Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 8,8 Mb.
bet1/18
Sana23.12.2022
Hajmi8,8 Mb.
#895166
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
hasanova D (2) pechatga



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BOTANIKA KAFEDRASI
5140100 BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA BAKALAVR DARAJASINI OLISH UCHUN
XASANOVA DILNOZA IMOMALI QIZINING
BIOLOGIYA DARSLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA KIMYOVIY TUSHUNCHALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar b.f.n., dots. S.X.SULLIEVA
Termiz-2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I BOB.O‘QUV FANLARIARO ALOQADORLIKNI NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1.Adabiyotlar tahlili………………………………………….……………..….7
1.2.O‘quv fanlariaro aloqadorlikni amalga oshirishning asosiy bo‘g‘inlari……12
1.3.Ta‘lim jarayonidagi integratsiya-zamonaviy pedogogikaning zaruriy sharti…………………………………………………………………………….17
I BOB bo‘yicha xulosa………………………………………...……………..…24
II BOB.TADQIQOT NATIJALARI VA METODLARI………………...….….25
2.1.Ta‘lim jarayonining integratsiyalashuvida pedogogik texnologiyalar…………………………………………………………………....25
2.2.Biologiyani o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning o‘ziga xosligi…………….……………………………………………………………...37
2.3.Maktabning yuqori sinflarida fanlararo bog‘lanishning samaradorligi.…………………………………………………………………….51
XULOSA……………………………………………………………………..….57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….......………..……..59
ILOVALAR……………………………………………………… …………...63


Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi eng muhim voqelik bo‘lib, davlatimiz rahbarining faoliyati davomida uchinchi marta yo‘llagan Oliy Majlisga Murojaatnomasi avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, vatanimiz taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega barcha dolzarb masalalar va yechimlariga qaratilgandir.
Xususan, murojaatnomada mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratish lozimligi, bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.Shuningdek, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash ularning o‘z oldilariga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish maqsadida “Yangi O‘zbekiston — maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.Murojaatnomaga ko‘ra maktablarda ta'lim berish jarayonini tubdan isloh qilish fanlarni o'qitishda yangicha usullardan foydalanish "Milliy o'quvdasturini"yaratish kerakligiga to‘xtalib o'tildi.
Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm fan natijadorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab ushbu fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "Kimyo va Biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Bu hujjatlarda ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, boshqaruv tizimi, boshqaruv tarkibi, o‘qituvchi- pedagoglarning huquq va majburiyatlari aniq belgilab berildi. Ta‘lim tizimining oldiga qo‘yilgan bosh maqsadi- demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning urf odatlari va milliy an‘analari shuningdek umumbashariy qadriyatlar asosida ta‘lim tarbiya mazmunini tubdan yangilash, pedagogik jamoalar tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar yaratishdan iborat. Erkin fikrlovchi, ijodkor, mamlakatimizning milliy mustaqillik mafkurasiga sadoqatli bo‘lgan barkamol shaxslarni tarbiyalash maktablarda ta‘lim samaradorligini oshirishni taqazo etadi.Shu nuqtai nazarzardan qaraganda fanlararo aloqadorlik qonuniyatlarini yaratish, aloqadorlik tizimini tarkib topishi ta‘limda istiqbolli vazifalarni yechimini ta‘minlaydi.

Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish