Termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


-jadval Yalpi ichki mahsulot real kamayish/o‘sish sur’ati, %da



Download 93,03 Kb.
bet8/15
Sana11.03.2022
Hajmi93,03 Kb.
#490986
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
BISMILLAH DISSERTATSIYA

1.3-jadval
Yalpi ichki mahsulot real kamayish/o‘sish sur’ati, %da
(XVJ prognozlari) 12

Hudud

2020 y

2021 y.

Jahon

- 3

5,8

Rivojlangan mamlakatlar

– 6,1



4,5

AQSh

– 5,9

4,7

Yevrohudud

– 7,5

4,7

Yaponiya

– 5,2

3

Buyuk Britaniya

– 6,5

4

Kanada

– 6,2

4,2

Boshqa rivojlangan mamlakatlar

– 4,6

4,5

Rivojlanayotgan mamlakatlar

– 1

6,6

Xitoy

- 1,2

9,2

Hindiston

- 1,9

7,4

Rossiya

– 5,5

3,5

Braziliya

– 5,3

2,9

Saudiya Arabistoni

– 2,3

2,9

Janubiy Afrika Respublikasi

– 5,8

4

Past daromadli rivojlanayotgan mamlakatlar



0,4

5,6

O‘zbekiston Respublikasi

1,8

7

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borishi o‘ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi apitallarning oqib o‘tishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo‘lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O‘z-o‘zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.


Yuqori samaradorlikka erishgan iqtisodiy tizimlarning jahon amaliyotidan yaxshi ma’lumki, raqobatbardoshlik ustuvorliklari ishlab chiqarish texnologiyalari, boshqaruv, tovarlarni siljitishni tashkil qilishga asoslangan bo‘lsa, iqtisodiy tizimning raqobatbardoshligini ta’minlashda klaster mexanizmi va zamonaviy innovatsion rivojlanish prinsiplaridan kompleks foydalangan holda erishish mumkin. Ushbu holda aksariyat iqtisodiyoti rivojlangan va iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqbolli tarmoqlar va tadbirkorlik yo‘nalishlarni qo‘llab -quvvatlashda klaster yondashuvi samarali deb topilgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida klasterlar yillar davomida samarali rivojlangan va ichki hamda tashqi bozorlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan klasterlar innovatsion klasterlar sifatida rivojlanishi bo‘yicha islohotlar faol amalga oshirilmoqda. Bunday klasterlar, AQSh, Avstraliya, Yaponiya, Fransiya, Braziliya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Hindiston, Ispaniya, Malayziya, Norvegiya, Janubiy Koreya, Singapur, Sloveniya, Finlyandiya, Shvesiya mamlakatlarida mavjud.
Bizning fikrimizcha O‘zbekistonda tarmoqlar iqtisodiyotini rivojlantirish, xususan ishlab chiqarishda innovatsion taraqqiyot yo‘nalishidan borish maqsadida “Innovatsion taraqqiyot fondi”ni tashkil qilish, mazkur fondni bir qator rivojlangan davlatlar tajribasi asosida shakllantirish maqsadga muvofiq. Bunday fond notijorat tashkiloti shaklida bo‘lib, uning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilanishi lozim: tarmoqlar iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiy inqiroz davrida tarmoqlar va sohalar uchun innovatsion taraqqiyot strategiyalarini ishlab chiqish va asoslash, mamlakatdagi texnologik taraqqiyot tendensiyalarini istiqbollash hamda shu asosda ilmiy-texnik ustivorliklarni aniqlash, innovatsion faoliyatni bevosita va bilvosita usullar bilan rag‘batlantirish, turli tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar va xususiy firmalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadaga muvofiq.
Xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ajratilayotgan kreditlar va beg‘araz yordamlarini iqtisodiyot tarmoqlarini, xom ashyo resurslarini qayta ishlaydigan sohalarni, import o‘rnini bosuvchi oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashga jalb qilish bo‘yicha aniq dasturlar ishlab chiqish maqsadga muvofik bo‘ladi. Ushbu sohalarni rivojlantirish natijasida keltirilgan foydalar hisobiga uzimiz boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga erishsak xalkaro moliyaviy institutlar tomonidan berilayotgan kreditlardan foydalanish samarali bo‘ladi.



Download 93,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish