9.3. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari.
Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda 0‘qituvchining mehnat qilayotgan
joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi
tamoyillar
asosida takomillashtirilib boriladi.
Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra aniq bir yo‘nalishni
belgilash o'qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir.
Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o'zlashtirib qizg'in pedagogik faoliyat
uslubini belgilash.
Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va kompyuter
texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko'nikma
va malakalami shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’tiborga olinadi.
To'rtinchi tamoyil taiim-tarbiya birligini ta’minlagan holda pedagogik faoliyatni rejalashtirish.
Ushbu tamoyil reja asosida taiim-tarbiyaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish,
tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan.
Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani
tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol topti- rishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas,
bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va
hisobga olish o'qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va
kamchiklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi. Hisobga olishning eng maqbul
yo'li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazoratda obyektivlik, omilkorlik, samaradorlik,
muntazamlilik va oshkoralik talab qiladi.
0‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi, izchilligi
quyidagilardan tashkil topadi:
•
o‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi tomonidan nazorat qilinishi;
•
darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va o‘zining yutuq va kamchiiiklarini
kuzatish;
•
o'qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi nazorat qilishi;
•
ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni nazorat qilish;
•
o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish.
0‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil qilish mamlakatimizning
mustaqillik prins iplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir
yosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnatini
pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, turli jamoatchilik markazlari bilan o'zaro
puxta hamkorlikda olib borgandagina ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |