Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘quv fanlariaro aloqadorlikni amalga oshirishning asosiy bo‘g‘inlari



Download 8,8 Mb.
bet5/18
Sana23.12.2022
Hajmi8,8 Mb.
#895166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
hasanova D (2) pechatga

1.2. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni amalga oshirishning asosiy bo‘g‘inlari.
Bilim va tushunchalarni oʻzaro aloqadorlikda taqdim etish ehtiyoji insoniyat oldida turgan muammolarning borgan sari ortib borishi sabablidir. Turli turkumlardagi oʻquv fanlariga oid bilim va tushunchalarni oʻzaro aloqadorlikda oʻrganish orqali hal etilishi mumkin boʻlgan muammolar soni ham ortib bormoqda. Yangi davr kishisi uchun integrativ tarzda fikrlash imkoniyatlarini vujudga keltirish zarur. Ta’lim jarayoni natijasiga nisbatan bunday yondashish oʻquvchila tomonidan bilimlarni izchil oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Ularni bir holatdan ikkinchi holatga koʻchirib qoʻllash koʻnikmasini tarkib toptiradi. XX asrning 60-yillarida oʻqitish jarayonini faollashtirish, uni ilmiy-nazariy jihatdan rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashgan holda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash sohasidagi harakatlar kuchaydi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikning turli jihatlari oʻrganildi: chunonchi, bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish didaktik vosita; oʻquvchilarning oʻquv faoliyatida idrok etish faolliklarini rivojlantirish, ularning idrok etish qobiliyatlarini shakllantirish sharti sifatida; oʻqitishda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda ilmiylik tamoyiliga amal qilish hamda oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlikni birgina oʻquv fani doirasida ta’minlash mumkin emasligi asoslab berilgan. 70-yillarda didaktikada oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash muammosiga jiddiy e’tibor qaratildi. Ushbu muammolar tahlili asosida oʻquv fanlariaro aloqadorlikning metodologik yoʻnalishlari belgilab berildi. Ayniqsa, V.N.Fedorova rahbarligida amalga oshirilgan tadqiqotlar fanlararo aloqadorlikning nazariy asoslarini bayon etganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashning didaktik jihatlari faqatgina muayyan oʻquv fanlari mazmunida turli bilim va tushunchalarni ifodalash bilan cheklanib qolmaydi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashga oid pedagogik tadqiqotlarda uni mustaqil tadqiqot yoʻnalishi sifatida mujassam rivojlanayotgan shaxsga nisbatan pedagogik ta’sir koʻrsatish imkoniyati sifatida qarash lozim. Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda oʻquv fanlariaro aloqadorlikning tarbiyaviy ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan pedagogik sharoitda oʻqitish jarayonida tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda oʻqituvchining tutgan oʻrnini alohida ajratib koʻrsatish lozim.
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik muammolari oʻzbekistonlik olimlarning ham tadqiqotlarida yetakchi pedagogik muammo sifatida namoyon boʻlmoqda. Chunonchi, A.Ch.Choriyev, U.Q.Musayev, N.S.Fayzullayeva, T.Z.Dayanayeva, A.A. Salomov, M.K.Ashirova va boshqalar oʻquv fanlariaro aloqadorlikning turli qirralari, oʻquv-biluv jarayonini optimallashtirish imkoniyatlarini tahlil qilganlar. Hozirgi kunda ta’lim mazmunida matematik bilimlarni taqdim qilish, oʻquvchilarning yuqori darajadagi hisoblash koʻnikmalari, tafakkurini shakllantirish yuzasidan e’tiborga olinmay kelinayotgan holatlardan biri oʻquv fanlarining matematika bilan oʻzaro aloqadorligiga umumiy oʻrta ta’lim mazmunida yetarli darajada e’tibor berilmaganligidadir. Xorijiy mamlakatlarda fan va texnologiyaning jadal sur’atda rivojlanishi olimlar oldida murakkab muammolarni qoʻymoqda. Shu sababli tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi yangi nazariy va amaliy bilimlarni ta’lim mazmuniga kiritish, barcha fanlardan oʻzaro aloqadorlikda eng zarur bilim va koʻnikmalarni hosil qilish, ijtimoiy hayot tajribalari va ilm-fanning turli sohalari uchun muhim boʻlgan bilimlarni oʻquvchilar egallashlari uchun yuksak bilim va mahoratga ega boʻlgan pedagoglarni tayyorlash nihoyatda zarurdir. Mazkur vazifalarni yechish uchun oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida har bir oʻquv fanining fanlararo aloqadorlikdagi mazmunini tanlash, ta’lim jarayonida qoʻllanilayotgan soʻnggi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda oʻquv fanlarining bir - biri bilan bogʻlangan tizimini shakllantirish lozim.
"Oʻquv fanlariaro aloqadorlik" oʻquv mavzulari mazmunini atroflicha ochib berish uchun zarur. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik dars mavzularining mazmunini oʻrganish, undagi muhim qoidalarni ajratib olib oʻzlashtirishda quyidagi jarayonlarni faollashtirish imkoniyatini beradi:
• oʻquv mavzularini oʻrganish jarayonida oʻquv fanlariaro aloqadorlik holatini aniqlashga subyektiv yondashish ehtimolini pasaytirish;
• fanning muhim gʻoyalarini ochib berishda birinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan oʻquv fanlari asosiy jihatlariga oʻquvchilar e’tiborini jalb etish;
• doimiy ravishda idrok etishni murakkablashtirib borib, oʻquvchilar ijodiy tashabbuskorligi va oʻquv-biluv faoliyati mustaqilligi koʻlamini kengaytirish, koʻp tomonlama oʻquv fanlariaro aloqadorlikni samarali yoʻlga qoʻyish uchun didaktik vositalarning har xil turlarini qoʻllab, oʻquv fanlariaro aloqadorlikdan foydalanish boʻyicha tashkiliy ishlarni bosqichmabosqich amalga oshirish;
• turli didaktik vositalar yordamida oʻquv fanlarining oʻzaro uzviy birlikda oʻzlashtirilishiga erishish;
• oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy hamkorlikni vujudga keltirish;
• hozirgi zamon talablari asosida oʻquvchilar ilmiy dunyoqarashini ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlari bilan aloqadorligi vositasida, ijtimoiy hayot bilan hamohang shakllantirish.
Boshlangʻich ta’lim jarayonida oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash faqatgina mantiqiy qoidalar koʻrinishida qurilishi kerak emas, balki unga erishish yoʻllarini koʻrsatish lozim. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash turli ta’lim sohalari mazmunida taqdim etiladigan bilim va tushunchalarni bir xilda talqin qilishni koʻzda tutadi. Birgina tushunchaning turli oʻquv fanlari tarkibidagi mazmunini oʻquvchilarga oʻquv fanlari orqali ochib berish zarur. Agar oʻqituvchi umumiy tushunchalar va gʻoyalarni oʻzlashtirish darsning asosiy maqsadi deb hisoblasa, unda oʻquvchilar tushunchalar mohiyatini toʻla tushunishlari kerak. Fanlararo aloqadorlik asosida tanlangan muayyan oʻquv fanining mazmuni u yoki bu fanga aloqador boʻlgan ba’zi umumiy ifodalardan iborat. Boshlangʻich sinflarda amalga oshiriladigan ta’lim jarayonida oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash oʻquvchilarning bilimlarini tizimlashtirishga, ularning mustaqil fikrlash koʻnikma va malakalarini shakllantirishga, ta’limning quyi bosqichlarida egallagan bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik asosida bilimlar oʻzlashtiriladi va hisoblash malakalari inson faoliyatining barcha sohalarida qoʻllaniladi.
Turli oʻquv fanlari boʻyicha oʻzlashtirilgan bilimlarni bir darsda oʻrganilayotgan yangi mavzu bilan birlashtirish darsda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashga yordam beradi. Aynan ushbu jarayon oʻquvchilarning atrof, borliq, inson, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi va boyitadi. Ular asosida oʻquv fanlarining umumiy oʻrganish obyektlari hisoblangan, oʻquv fanlaridan egallangan bilimlarni umumlashtirish vazifasini samarali hal etadi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikning nazariy asoslari mazmunida ularni oʻzlashtirishga yordam beradigan didaktik imkoniyatlar namoyon boʻladi. O’quv fanlari oʻzaro aloqadorlikda yaxlit tizimni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida muayyan bir oʻquv fani qolgan barcha oʻquv fanlarini umumlashtiruvchi xarakterga ega boʻlib, ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi. Pedagogik mahoratni oshirishga va oʻqitishning boshqa turli vazifalarini hal etishda pedagogik jamoaning birligini ta’minlashga imkon beradi. Muntazam tarzda tatbiq qilinadigan oʻquv fanlariaro aloqadorlik turli sohaga oid bilimlarni oʻzlashtirish, ulardan doimiy foydalanish oʻquvchilar egallagan koʻnikma, malakalarini mustahkamlashga ham yordam beradi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik oʻquvchilarda oʻquv-biluv faoliyatini rivojlantiradi. Oʻquvchining bilim olishga boʻlgan qiziqishi hamda oʻquv-biluv jarayonining samaradorligini oshiradi. Oʻquvchilarni tarbiyalash imkoniyatini kengaytirib, ularning shaxsiga har tomonlama ta’sir koʻrsatadi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik bilimlarni tizimli oʻzlashtirish, oʻquv-biluv jarayonini yaxlit tashkil etishning didaktik imkoniyatlaridan biridir. Tahlil etilgan materiallar oʻquv fanlariaro aloqadorlik mohiyatini talqin qilishga yangicha yondoshishga va ularni faqatgina fanlar oʻrtasidagi bogʻliqlik didaktik ekvivalenti sifatidagina emas, balki fanning ijtimoiy ong va inson faoliyati boshqa turlari bilan ham aloqadorligini oʻrganishga imkon beradi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik oʻquvchilarning idrok etish faoliyatlarini shakllantirib, rivojlantirib borish asos sifatida belgilab olingan oʻquv fani gʻoyalari va metodlariga tayangan holda amalga oshiriladi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik oʻquvchilarning oʻzlashtirish qobilyatlarini jadal shakllantiradi va oʻquv fanini ilmiylik asosida qurishga xizmat qiladi.
Tahlil etilgan materiallar oʻquv fanlariaro aloqadorlik mohiyatini talqin qilishga yangicha yondoshishga va ularni faqatgina fanlar oʻrtasidagi bogʻliqlik didaktik ekvivalenti sifatidagina emas, balki fanning ijtimoiy ong va inson faoliyati boshqa turlari bilan ham aloqadorligini oʻrganishga imkon beradi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik oʻquvchilarning idrok etish faoliyatlarini shakllantirib, rivojlantirib borish asos sifatida belgilab olingan oʻquv fani gʻoyalari va metodlariga tayangan holda amalga oshiriladi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik oʻquvchilarning oʻzlashtirish qobilyatlarini jadal shakllantiradi va oʻquv fanini ilmiylik asosida qurishga xizmat qiladigan umumiy tamoyillarni ochib beradi. Boshlangʻich ta’lim jarayonida oʻquv dasturlarni oʻquv fanlariaro aloqadorlik asosida takomillashtirish va mazmunan bir-biriga yaqin fanlarni oʻrganishni muvofiqlashtirish muammolarini ilmiy asosda hal qilish zaruriyati mavjud. Integrallashish natijasida oʻquv fanlarining mazmuni oʻzgaradi. Shuning uchun boshlangʻich sinflarning yangi dasturlarida har bir oʻquv fanini mazmunan ilmiy jihatdan boyitishga erishildi. Egallanishi zarur boʻlgan tayanch bilimlar ajratib koʻrsatildi. Oʻquv fanlari mazmunida ijtimoiy ongning turli shakllari va mazkur fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi oʻz aksini topdi.

Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish