Ta‘lim beruvchi:
-mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha xal etilishi lozim bo‘lgan muammoni yechishni taklif etadi.
- taklif etilgan muammoni yechish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi.
-sinf a‘zolarni kichik guruhlarga bo‘lib tarqatma materiallarni tarqatadi.
-o‘yin qoidalarini tushuntiradi.
- ta‘lim oluvchilar bilan aqliy xujum mashg‘ulotini tashkil qiladi va boshqarib boradi.
Ta‘lim oluvchilar:
- muammoni muhokama qiladilar uning yechimi yuzasidan takliflar bildiradilar, o‘z g‘oyalarini asoslaydilar
- bildirilgan g‘oyalardan eng ko‘p ma‘qul bo‘lgan samarali g‘oyalarni tanlaydilar va baholaydilar.-tanlangan g‘oyalarni misollar orqali asoslaydilar.
"BioKimyoviy bilmlar marafoni" metodini qo‘llanilish jarayoni
O‘qituvchi har bir kichik guruhga mavzu yuzasidan va kimyoviy tushunchalar yozilgan tarqatma materiallarni beradi.Ko‘rgazmali marerialda esa labirint ko‘rinishida kataklar joylashtirilgan har bir katakchada kimyoviy tushuncha yozilgan bo‘lishi lozim. Guruh o‘quvchilari kimyoviy tushunchaga mos kelunchi biologik jarayon yozilgan kichik tarqatma materialni berilganlar ichidan topib joylashtishlari lozim. Qaysi jamoa birinchi bo‘lib berilgan yo‘lni bosib o‘tsa shu jamoa marafonning g‘olibi bo‘ladi.
Masalan; Labirint ko‘rinishidagi ko‘rgazmali qurolning bitta katakchasiga katalizator, yoki suvning gidrolizi deb yozigan bo‘lsin. Tarqatma materiallarning birida esa vodorod protoni NADF kofermentiga birikishi tasvirlangan bo’lsin yoki suv parchalanib kislorod hosil bo‘lganligi berilgan bo‘lsin bir nechta shunday g‘oyalar ichidan mosini ya‘ni NADF kofermenti fotosintez reaksiyasida katalizator vazifani bajarishini bilgan holda bu ikki tushuncha birlashtiriladi va shu zaylda marragacha yetib boriladi.
● Hamkorlik to‘rtburchaklari
Ta’rifi.
O’tkazish tartibi:
Bu mashqni o’tkazishdan oldin boshlovchi 5 kishidan iborat har bir guruh uchun diagrammaga muvofiq kesilgan beshta to’rtburchak kartochkalar yoki oddiy qog’oz tayyorlaydi (o’lchovlar aniq bo’lishi kerak; barcha chiziqlar burchakka, markazga yoki yondagi chiziqning o’rtasiga taqalishi lozim). Detallarni ulardagi harflarga qarab, A harfidan Ye harfigacha belgilangan beshta konvertlarning biriga joylashtirish kerak. Eng qulay sharoitda beshta ishtirokchidan tashkil topgan har bir guruh bir stol atrofiga o’tirishi maqsadga muvofiqdir. (Ilovani ko’ring).
Boshlovchi ishtirokchilarni 5 kishilik guruhlarga bo’ladi. Guruhning har bir a’zosiga konvert beriladi.
2.1-rasm Termiz tumani 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 9- sinflarda biologiya dars
Mashqning maqsadi shundan iboratki, guruh bir xil o’lchamdagi beshta to’rtburchak terishi kerak. Barcha ishtirokchilar quyidagi qoidalarga amal qilishlari lozim:
- mashqni bajarish vaqtida ishtirokchilar verbal ravishda ham, boshqa biron usulda ham (masalan: boshini qimirlatib, ko’z qisib, stol ostida oyog’i bilan oyog’ini turtib, imo-ishora qilib) so’zlashish mumkin emas;
2.2-rasm. Denov tumanidagi 79-ununiy o‘rta ta‘lim maktabning 10-"B" sinfida dars jarayonida
- ishtirokchilarga detallarni berish yoki bir-biridan olishga ruxsat etilmaydi, biroq ular detalarni (to’rtburchaklar qismlarini) stol ustiga qo’yishlari, hamda o’sha yerdan olishlari mumkin.
Mashqning muhokamasi o’tkaziladi.
Foydalanish doiralari.
Guruh bo’lib hamkorlik qilish bo’yicha klassik mashq, va bundan har qanday o’quv fanida foydalanish mumkin.
Afzalliklari.
Hamkorlik, o’zaro bog’liqlik, yordam berish to’g’risidagi fikrlarni rag’batlantiradi, qoidalarni anglash uchun zamin yaratadi, ishtirokchilarni bir-birining ishiga diqqatini jalb qiladi.
Qiyinchiliklari.
Har bir guruhda oz emas, ko’p emas – besh nafar ishtirokchi bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |