1.2-jadval
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishlari8
2020 yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2020 yildan boshlab barqaror iqtisodiy o‘sishni 5,0-5,5 foiz darajasida ta’minlashga yo‘naltirilgan makroiktisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish
|
-Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash.
- sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni rag‘batlantirish, tapmoqlapapo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillshtirish;
-davlat xaridlari tizimida xusysiy tadbirkorlik syb’ektlarining ishtirokini kengaytirish, hududlardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infratyzilmasi ob’ektlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilarmonlik va raqobat muhitining qulayligini oshirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
- investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish
va qo‘shilgan qiymatning
ishlab chikarish “zanjirlari”ni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini rag‘batlantirish uchun ichki
manbalarni kengaytirish yo‘li bilan
faollashtirish.
|
Shunisi e’tiborga joizki, bugungi kunda respublikada qabul qilingan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, qonunosti va me’yoriy hujjatlar investitsion faollikning o‘sishi, tarmoqlar tarkibining iqtisodiyotni boshqarishni barcha miqyoslarida maqsadli yo‘naltirilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun qulay muhit yaratadi.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashning dastlabki bosqichidayoq tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqaror iqtisodiy o‘sishni va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biri ekanligi belgilab olindi. Faoliyat ko‘rsatib turgan institutlar: davlat boshqaruvi, moliya tizimi, tarkibiy tuzilmani rivojlantirish iqtisodiy islohatlarning asosi bo‘lmog‘i kerak. Tizimli (institutsional) o‘zgarishlar– bu kelgusidagi iqtisodiy o‘sishning tayanch nuqtasini barpo etishning yagona imkoniyati hisoblanadi. Davlatning ushbu sohadagi butun siyosati kelgusi o‘sish salohiyatini saqlab qolgan holda pandemiyadan keyingi shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilishi lozim. Bu ayniqsa, agar tizimli o‘zgarishlar, odatda, qaytarilmaydigan xususiyatga ega bo‘lganida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari keyingi yillarda investitsiyalar bo‘yicha 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinib, investitsiyalarni jalb qilish, ulardan samarali foydalanishni boshqarish faoliyati bo‘yicha tegishli huquqiy-me’yoriy asoslar yaratilgan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 y. PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni; O‘zb. Res.V.M.sining 01.05.2006 y. 74-son “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarini belgilashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 yildagi «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori tarmoqlar tarkibini takomillashtirish va investitsiyalarni huquqiy tartibga solish tizimini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar amaldagi qonunchilik hujjatlarining iqtisodiyot rivojlanish sur’atlarini ta’minlashda asos bo‘lmoqda.
Bizning fikrimizcha tarmoqlar o‘rtasida raqobat muhitini yaratishda, monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab chiqishda va raqobat mexanizmining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Tarmoqlar tarkibini rivojlantirishda yangi zamonaviy tarmoqlarni barpo etish, mavjud ularni rivojlantirish, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish bilan bir qatorda, ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etish, yangicha ishlab chiqarishni ta’minlovchi intelektual asosni yaratishni ham taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |