Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti "geografiya" ta


Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai nazardan baholash



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana30.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#598668
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
320-GURUH. BOBOMURODOV ABBOS. KURS ISHI

2.2. Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai nazardan baholash
 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o’rtasida, 
Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, g’arbiy qismi Turon 
pasttekisligini, Janubi va sharqiy qismlari esa tog’li o’lkaldarni o’z ichiga oladi. 
O’zbekistonning maydoni 448,9 ming kv km bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari 
orasida 3 o’rinda turadi. Poytaxti – Toshkent shahri. Uning kengligi shimoldan 
janubga 930 km, g’arbdan sharqqa esa 1400 km cho’zilgan. Respublika Markaziy 
Osiyo davlatlarining 11,2 % hududini, aholisini esa 45 % tvashkil etadi. 
O’zbekistonning geografik o’rni ancha qulay. U shimolda va shimoli-g’arbda 
Qozog’iston, g’arbda Turkmaniston, janubda Afg’oniston, sharqda esa Tojikiston va 
Qirg’iziston bilan chegaradoshdir. 
O’zbekistonning tabiati boy va juda xilmi-xildir. Huddining katta qismini (78,7%) 
tekisliklar egallagan, qolgan qismini esa (21,3%) tog’lardan va tog’ oraliq 
botiqlardan iborat. 
O’zbekiston serquyosh o’lkadir. Iqlimi quruq, kontinental. Iqlimining tashkil 
topishiga geografik o’rni, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi va yer 
yuzining tuzitlishi katta ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekistonning yozi juda issiq va uzoq bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati 32 
gradus, eng yuqori havo harorati 50 gradusga yetadi. Qishda havo harorati 0 
gradusdan past bo’ladi. Yanvar oyida Ustyurtda – 10 gradus, Toshkentda – 1 gradus, 
Termizda esa 2,8 gradus bo’ladi. 
Uning iqlimiga shimoldan Arktika va G’arbiy Sibirdan, g’arbdan esa Atlantika 
okeanidan keladigan havo massalari katta ta’sir ko’rsatadi. Arktika havo massalari 
sovuq va quruq bo’lsa, Atlantia havo massalari esa nam va iliqdir. Yog’in miqdori 
hududlar bo’yicha notekis taqsimlangan. Respublikaning g’arbiy qismlarida 
o’rtacha 100 mm dan, janubi-sharqda 700-800 mm gacha yogin bo’ladi. 
Yog’inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga to’g’ri keladi(40-50 %). 


O’zbekistonning suv bilan taminlanishida O’rta Osiyoning eng yirik daryolari: 
Amudaryo va Sirdaryo katta ahamiyat kasb qiladi. Eng uzun daryo Sirdaryo bo’lib 
uning uzunligi 2981 km. Eng sersuv daryo esa Amudaryodir. Uning uzunligi esa 
2660 km dir. Ammo bu daryolar respublikaning suvga bo’lgan ehtiyojini to’la 
qondirmaydi. 
O’zbekiston hududida 250 yaqin ko’llar bo’lib ular asosan mayda ko’llardir. Bu 
ko’llardan eng yiriklari Orol, Aydarko’llardir. Orol ko’li kattaligi sababli dengiz 
nomini olgan edi, lekin uning sathi keyingi yillarda keskin pasayib ketdi. Kichik 
ko’llardan ayrimlari shifobaxshligi bilan ajralib turadi (Tuzkon, Axsikent
Dengizko’l, Qurbonko’l, Baliqko’l va boshq). 
Ohirgi yillarda ko’plab suv omborlari bunyod etildi. Bularga Ohangaron, Janubiy 
Surhon, CHimqo’rg’on va boshqalar misol bo’ladi. Bu suv omborlari Asosan daryo 
rejimini tartibgi solib, bahorgi, qishki, kuzgi svlarni to’plab yozda suv tanqis bo’lgan 
davrda ekin dalalrini suv bilan tahminlaydilar. 
Respublikada xilma-xil o’simliklar o’sadi. Ayniqsa tog’li mintaqalarda dorivor 
o’simliklar ko’plab uchraydi. Ularning ayrim turlari faqat O’zbekistonda uchraydi 
xolos. 
O’zbekistonda turli xil mineral resurslar tarqalgan. Bu yerda yonuvchi, rudali va 
rudasiz foydali qazilmalar ko’p. Ayniqsa oltin, volfram, mis, qo’rg’oshin, rux, tabiiy 
gaz va boshqalarning zahiralarining ko’pligi bo’yicha jahon mamlakatlarining 
orasida yetakchi o’rinlarda turadi. Respublika hududida qurilish materiallari 
(ayniqsa marmar), oyna qumi, sement keyingi yillarda ochilgan yirik fosforit konlari 
ham alohida ahamiyatga egadir. 
O’zbekiston ayniqsa oltin qazib chiqarish bo’yicha MDH davlari orasida, 
Rossiyadan keyin ikkinchi, jahonda esa 8 o’rinda turadi. Sifatliligi darajasi ham juda 
yuqori. Oltinning yirik konlari Muruntou, Ko’kpatas, Uchqg’uduq, ulardan tashqari 
Zarmiton, Marjonbuloq, CHodak, Qo’ytosh kabi konalardan iboratdir. Muruntou 


oltin koni asosida Qizilqumda yirik sanoat markazi va Zarafshon shahri qad 
ko’targan. 
Rangli metallar Toshkent viloyatida ko’plab topilgan. Rangli metallar qazib 
chiqarish asosida Olmaliq shahri rivojlangan. U respublika iqtisodiyotida yetakchi 
rol o’ynaydi. 
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yirik gaz konglari tipilgan. Yirik konlardan 
Muborak, SHo’rtan, jarqoq va boshqalar shu yerda joylashgan. Ayniqsa sho’rtan gaz 
konining istiqboli porloqdir. Gaz faqat yoqilg’igina bo’lib qolmay balki kimyoviy 
xomashyohamdir. 
Qashqadaryo viloyai gaz zahiralari jahatidan respublikada yetakchidir. Keyingi 
paytlarda Ustyurt platosi hududida ham yangi gaz konlari ochilgan. 
Respublika xo’jaligida ko’mir katta rrol o’ynaydi. Respublikada qazib olinadigan 
ko’mirning 95 % toshkent viloyatida (Angren ko’mir koni) mavjud. Bu yerda ko’mir 
ochiq usulda qazib olinadi. SHu sababli mahsulotning narhi ancha arzondir. 
Surhondaryo viloyatida sanoatda katta ahamiyatga ega bo’lgan toshko’mir konlari 
topilgan (SHargun, Boysun konlari), ular kokslanuvchi ko’mir turiga kiradi. 
O’zbekistonda ko’plab neft qazib chiqariladi. Dastlabki neft konlari Farg’ona 
vodiysida 1904 yilda topilgan (CHimyon koni). Keyinchalik bu yerda Polvontosh, 
So’x, Janubiy Olamushuk, Andijon va boshqa konlar ochildi. Mustaqillik yillarida 
esa (1992) Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni topildi. 
Respublikada 1990 yilda 2 mln tonna neft qazib olingan bo’lsa, 1998 yilda esa 8 mln 
tonnadan oshib ketdi va O’zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Ayniqsa Buxoro 
neftni qayta ishlash zavodining qurilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Hozirda 
O’zbekistonda xilma-xil neft maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 
O’zbekiston respublikasi ko’p millatli mamlakatlardan biri bo’lib, 120 dan ortig’ 
millat va elatlar bu yerda istiqomat qiladi. Jami aholisi 26670000 kishini tashkil 
qiladi. Aholi soni bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida biringchi o’rinda 


turadi (MDH davlatlar orasida 3 urinda turadi). Respublikada Markaziy Osiyo 
aholisining 44 % istiqomat qiladi. 
Mamlakat aholisi tez ortib bormoqda. Uning ko’payishi asosan tabiiy o’sish 
hisrobiga ruy bermoqda. Respublika aholisi har yili o’rtacha 450 ming kishiga 
ko’paymoqda. 
Aholining ko’pchiligini o’zbeklar tashkil qiladi (79 %). Ulardan tashqari qozoqlar, 
tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar va boshqalar 
istiqomat qilishadi. 
O’zbekistonda urbanizatsiya darajasi o’rtacha ko’rsatkichga ega, yahni jami 
aholining 38 % shaharlarda yashaydi. Bu yerda ayniqsa keyingi paytlarda qishloq 
aholisi tez ortib bormoqda. Buning asosiy sababi tug’ilishning yuqoriligidir. 
Respublika aholisining 45 % dan ko’prog’i 20 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. 
55 va undan katta yoshdan kattalar esa aholining 8 % tashkil qiladi. 
Aholining jinsiy va yosh tarkibiga oid bo’lgan hususiyatlar mehnat resurslarida ham 
namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining asosini mehnatga qobiliyatli aholi tashkil 
etadi. O’zbekistonda mehnat resurslari 16-60 erkaklar, 16-55 ayollar tashkil etadi. 
Respublika aholisining 50 % yaqini mehnat resurslarini tashkil qiladi. 
O’zbekistonda hozirgi kunda 120 shahar, 113 shaharcha mavjud. SHahar maqomini 
berish davlatlarda bir-biridan farq qildadi. Qo’shni respublikalarda aholi soni 5000 
kishidan oshsa, O’zbekistonda 7000 kishitdan oshsa, aholisning 2|3 qismi qishloq 
xo’jaligidan boshqa tarmoqlarda band bo’lsa shahar deb ataladi. 
Respublikada aholisi 100 mingdan ortiq bo’lgan 17 shahar bo’lib, ularda shahar 
aholisining 59 % yashamoqda. Eng yirik shaharlari Toshkent (2360 ming), 
Namangan (413 ming), Samarqand (386 ming), Andijon (376 ming), Qo’qon (224 
ming), marg’ilon va boshqalardir. 
SHuningdek Samarqand, Andijon, Buxoro kabi shaharlar aglomeratsiyalari 
shakllanmoqda. 


O’zbekiston xo’jaligida qadimdan qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq bo’lib kelgan. 
So’ngi yillarda sanoatning axamiyati tobora ortib bormoqda. Sanoat ko’p tarmoqli 
bo’lib-qishloq ho’jalik mashinasozligi, elektroenergetika, neft va gaz, ko’mir, 
mineral o’g’itlar ishlab chiqarish, aftomobilsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati 
kabilardir. 
Respublikada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning asosiysi GRES lardan 
olinadi. (Sirdaryo, Navoiy, Toshkent, Angren, Taxiatosh). Shuningdek GES lar ham 
katta ahamiyatga ega, ayniqsa Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi aloxida o’rida turadi. 
Mamlakat sanoatida yetrakchi tarmoq - mashinasozlikdir. Mashinasozlik sanoatida 
paxta teruvchi mashinalar, chigit ekuvchi, yigiruvchi, sug’oruvchi mashinalar, 
avtomobillar, samolyotlar va boshqa sanoat mashinalari ishlab chiqariladi. 1996 
yilda, Janubiy Kareya bilan hamkorlikda, Andijon viloyatida ishga tushurilgan Uz 
DEU avto qo’shma korhonasi katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston dunyoda 
avtomobillar ishlab chiqaradigan 28 ta mamlakatning biriga aylandi. Ushbu 
korhonadf «neksiya, tiko, damas, lasetti, matiz» avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. 
Respublika mashinasozlik tarmog’ida ko’plab korxona va birlashmalar ishlab 
turibdi. Bulardan asosiylari Toshkent Agregat zavodi, TTZ, Uz QQMZ, Chirchiq 
kimyo mashinasozligi, Andijon IRMASH va boshqalardir. 
Neft sanoati hozirgi zamon yoqilg’i sanoatining samarali turlaridan biridir. Neft 
sanoati respublika yoqilg’i sanoatining bosh tarmog’i hisoblanadi. O’zbekiston 
mustaqillik yillarida neft mustaqilligiga ham erishdi. Asosiy neftni qayta ishlash 
zavodlari Farg’ona vodiysidagi Farg’ona,Oltiariq va Buxoro viloyatidagi 
Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari hisoblanadi. 
Respublikada qora metallurgiya zavodi Bekobod shahrida mavjud bo’lib, u 1946 
yildan beri ishlab kelmoqda. Bu korxona asosan metallalom asosida ishlaydi. 
Kimyo sanoati markazlari Toshkent, Samarqand, Chirchiq, Andijon , Farg’ona, 
Navoiy, Olmaliq, Pop, Jizzax kabi qator shaharlar hisoblanadi. SHuningdek 


respublikada elektrotexnika, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati 
tarmoqlari ham ancha yaxshi rivojlangan. 
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi alohida ahamiyatga 
egadir. Yerlarning ko’pchiligini cho’llur va chala cho’llar egallagan. 
Dehkonchilikda barcha ekinlar ekilada, asosini paxtachilik tashkil qiladi. Paxtachilik 
bilan almashlab makka jo’xori va bug’doy ekiladi. Shuningdek, sholikorlik, 
bog’dorchilik, uzumchilik ham yaxshi rivojlangan. 
O’zbekistonda g’alla, asosan bug’doy keng ekiladi. Yaqin vaqtlargacha chetdan 
ko’plab miqdorda don olib kelingan. Reschpublikada olib borilgan agrar siyosat 
tufayli bu narsa asta sekin barham topmoqda. Hozirgi kunda respublikada 4,5 mln 
tonnaga yaqin bug’doy yetishtirilmoqda. Bu esa o’z navbatida g’alla mustaqilligiga 
erishishga olib kelmoqda. Qallachilikda sholi yetishtirish ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Sholi yetishti rishda Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyatlari yetakchilik 
qilishadi. 
SHuningdek O’zbekistonda kanop yetishtirish (Toshkent viloyati), tamaki 
yetishtirish (Samarqand viloyati), mahsar (yog’ olish uchun, Samarqand viloyati), 
qand lovlagi (Xorazm viloyati), poliz ekinlari (Sirdaryo, Jizzax viloyatlari), 
kartoshka (Samarqand, Toshkent viloyatlari) yetishtirish ham yaxshi rivojlangan. 
O’zbekiston iqlim sharitlari bog’dorchilik uchun ham qulaydir. Bog’dorchilik va 
uzumchilik ihtisoslashagn tarmoqlarildan biridir. O’rik yetishtirish Farg’ona 
vodiysida, anor Qashqadaryo viloyatida (Varganza), Farg’ona viloyati (Quva), 
Surhondaryo viloyati (Doshnovvot), larda ko’plab yetishtiriladi. 
Uzumchilik barcha viloyatlarda rivljlangan. Bu sohada ayniqsa, Samarqand, 
Toshkent, Farg’ona, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilishadi. 
CHorvachilik dehqonchilikdan keyitn ikkinchi o’rinda turadi. Unda yetakchi tarmoq 
- qo’ychilikdir. Ayniqsa respublikada qorako’l qo’ylari boqilishi yaxshi yo’lga 
qo’yilgan bo’lib, xalqaro ihtisoslashgan tarmoqqa aylangan. Navoiy, Buxoro, 
Qashqadaryo. Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog’istonda ko’plab 


qorako’l qo’ylari boqiladi. Surxondaryo, Buxoro Qashqadaryo vilroyatlarida hisori 
qo’ylariko’p bo’lib, ular asosan go’shti va yungi uchun boqiladi. Namangan viloyati 
esa mayin yungli angor echkilarini boqishda yetakchilik qiladi. Qoramollar barcha 
viloyatlarda boqiladi. Eng ko’p Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona, Samarqand 
viloyatlariga to’g’ri keladi. 
Yirik shaharlar atrofida sut-go’sht chorvachilik, cho’l mintaqalarida esa go’sht-sut 
chorvachiligi rivojlangan. Mustaqillik yillaridan boshlab yilqichilik ham ko’paya 
boshladi. SHuningdek, respublikada parrandachilik, darrandachilik ham keng 
rivojlanmoqda. 



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish