgan qismi esa rivojlanayotgan mamlakatlarga xam kapital eksport qiluvchi mamlakatlarga aylanadi. Masalan OPEK ga a’zo ba’zi mamlakatlarga tayanib, yangi Jahon moliya markazi vujudga keldi. Neft dollari oqimi Fors qo’ltig’i rayonidan G’arbiy Yevropa va AQSh ga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining ko’pdan-ko’p mamlakatlariga tomon yo’naldi.
Xalqaro ishlab chiqarish xamkorligi xam katta rivoj topdi. Bu xamkorlik korxonalarning ixtisoslashuvi va kooperativlashuvi birgalikda maxsulot ishlab chiqarishda, qo’shma korxonalar bunyod etish kapital qurilish soxasida xamkorlik qilishdan iborat. Rivojlanayotgan mamlakatlar kapital qurilishiga yordam berish ayniqsa zarur, chunki bu yerdagi yangi sanoat ob’ektlari ko’pincha industriyallashtirishning eng muxim negiziga aylanmoqda.
Fan-texnika aloqalari-xalqaro iqtisodiy aloqalarning yana bir muxim shaklidir. Bu aloqalar asosan FTI va ishlab chiqarishdagi xamma ilmiy tadqiqot soxalaridagi davlatlararo ixtisoslashuv tufayli vujudga kelgan. Bu aloqalar xalqaro doirada fan-texnika bilimlarini (patentlar, litsenziyalar-ya’ni ixtirochi tasdiqlovchi xujatlar) ayirboshlash birgalikda ilmiy ishlanma va loyixalar tuzishda namoyon bo’ladi. Chunonchi, bunday ishlanma va loyixalar kosmosni tadqiq etish («Inter kosmos») xamda atrof-muxitni muxofaza qilishda amalga oshirilmoqda.
Xalqaro xizmat ko’rsatish soxasi-yangi narsa emas. Portga kirib kelgan chet el kemalariga xizmat ko’rsatish dengiz kemalarini yollash kabi katta daromad keltiruvchi transport xizmatlari azaldan mavjud. O’z dengiz flotini boshqa mamlakatlar portlari o’rtasida yuk tashishga berib turuvchi mamlakatlar «dengiz kirakashlari» safiga Gretsiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Shvetsiya, Daniya kiradi. Biroq, eng asosiy «dengiz kirakashi»-Norvegiya.
Xalqaro turizm-xam xizmat ko’rsatishning eng tarqalgan shaklaridan biridir. So’nggi o’n yilliklar davomida Jahonda xaqiqiy turizm vasvasasi ro’y bermoqda. Turizmda yiliga tushadigan daromad 250 mlrd dollardan ortib ketdi. Bu Xindistondek buyuk mamlakat yalpi ichki maxsulotdan tushadigan daromaddan ko’pdir. Sayoxatlarga bo’lgan intilish bir tomondan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligini, xususan transport vositalarining mukammalashganligini ko’rsatsa ikkinchi tomondan, urbanizatsiyaning, kishilar turmush sharoiti xamda madaniyatining oshganligining oqibatidir. Shunday bo’lganda kishilarning boshqa mamlakatlarni va xalqlarni bilishga qiziqish kuchayadi.
Transport turiga qarab avtomobil, xavo, daryo va dengiz turizm ajratiladi.
Dunyoning bosh turistik ya’ni sayoxatchilik regionida Yevropa so’nggi yillarda AQSh da xalqaro turizm jadal rivojlanmoqda. Biroq rivojlanayotgan mamlakatlarning xam chet el turistlari umumiy oqimidagi xissasi deyarli 20% ga yetdi. Ba’zi bunday mamlakatlar (Meksika, Marokash, Tunis, Keniya) iqtisodiyotida turizm salmoqli o’rin tutadi. Bu gap Kipr, Barbodas, Bagama, Bermud, Seyshel orollari kabi «kurort orollari» ga ayniqsa tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |