2.1-jadval. Passiv.faol va interfaol usullarning tasnifi.
Passiv usullar
|
Faol usullar
|
Interfaol usullar
|
Subekt-obekt, ya’ni o‘qituvchi gapiradi tushuntiradi, o‘quvchi tinglaydi, so‘rasa javob beradi
|
Subekt- subekt O‘qituvchi boshqaradi O‘qituvchi savol beradi, o‘quvchilar individual javob beradi. (Berilgan ma’lumotlar bo‘yicha)
|
Subekt- subekt munosabat. O‘qituvchi tashkil etadi, Boshqaradi. Berilgan savol va topshiriqlar bo‘yicha o‘quvchilar birgalikda, mustaqil ishlaydi, fikrlarini jamlaydi, bayon qiladi, himoya qiladi. O‘zaro birgalikda ishlaydi. Qiziqishlari ortadi.
|
Ta‘lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullarni bir necha afzallik va kamchiliklari mavjuddir (2-jadval) Shunday ekan zamonaviy pedagog vaziyatdan kelib chiqib o’zi uchun to’g’ri yo’lni tanlashi juda zarurdir.aks xolda kutilgan natijadan ancha past xatto salbiy natijalar yuzaga keladi. Bu esa ta’limdan ko’zlangan asosiy maqsad-ta’lim sifatini yomonlashuviga sababchi omillardan biri bo’lishi ehtimoldan xoli emas.
2.2-rasm.interfaol usullarning afzallik va kamchilik tomonlari.
Interfaol usullarni afzalligi
|
Kamchiligi
|
1. O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi;
2. O’z vaqtida qaytar aloqalarning ta’minlanishi;
3. Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi;
4. O’qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi;
5. Motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi;
6. O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi;
7. Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi;
8. O’z-o’zini baholashning o‘sishi;
9. O’quvchilarning fanga oid mavzu mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati;
10. Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi;
11. Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni hamrivojlantirishi.
|
1. Ko’p vaqt talab etilishi;
2. O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;
3. Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi
4. O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan, fikrlash qobiliyatiga ega va muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishidan iborat
|
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishini talab etadi. Jumladan:
• Eng muhimi, o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ish olib borib, mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy yangiliklardan boxabar bo‘lishi bilan bir qatorda kasbiy mahoratini doimiy oshirib borishi;
• Vaqtdan samarali foydalanish uchun ko‘rgazmalardan, xususan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni ta’lim tizimiga qo‘llashi;
• Nazoratni to‘laligini ta’minlash uchun dars jarayonida hamkorlik texnologiyasining kichik guruharda o‘qitish va komandada o‘qitish usullaridan foydalanish, o‘z-o‘zini va o‘zaro nazoratni yo‘lga qo‘yish lozim;
Bugungi kunda o’quvchi yoshlarni darslarga bo’lgan qiziqishini oshirish zamonaviy pedagogdan har tomonlama puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ananaviy darslar orqali o’quvchilarni fanga qamrab olish qiyin. Integratsion noananaviy darslar o’quvchi e’tiborini ko’proq jalb etadi. Ko’pchillik "noan'anaviy dars" deganda ta'lim jarayoniga turli harakatli, aqliy va o’z o’rnida quvnoq kayfiyat ulashuvchi o’yinlarni qo’llash fikri keladi. Ammo yuqori sinf o’quvchilarini turli o’yinlar bilan jalb etish mushkul va ayni paytda imkonsizdir. Chunki bu yoshdagi bolalar o’zlarini katta odamlardek his qilishadi va bu o’yinlar ular uchun jo’n hamda yosh bolalarga xosdek ko’rinadi. Aynan shu yoshdagi bolalarni dars jarayoniga avvalgidanda ko’proq bilim va tajribagina jalb eta oladi. O’smir yoshdagi bolalarga bilm berishda nafaqat biologiya balki boshqa fanlar xususan: kimyo, fizika, geografiya, matematikadagi bilimlarni ham qo’llash yaxshi natija beradi va ta‘lim jarayonini sifatini oshiradi.Bir fanga boshqa bir fanning bilim ko’nikmalaridan foydalanish integrallashgan (binar) dars deb ataladi.Ushbu atama pedagogikaga 80-yillarning oxirida paydo bo’ldi. "Integratsiyalashgan dars bu bitta tushunchani, mavzuni yoki xodisani o’rganayotganda bir vaqtning o’zida bir necha fanlar bo’yicha mashg‘ulotlarni birlashtirgan maxsus dars turi"[1]
"Integratsiyalashgan dars pedagogikadagi o’qitish uslublarining yangi turi bo’lib, bunday darslar ta‘lim oluvching psixologik zo’riqishi o’ziga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini hosil bo’lishini oldini olish bilan birga, o’quv dasturini to’la to’kis barcha fanlar bilan uzviy uyg‘un holda o’zlashtirishini ta‘minlaydi"[1]
Fanlararo bog’liqlikni o’ziga xos jihatlari quyidagilar:
O’quvchilarni bilim olish faoliyatini oshiradi.
O’quvchilarning fikrlash qobilyatini shakllantirishda yordam beradi. O’quvchilarda tabiat hodisalari haqida hamda ularning o’zaro bog’liqligi to’g’risida to’liq taassurotlar hosil bo’lishiga ko’mak beradi va shu sababli orttirilgan bilimlarning ahamiyatliligi va amaliyligi ta'minlanadi.
Dars jarayonida bu ikku tushuncha ya‘ni interfaol metodlar va integratsiyalashgan darslarini birgalikda uyg‘un holda qo‘llash lozimki natijada o‘quvchi yangi tushunchani integratsiyalashgan darslar orqali avvaldan mavjud bo‘lgan bilmlar negizida qiyinchiliksiz o‘zlashtirolsin, interfaol usullar orqali jamoaviy holda shug‘ullanib bayon etaolsin eng muhimi olgan bilmi hosil qilgan ko‘nikmasini amaliyotda qo‘llay olsin.
Integratsiyalashgan (binar) darslarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol usullar:
●BioKimyoviy bilmlar marafoni:
"BioKimyoviy bilmlar marafoni" metodi bilmlarni mustahkamlash va yangi bilmlarni berishda shu bilan birga turli fanlarga oid bilmlarni birlashtirib qaror qabul qilishga xizmat qiladi. Bu metod bo‘yicha mashg‘ulotda ishtirokchilarning vazifalari quyidagicha beldilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |