Gaz sanoati- zahiralari bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlarda, qazib olish bo'yicha esa birinchi o'rinda turadi.
Mamlakatdagi asosiy gaz xomashyosi G'arbiy Sibirning shimolida, Shimoldiy Kavkaz, Ural rayoni, Quyi Volga bo'yi, Komi respublikasi, Saxa Yoqutiston va Saxalin orolidagi sof gaz konlaridan qazib olinmoqda. Rossiyada tabiiy gazning asosiy qismi sharqiy rayonlar (G'arbiy Sibir)da qazib chiqarilmoqda.
Rossiyada Yagona gaz ta'minoti sistemasi ishlab turibdi. Uning tarkibiga gaz qazib olinadigan konlar, gaz quvur tarmoqlari va kompressor uskunalari yer osti gazombori va boshqa inshoatlar kiradi. Quvurlar-katta hajmdagi gazni yetkazib beruvchi yagona usul hisoblanadi. Rossiyada ularning uzunligi 140 ming kmni tashkil etadi.
Tabiiy gaz asosan G'arbiy Sibir neftgaz provinsiyasidan, Volga bo'yi, Ural va Shimoliy Kavkazdagi asosiy magistral gaz quvurlar yordamida Rossiyaning Markaziy rayonlariga, Ukraina, Belorussiya, Sharqiy va G'arbiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib beriladi.
Ko'mir sanoati- yirik umumgeologik zahirasiga ega (Dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi), biroq ko'mir konlari mamlakat bo'ylab notekis joylashgan, ularning katta qismi to'la o'zlashtirilmagan. Sibir va Uzoq Sharq rayonlarida joylashgan.
Mamlakatdagi asosiy ko'mir konlariga Kuznesk hovzasi (Kuzbase), Kansk-Achinsk qo'ng'ir ko'mir hovzasi, Pechora va Donesk hovzasining bir qismi (Rostov viloyatida), shuningdek janubiy Yoqitiston hovzasi kiradi. Rossiyaning Tunguska va Lena hovzalari dunyodagi eng yirik ko'mir zahirasiga ega bo'lgan hovzalardir, biroq Sibrning ushbu rayonlarining tabiiy sharoitining noqulayligi tufayli ushbu hovzalardan amalda foydalanilayotir.
Elektroenergetika- sanoatida elektroenergiyaning ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya dunyoda faqat AQShdan keyinda turadi. (1995 yilda mamlakatda 845 mlrd kvt|s elektrenergiya ishlab chiqariladi). Mamlakatda elektr energiyaning 70 foizi issiqlik elektr stansiyalarda, 18 foizi gidravlik stansiyalarida va 12 foizi atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi zamon energetikasi rivojlanishining hususiyatlaridan biri atom elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Rossiya ko'plab AES lar qurilgan, biroq 1986 yilda Ukrainaning Chernobil Atom Elektr stansichsidagi avariyadan so'ng ko'pgina ishga tushirilgan atom elektr stansiyalar o'z faoliyatini to'xtatgan.
Mamlakatda energetika rivojlanishidagi muhim yo'nalishlardan biri gidroenergiya resurslardan foydalanishi hisoblanadi. Rossiyada Volga-Kama va Angara Enesey GESlar kaskadi ishlab turibdi. Rossiya elektrenergiyani eksport qiluvchi asosiy mamlakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |