4.Davlat tuzumi. Avstraliyaning kashf etilishi Yevropaliklardan golland dengiz sayyohlari V.Yans (1605y) va A.Tasman (1642y) bo'lgan edilar.1770 yilda. J.Kuk uni ikkinchi marta «ochishi» natijasida Avstraliya Angliya mulkiga aylandi. Dastlab Avstraliya Buyuk Britaniyadan jinoyatchilarni, shuningdek yoqimsiz sosial elementlar-chartistlarni, yerlaridan haydalgan dehqonlar va irland inqilobchilari surgun qilinadigan joy edi. Avstraliyada oltin topilishi XIX asrning 50 yillarida ko'plab kishilarning bu yerga ko'chib kelishga va mamlakatda kapitalistik munosabatlarining rivojlanishiga yordam berdi. 1901 yilda Avstraliyadagi ayrim Angliya mustamlakalari Avstraliya Ittifoqiga birlashdilar.
Avstraliya 1931 yilda tashqi va ichki ishlarni yurgizib metropoliyadan to'la mustaqil ravishda boshqarish huquqini oldi. Urushdan keyingi o'tgan 20 yildan ko'proq vaqt ichida mamlakatda hukumat tepasida eng yirik ikki partiya liberallar va agrar partiyasi hukmron kaolision hukumat turdi.
Avstraliya Hamdo'stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Davlat boshlig'i Buyuk Britaniya qirolichasi, uning nomidan General gubernator ish yuritadi. General gubernator huzurida ijrochi kengash bor. Qonun chiqaruvchi oliy organ senat va vakillar palatasidan iborat federal parlament Ijro etuvchi hokimiyat formal jihatdan general-gubernator boshliq Ijroiya kengashga qaraydi. Amalda esa hokimiyatni bosh ministr boshliq hukumat amalga oshiradi.
5.Xo'jaligi. Avstraliya ko'pgina iqtisodiy ko'rsatgichlar bo'yicha, shu jumladan aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo'yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning iqtisodiyotining jadal o'sishiga quyidagi omillar muhim rol o'ynadi. Bular: 1) Tarqoq hududlarning yagona bir mamlakatga birlashuvi. 2) Xorijiy sarmoyaning keng oqimi. 3) Uncha ko'p bo'lmagan aholining katta yer resurslariga egaligi. 4) Mineral xom ashyoga boyligi kabilar shular jumlasidandir.
Avstraliya iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalar katta rol o'ynaydi. Uning katta qismi ya'ni 70 foizi Buyuk Britaniya va AQShga to'g'ri keladi. Keyingi yillarda Germaniya va Yaponiya sarmoyasi tez o'smoqda.
A). Sanoati. Tog'-kon sanoati mamlakatning eski xo'jalik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa oltin qazib chiqarish mustamlakachilik davridan tez sur'atda o'sdi. Mamlakat bir qancha mineral resurs (temir rudasi, ko'mir, boksit, simob, sirkoniy)lar qazib chiqarish bo'yicha dunyoning yetakchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Avstraliyaning janubi-sharqiy qismida tog'-kon sanoatining o'ziga xos poytaxti Broken-Xill shahri joylashgan. Shahar o'zining polimetall va temir ruda sanoati bilan mashhur. Ko'mir mamlakatning Yangi Janubiy Uels va Kvinslend shtatlaridan qazib olinadi.
Mamlakatning Nyukasl va Port-Piri shaharlarida qora va rangli metallurgiyaning asosiy markazlari shakllangan. Mashinasozlik sanoati asosan faqat ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Mamlakat mashinasozlik sanoati avtomobilsozlik, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, elektropriborlar, radioelektronika buyumlari ishlab chiqarish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq korxonalari Sidney, Melburn, Adelaida, Brisben shaharlari atrofidagi yetakchi sanoat markazlarida joylashgan.