PARMALAR VA PARMALASH USULLARI
Parmalash — kesish yo‘li bilan materiallarga teshik ochish demakdir. Bu yerda kesish asbobi sifatida parma xizmat qiladi.
Parma ishchi quyrug‘i va kesuvchi qismlardan iborat. Parma-ning tuzilishi rasmda ko‘rsatilgan.
Parma konstruksiyasiga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi:
Perosimon parma — bu oddiy parma bo‘lib, keskich qismi peroga o‘xshashdir.
Markaz parma — bu parmaning kesuvchi qismi parmalanadigan detallda markaz hosil qilib teshib boradi.
Parmalar U10A va U12A markali po‘lat materialidan yasaladi. Ammo stanokda foydalaniladigan parma R18 va UxS markali po‘latdan tayyorlanadi.
Parmaning ishlash protsessi. Parmaning aylanma harakatiga
bosim berilganda, u metalldan qatlam oladi. Turli xil metallni parmalashda ulardan chiqadigan qirindi har xil bo‘ladi.
Tishli uzatmali qo‘l dreli bilan diametri 5—12 mm bo‘lgan teshiklarni parmalash mumkin. Drelni ishlatishda parmani patronga qistirib qo‘yiladi, chap qo‘lga dasta olinadi, o‘ng qo‘l bilan esa harakatga keltiruvchi dasta aylantiriladi. Bunda konussi-mon tishli shesternyaga harakat uzatiladi, undan shpindel hara-katga keladi.
Parmalashda parma detalga perpendikulyar turishi va teshish oxiriga yaqinlashganda parmalash harakati sekinlashtirilishi loziм.
.
Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Kvadrat muhrali slesarlik bolg‘asi
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD.
1. Kvadrat muhrali slesarlik bolg‘asi tayyorlashda chilangarlik egovlari va parmalari bilan ishlashni о‘rganish.
Kvadrat muhrali slesarlik bolg‘asi tayyorlash uchun material tanlash.
Kvadrat muhrali slesarlik bolg‘asi tayyorlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Kvadrat muhrali slesarlik bolg‘asi tayyorlashning ish chizmasini chizish.
ISHNI BAJARISHGA DOIR MA’LUMOTLAR.
Slesarlik ishida ikki xil — yumalok. muhrali va kvadrat muhrali bolg‘alar ishlatiladi. Bolg‘aning muhrasiga qarama-qarshi tomoni uning uchi deb ataladi. Bolg‘aning uchli tomoni pona shaklda bо‘lib, qirrasi yumaloqlangan bо‘ladi. Metallni parchinlaganda turrilaganda va chuzganda bolg‘aning uchidan foydalaniladi, metallni tarashlash vaqtida zubilo yoki kretsmeyselga bolg‘aning muhrasi bilan о‘riladi.
Bolg‘alar fakat slesarlikdagina emas, shuningdek, duradgorlik tokarlik va boshqa ustaxona praktikumlarida ham ishlatiladi
Bolg‘ani konstruksiyalashda qо‘yidagi texnikaviy talablar bajarilishi kerak.
Bolg‘a muhrasining yuzasini silliklash zarur.
Bolg‘aning ish kismi yorilmagan, g‘adirbudursiz va bо‘yalgan bо‘lishi kerak.
Bolg‘a og‘irligidagi farq, 5 protsentdan oshmasligi lozim.
Bolg‘ada albatta tamg‘asi bо‘lib, unda uning tayyorlangan joy va markasi kо‘rsatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |