Termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


O‘ZBEKISTON IQTISODIYoTINING TARKIBIY TUZILIShI VA UNING O‘ZGARISh TENDENSIYaLARI



Download 93,03 Kb.
bet13/15
Sana11.03.2022
Hajmi93,03 Kb.
#490986
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BISMILLAH DISSERTATSIYA

2.2.O‘ZBEKISTON IQTISODIYoTINING TARKIBIY TUZILIShI VA UNING O‘ZGARISh TENDENSIYaLARI
Globallashuv va jahon taraqqiyotining zamonaviy bosqichida davlatlar sanoat tarmoqlarining rivojlanishi bir tomondan mavjud resurslardan samarali foydalanish, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini innovasion texnologiyalar acocida ta’minlash hamda yuqori darajadagi ixtisoslashish sharoitida kechmoqda. Zero, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi sanoat tarkibida ko‘pchilik ishlab chiqarish bo‘g‘inlari shakllanishini kengayib borishini namoyon etmoqda. 2019 yilda jahon YaIMda sanoatning ulushi 25 % ni, mazkur tarmoqda band bo‘lganlar hissasi esa 23 %ni tashkil etdi15.
Jahon YaIMning umumiy hajmida sanoatning ulushi yaxlit ho lda Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo va Janubiy Afrika mamlakatlarida eng yuqori bo‘lib, Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishi va ish bilan bandlik har bir mamlakatning iqtisodiyotiga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari ijobiy bo‘lib bormoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.
Iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya va aholi bandligi har qanday mamlakatda asosiy makroiqtisodiy masalalardan biri hisoblanadi. Muammo shundaki, bu vazifalarning barchasini maqsad qilib olgan hukumat ularga bir vaqtda erisha olmaydi: mamlakat yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichiga erishsa, inflyatsiya darajasi ham baland bo‘lishi, past inflyatsiya bo‘lganda esa ishsizlik darajasi o‘sib ketishi va ish bilan bandlik darajasining pasayishi kutiladi. Shu sababli, dunyo mamlakatlari tajribasida inflyatsiya darajasini ma’lum darajada ushlab, iqtisodiy o‘sishni maksimallashtirish kabi maqsadni o‘z oldiga qo‘yish kuzatilmoqda.
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning real holatini aks ettiradi. Tarmoqlar tarkibi va ularni qayta qurish muammolari, ayniqsa, bir iqtisodiy bosqichdan boshqasiga o‘tish davrida, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy muammolaridan biriga aylanadi.
Shu sababli, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev16 “...mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari tarkibi va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘zsiz hal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur” – deb qat’iy ta’kidlab o‘tdi. Bu esa mamlakatimizda YaIMning tarmoq tarkibini takomillashtirish masalasi naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini anglash mumkin. YaIMni tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilib o‘rganish - yaxlit iqtisodiyotning tarkibiga kiruvchi alohida tarmoqlarning shu mahsulotni yaratishdagi o‘rni va hissasini aniqlashga yordam beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda yaratilayotgan YaIMning tarkibida sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, shu jamladan, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish kabi sohalarning o‘rni va hissasi salmoqli o‘rinni egallaydi.
Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda “Yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish”17 masalalari eng dolzarb vazifalardan biri qilib belgilanganligi respublika iqtisodiyotida sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga naqadar katta ahamiyat berilayotganligidan dalolat beradi. Keyingi yillarida sanoat tarmog‘i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining (2000 yilda 34,4 foizdan 2020 yilda 16,2 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendensiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining kamayishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ijobiy o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari fonida sodir bo‘ldi.
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi. Sanoat tarmog‘ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo‘shgan holda) ulushi 2000 yildagi 23,1 foizdan 2020 yilda 38,5 foizgacha oshishi ta’minlandi, shu o‘rinda sanoat ishlab chiqarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni quyidagicha guruhladik (2.2-rasm).


Download 93,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish