Bitiruv malakaviy ish mavzusi botanika kafedrasining ilmiy yo‘nalishidagi mavzusiga mos keladi.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodlari va natijalari, fanlararo aloqadorlik uning nazariy metodologik asoslari, ta‘lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, samaradorligi, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan tashkil topgan bo‘lib, 63 sahifa, 8 ta jadval, 7 ta rasm o‘rin olgan.
1-BOB.O’QUV FANLARIARO ALOQADORLIKNI TA’MINLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jahon hamjamiyatiga yuz tutishi rivojlangan mamalakatlar bilan iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy, diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi barcha jabhalar kabi ta‘lim tizimini isloh qilishni talab etadi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‘g‘rudida"gi Qonunida ta‘lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yo‘nalish deb e‘lon qilindi. Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta‘lim sohasidagi savlat siyosatining asosiy prinsiplari etib, quyidagilar qayd etilgan:
• ta’lim uzluksizligi va izchilligi
• ta’lim va tarbiyaning indonparvar, demokratik xarakterda ekanligi.
• davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi
• bilmli bo‘lish va iste'dodni rag‘batlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, bunda ta‘lim muassasalari oldidagi vazifalar kabi masalarga to‘xtalib o‘tilgan. Shunday ekan fanlararoaloqadorlikni ta’minlash mamalakarimiz ta‘lim tizimini yangi darajaga olib chiqish, o‘quvchi yoshlarimizning bilim ko‘nikmalarini faqatgina nazariy emas balki amaliyotda qo‘llay oladigan darajadagi fan dasturlarini yaratish bugungi kunning talablaridan biridir.
1.1.Adabiyotlar tahlili.
Fanlararo aloqadorlik muhim pedagogik muammo. Bu sohada ko‘plab olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar.Ta'limdagi integratsiya jarayoni uzoq tarixga ega va o'quv materiali mazmunida tabiatning yaxlitligini aks ettirish yo'llarini izlash natijasida paydo bo'lgan fanlararo aloqalar g'oyasi bilan bog'liq. Hatto buyuk didaktik Yan Amos Komenskiy ham shunday ta'kidlagan edi: "O'zaro bog'liq bo'lgan hamma narsani bir xil aloqada o'rgatish kerak".Fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, tasnifi to‘g‘risida K.D. Ushinskiy, I.G.Pestalossi, Ya.A. Komenskiy, A.P Belyaeva, A.V. Usova, I.D. Zverev, P.G. Kulagin, N.A.Loshkarova, V.N.Maksimova, M.I Maxmutov, V.N.Fedorova kabi olimlar tomonidan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.Fanlar aro aloqadorlik muammolari yuzasidan R.Safarova, R.Ahliddinov, O.Turdiqulov, A.Musurmonov, P.Musayev, A.Ch.Choriyev, X.A.Abdurahmonov, R.Burxonov, P.Nuriddinov,T.Z.Dayanaeva, A.A.Salomov, Ya.Xaydarov, B.Husanov, M.K.Ashirova kabi o‘zbek olimlari ham ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu va boshqa tadqiqot ishlari fanlararo aloqadorlikning turli yo‘nalishlari va tamoyillari, ularning o‘quv jarayonida ma‘lum bir fanni o‘zlashtirishda qo‘llanilishi, o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida tanlangan ta‘lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar ilmiy-amaliy jihatdan hal etildi. Integratsiya shakllaridan biri sifatida talqin qilinishi mumkin bo'lgan o'quv jarayonida fanlararo aloqalarni amalga oshirish zarurati haqidagi g'oyani K.D. Ushinskiy. taklif etgan. U har qanday fan tomonidan yetkaziladigan bilimlar dunyo va uning hayotiga keng qarashda shakllanishi kerak, deb hisoblagan. {6}
I.Boguslavskiy hali XIX asrning o‘rtalaridayoq o‘zining “Boladan dunyoga, dunyodan bolaga” maqolasida bolaning oʻzini oʻrab turgan olamni tabiiy, yaxlit idrok etishi bilan uning sunʼiy idroki oʻrtasida qarama-qarshilik borligini taʼkidlagan edi. {10}
V. N.Fedorova o‘z tadqiqotlarida fanlararo aloqadorlikning o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘quv fanlariaro aloqadorlik tabiiy fanlar bilan atrof-muhit hodisalarini o‘zaro aloqadorlikda va izchillikda ifodalashning didaktik sharti sifatida namoyon bo‘lishini ta‘kidlagan. {6}
I.D.Zverev ham o‘z tadqiqotlarida fanlararo aloqadorlik hodisasiga ta‘rif berilgan. B.G.Anan‘ev ta'lim jarayonida matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan aloqdorlik munosabatlari didaktik xususiyatga ega ekanligi, matematik qonuniyatlar va amallar fanlararo aloqadorlikning asosiy manbai, o‘qitish jarayoni mazmunida ularni turlari xilma-xilligini sharxlab bergan. O‘z navbatida o‘quv fanlariaro aloqadorlik o‘quv jarayoni tarkibi, o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalari umumlashtirilgan tushunchalar va o‘qitish usullarida tizimlararo aloqador qismlarni belgilab berishini ta‘kidlaydi. {14}
G'arbiy Evropa mamlakatlarida va eng avvalo Germaniyada birinchi kompleks dasturlar yaratila boshlandi. Ushbu dasturlarning mualliflari o'rganilgan hodisalarni qandaydir bir yadro atrofida birlashtirishga harakat qilishdi.
XX asrning boshlarida innovatsion o'qituvchi N.I.Popova rahbarligida "Moskva shahar o'qituvchilari doirasi" tuzildi (I9IO-I9I5) . Popova o'qituvchilari fanlarni integrativ kursga to'liq integratsiyalash asosida o'zlarining dasturlarini ishlab chiqdilar: "Tabiatshunoslik" - kichik o'quvchini atrofdagi tabiat bilan tanishtirish va "Ijtimoiy fanlar" - odamlar, jamiyat, muassasalar va mas'uliyat bilan tanishish bo‘lib, gumanitar fanlar va tabiiy fanlar o'rtasidagi "chuqur va keng" aloqalar ta'kidlandi; geografiya va tabiiy tarix. Grammatika va arifmetika boshqa fanlar bilan o'z ta'lim sohalaridagi materiallar orqali birlashtirilishi mumkinligini taklif qiladi. Boshlang‘ich maktabda boshqa barcha fanlarni yagona o‘quv majmuasiga birlashtirgan holda bitta “fan” – dunyoshunoslikni o‘rganish g‘oyasi ilgari surildi. 1915-1916 yillarda xalq ta’limi vaziri graf P. I. Ignatiyev boshchiligida maktab islohoti materiallarida fanlararo aloqalarni o‘rnatish va o‘quv materialini birlashtirishga katta e’tibor berildi.U “Vatanshunoslik” maxsus kursini joriy etishni rejalashtirgan edi, unga tabiat, jamiyat kabi sohalar kiradi. {17}
Ta'lim mazmuni va uni tashkil etishda Rus o‘lkasida sezilarli o'zgarishlar 1923 yilda, Davlat Ilmiy Kengashining (GUSA) ilmiy-pedagogik bo'limi tomonidan tayyorlangan integral dasturlar deb ataladigan dasturlar maktab amaliyotiga joriy etila boshlaganida amalga oshirildi. Kompleks o'qitish muayyan hayotiy muammolarni hal qilish jarayonida turli fanlar bo'yicha bilimlarni birlashtirishni nazarda tutgan. Pedagoglar predmetli va murakkab ta’limga qarama-qarshi nuqtai nazardan qaragan. Davlat Ilmiy Kengashining sxemalari uchta asosiy blokni aniqladi: ijtimoiy fanlar, mehnat fanlari va tabiatshunoslik. Ushbu tamoyillarga muvofiq, GUS dasturlarida o'quv materialining mazmuni uchta mavzu atrofida jamlangan: tabiat, mehnat, jamiyat. Birinchi o'rinda insonning mehnat faoliyati bu faoliyatning ob'ekti sifatida tabiat bilan, natijada esa ijtimoiy hayot bilan bog'liq holda o'rganilishi kerak edi. mehnat faoliyati. O'quv fanlari o'zlarining mustaqil vazifalaridan mahrum bo'lib, boshlang'ich maktabning integratsiya kurslarida tarqatib yuborildi yoki o'rta darajada qoldi va murakkab mavzularni o'rganish uchun ularning mazmuni bo'lib xizmat qildi.
Lekin hamma fanlar ham unchalik omadli emas edi, chunki 1927 yilgacha adabiyot, tarix, geografiya ijtimoiy fanlar kursiga kiritilgan edi. Integratsiyalashgan darslar o'quvchilarning savodxonligi va matematika ko'nikmalarining ma'lum darajada pasayishiga olib keldi.Bilim sifati va shakllangan ko'nikmalarning bunday pasayishi Rossiya ta‘lim tizimini integratsiyalashgan ta'lim g'oyasidan voz kechishga va "predmetga asoslangan" tizimga o'tishga majbur qildi, ya'ni. fanga oid o'qitish tizimi bo'yicha ta‘lim berish.1930-yillarning boshlarida sovet maktabi taʼlimning anʼanaviy fan tizimiga qaytdi.
XX asrning 50-70-yillari davrida umumtaʼlim maktablarida fanlararo aloqadorlikka katta eʼtibor berila boshlandi, oʻqitish tamoyillari va taʼlim mazmuni ishlab chiqildi. Fanlararo aloqadorlik didaktikaning yetakchi tamoyili sifatida qaralib, maktab ta’limini integratsiyalashuv usullaridan biri sifatida belgilandi.Integratsiya to'liq ilmiy tushuncha sifatida 1980-yillarning birinchi yarmida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, axborot va hayotning boshqa sohalarida jadal rivojlanayotgan o'zaro bog'liq jarayonlar fonida pedagogikada paydo bo'ldi. 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahalliy ta'limdagi integratsiya jarayonlari yana dolzarb bo'lib qoldi.1991 yil iyul oyida Moskva davlat universitetida o'n kun davomida Xalqaro o'qituvchilar konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi.Anjumanda amerikalik va rus o‘qituvchilari ishtirok etishdi. AQShda ta'lim mazmuni bo'yicha davlat standarti yo'qligi va amerikalik maktab bitiruvchilari sertifikatlarida 15-16 fan mavjudligi (Rossiyaning o'qish sertifikatlarida esa 22-24 fan mavjud) rus o'qituvchilarini hayratda qoldirdi.Shunday qilib, xorijiy maktablarda fanlar sonining qisqarishiga integratsiyalashgan kurslar va fanlar orqali erishilgan edi. {21}
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ko‘plab tadqiqotlar olib boriladi. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
A.A.Salomov yuqori sinf o‘quvchilari uchun matematikadan amaldagi o‘quv fanlarini fanlararo aloqadorlik asosida shakllantirish muammosini hal etgan.
N.I. Fayzullayeva tadqiqotlarida fanlararo aloqadodlikni didaktik jarayon ekanligini, metadologik va amaliy jihatdan bo’lajak o’qituvchilar bilm va ko’nikmalarini oshirish uchun fanlarni aloqadorligini o’rganish tizimi pedagogikada hozirgi kungacha ishlab chiqilmaganligini, umumiy o’rta ta’lim o’quv predmetlarini o’zaro aloqadorlikda o’quvchilarga o’rgatishda o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi yetishmasligini, oliy o’quv yurtlarida bu muammoga etibor berilmayotganligini ta’kidlaydi.A.E.Svitich va T.Z.Dayanayeva kabi olimlar ham fanlararo bog’lanishni muhim jihatlarini o’ tadqiqotlarida bayon etganlar. {17}
N.B.G’ofurov o’quv fanlariaro aloqadorlik asosida fizika va kimyo fanlarining o’ganilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, ushbu muammo bo’yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. {33}
Fanlararo aloqa didaktik hodisa sifatida bir qator tadqiqotlarning obyekti bo’lgan;uning tarbiyaviy tuzilishi, vazifalari, didaktikadagi o’rniga nisbatan o’quv fanlarining aloqadorligini ta’minlash nazarda tutilgan.
O’quv fanlariaro aloqadorlik asosida ta’limning g’oyaviy-tarbiyaviy darajasini oshirishning samarali yo’llari bir qator pedagog olimlarning ishlarida bayon etilgan.Jumladan: V.M. Koratova, M.N. Skatkin kabilar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot-ishlari bunga misol bo’la oladi.
O‘quv fanlariaro aloqadorlik bilmlarni o‘rganish va o‘zlashtirish yaxlitlikni ta‘minlab, milliy istiqlol mafkurasi mazmuni, mohiyati, tamoyillari, tarixiy ildizlari, barkamol insonni tarkib toptirishda tutgan o‘rni va uni shakllantishi qonuniyatlari hamda vositalarini o‘zaro uyg‘unlashtiradi.Sharq allomalari o‘z ilmiy asarlarida sharq taraqqiyoti tabiiy fanlarning ahamiyati to‘g‘risida noyob fikrlar bayon etilgan.
Yuqoridagi tadqiqot ishlariga asoslangan holda aytish mumkinki maktablarda ta’lim fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashning didaktik asoslarini ishlab chiqish dolzarb pedogogik muammolardan biri.Mazkur muammolardan kelib chiqib fanlararo aloqaning bir ko’rinishi bo’lgan “biologiya fanlarini o’qitishni takomillashtirishda kimyoviy bilmlardan foydalanish” mavzusi tanlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |