2.Tabiiy sharoiti va resurslari.
Avstraliya tabiiy sharoiti qiyofasining o'ziga xosligi uning hududi asosan tropik mintaqada joylashganligidir. Avstraliya dunyodagi eng tekislik qit'asi hisoblanadi, uning hududining 5 foizini tog'lar egallagan. Mamlakat tabiiy sharoiti asosan quruq iqlimli bo'lib, hududining qismini cho'llar egallaydi. Materikda yer usti suvlari kam bo'lib, dunyodagi hech bir materik bunday oqimsiz oblastga ega emas. (Avstraliya yer yuzasining 60 foizi oqimsiz oblastga kiradi). Mamlakatda yer usti suvlarining taqchilligini birmuncha artezian suvlari hisobiga qondirilmoqda. Gohida bo'lib turadigan qurg'oqchilik, chang-to'zonli, bo'ronlar, o'rmon yong'inlar, falokatli yog'inlari ba'zan mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar keltiradi.
Mamlakat mineral resurslar zahiralariga boy. Bu yerda dunyo boksit zahiralarining qismi joylashgan. Ko'pgina temir ruda, rangli metallar, (polimetall, mis, oltin, uran rudalari), toshko'mir konlari topilgan. So'nggi yillarda neftning (Kvinslend shtatida va dengiz shelyefida) va gazning istiqbolli konlari ishga tushirildi. Avstraliyaning dasht rayonlarida unumdor qizil-qo'ng'ir va jigarrang tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 5 foizi o'rmonlar bilan qoplangan.
3.Aholisi.
Immigrasiya mamlakat aholisining etnik tarkibiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatgan. Mamlakatda ko'pchilikni Buyuk Britaniyadan ko'chib kelganlar tashkil etganligi sababli aholi etnik jihatdan bir xil: uning 90 foizdan ortig'ini ingliz-avstraliyaliklar tashkil etadi. Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ham (shu jumladan Rossiya, Ukrainadan) ko'chib kelganlar yashaydi. Avstraliya tub joy aholisi hisoblangan aborigenlar jami aholining 1 foizdan kamrog'ini tashkil etadi. Ularning umumiy soni 160 ming kishini tashkil etadi. Aborigenlar qurg'oqchil shtatlar (Kvinslend, G'arbiy Avstraliya)da yashaydi.
Mamlakatda aholining o'rtacha zichligi juda past (1 km2ga 2,3 kishi to'g'ri keladi). Aholisi hudud bo'ylab notekis taqsimlangan. Aholining qismi janubi-sharqda to'plangan. Ichki cho'l rayonlarida aholining o'rtacha zichligi 4-5 km2da bir kishidan oshmaydi. Bu rayonlarda aholi punktlari shu qadar siyrakki bolalarni maktabga yig'ib kelishning iloji yo'q: ularni radio orqali o'qitadilar. Mamlakat aholisining 60 foizi faqat 2ta rivojlangan Yangi Janubiy Uels va Viktoriya shtatlarida istiqomat qilishadi. Shuningdek Tasmaniya orolida ham aholi zich o'rnashgan.
Avstraliya dunyoda yuqori darajada urbanizasiyalashgan mamlakatdir. Mamlakat aholisining 86 foizi shaharlarda yashaydi. Jumladan 5 avstraliyaliklarning har ikkisi Sidney yoki Melburn shaharlarida yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |