38
turib doimo nimalarnidir oz-ozdan yo‘qotishimiz mumkin, lekin bir yil ichida bu
yo‘qotishlar sezilarli summani tashkil etadi. Vaholanki, bu pulga o‘ziga yoki o‘z
oilasiga birorta kerakli narsani sotib olish mumkin bo‘lardi. Shunday ekan,
iqtisodni matematika bilan uyg‘un xolda bilmaslik har qanday kishi uchun
zararlidir. Chunki u doimo o‘zi uchun kerakli puli, vaqtini yo‘qotadi, yaxshi
imkoniyatlarni boy beradi. Iqtisod bilan matematikani yaxshi bilish hayotga to‘g‘ri
tayyorlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, iqtisodiy tarbiya jarayonida bolalarda maqsadga muvofiq
ravishda mehnat qilish, mehnat unumdorligini oshirishga intilish, o‘zi va jamoa
mehnatiga, ish vaqtiga nisbatan tejamkor, rejali bo‘lish ehtiyojini shakllantirish
muhimdir. Iqtisodiy tarbiya ishlab chiqarish qurollariga, mehnat predmeti va
jarayoniga ongli munosabatning paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Bog‘chada tejamkorlik, extiyotkorlik ko‘nikmalari va odatlarini avvalo
bolalarning vaqt budjetiga, shaxsiy buyumlarga bular asosida umuman ijtimoiy
mulkka nisbatan shakllanadi. Bunga faqat malakani emas, balki extiyojiga qarab
ish ko‘rish odatini tarkib toptirish muhimdir.
Tejamkorlik va omilkorlik munosabati mehnatdagi mas’uliyatsizlik
faktlariga murosasizlik bilan birgalikda jamoat mulkini orttirishga olib keladi.
Tarbiyada bu ikki vazifa bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning mazmuni quyidagi masalalarni o‘z ichga
olishi kerak.
-iqtisodiy rivojlantirishning o‘zbek modeli va jamiyatni yanada
takomillashtirishda
uning ahamyati;
-O‘zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirishda
davlatning roli;
-O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyisloxotlarning asosiy tamoyillari;
-O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga kirishi zarurligi va
uning vazifalari;
-O‘zbekiston davlat tuzilishining milliy shakliga, jamiyat ishlarini
demokratik boshqaruviga o‘tishining mustaqil yo‘li;
-barqarorlik tushunchasi, uning asosiy belgilari, barqarorlikni ta’minlash
omillari;
-O‘zbekistonda narxlarni liberalizatsiyalash va bozor infrastrukturasining
shakllana boshlashi;
-O‘zbekiston
Respublikasida
samarali
soxaviy-ishlab
chiqarishni
shakllantirish yo‘llari va yo‘nalishlari. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarga
javob tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning asarlari
so‘zlaran nutqlari dastlabki manbalardan hisoblanadi.
Ammo, ilmiy-texnika taraqqiyoti nuqtai nazardan, hozirgi kunda bog‘cha
yoshining kasbiy tayyorgarligini tashkil etishning eskirib qolgan forma va
metodlariga tayanadi. U ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib
borishda, juda sodda, ba’zan xonaki bog‘cha xo‘jaligiga asoslanadi. Keskinlashib
borayotgan qarama-qarshiliklar bog‘cha yoshlari orasida salbiy hodisalar: siyqa
mazmunli va sodda mehnati bilan bog‘liq ishlarni bajarishni istamaslik, dangasalik
va mehnatga beparvo bo‘lish, pala-partishlik, o‘ta intizomsizlik, mehnatning
yomon tashkil etilishi va mehnat unumdorligining pastligiga odatlanish kabi
39
holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning maqsadi yosh avlodni
mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarda ongli va iqtisodiy savodli ishtirok
etishga tayyorlashdan iborat. Bu esa islohatlarning o‘tkazilishini ancha
tezlashtiradi, iqtisodiyotni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni
qisqartiradi. Iqtisodiy ta’lim bolara ehtiyoj turlari va ularni qondirish manbalari
hakida, tanlash zarurligi to‘g‘risida, inson va jamiyat hayotida pulning roli haqida,
daromadlaring manbayi va oila sarf-xarajatlari strukturasi to‘g‘risida tushunchalar
berish (tasavvur hosil qilishi) kerak. Bolalarning tovarga va xizmatlar haqidagi,
ularni qanday hosil bo‘lishi, ishlab chiqaruvchining munosabatlari, savdo
tashkiloti va iste’molchi to‘g‘risidagi, mulkning nima ekanligi haqida bilimlari
yuqorida aytib o‘tilgan tasavvur (tushuncha)larga asoslanishi kerak. Bolalarni ko‘p
darajali iqtisodiyot: bog‘cha va uy-xo‘jaligi, korxona, regional xo‘jalik va
iqtisodiyoti olamiga olib kirishi lozim. Uni o‘z oilasining iehtiyojlarini, shu
jumladan o‘z ehtiyojlarini tahlil qilishga, ulardan birinchilari-hayotiy muhimlarini
ajratib ko‘rsatishga, oila ehtiyojlarini qondirishda oila budjeti imkoniyatlarini
aniklashga o‘rgatish kerak. Unga o‘z pullaridan qanday qilib yaxshiroq
foydalanish, magazinlardan eng oddiy narsalar xarid qilish haqida gapirib berish,
ehtiyojlarini qondirishda mehnatning ahamiyatini tushuntirishi lozim. Jamiyatning
yacheykasi sifatida oilaning stabillashuv, ommaning islohatlarni tushunishi va
qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish oldida
qo‘yilgan maqsadga erishishning muhim natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: