I SHNI BAJARISH TARTIBI:
Ishni bajarish uchun zarur jixozlar,materiallar va asboblar:
Chilangarlik asboblar Parmalar. Parmalash stanoklari va parmalash moslamalari. Drellar,zenkirlar. Parmalash stanoklari va drellarni ishlatishda texnika xavfsizligi qoidalari plakatlari ,bolg’a,arra,zubila, egovlar,ombur,yassi jag’li ombur,dumaloq lag’li ombur,sim zagatovkalar,kantrol o’lchov asboblari va amaliy ishlarning ish chizmalari,chilangarlik tiskilari moslamalar.
.
Amaliy ishni bajarishdagi hisobatlarga quyidagilar kiritiladi:
1. Teshik ochish uchun parmalarni tanlash.
2. Drellar bilan teshik ochish asboblari,ulardan foydalanish usullari mavzulari boyicha refarat tayyorlash.
3. Malatok, tayyorlashni amaliy bajarish.
Mustaqil ta'lim uchun topshiriqlar
Metrik sistemadaki rezbalarni turlari va ularni qo’llash..
Nazorat uchun savollar:
Rezba kesish deb nimaga aytiladi?
Vint chizig‘i deb nimaga aytiladi?
O‘ng va chap vintchiziqlariningfarklanishini tushuntirib bsripg.?
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Charxlash. Charxlash stanogining turlari va ishlatilishi.
Ishdan maqsad.
Charxlash. Charxlash stanogining turlari va ishlatilishi. Chilangarlik ishlarida kesuvchi asboblarni charxlash usullari. Charxlash stanogida ishlaganida xavfsizlik texnikasi qoidalari. bilan tanishish,ishlash usullari o’rganish ish malakasi hosil qilish
Ishni bajarishga doyir ma’lumotlar:
Elektrik charx:
1-stanina; 2-qopqoq; 3-ehtiyot oynasi; 4-charx tosh; 5- tirgak; 6-tirgakni qotirish vinti; 7-boshqarish qutisi.
Elektr charxlarda charxlashda shikastlanmaslik uchun ishlayotgan odam toshnyng yon tomonida turib charxlashi lozim. Shuning-dek, tosh ishlayotgan odamga yoki tig‘ga qarama-qarshi tomonga aylanishi kerak. Aks holda charxlash vaqtida uchib chiqqan kukun ko‘zga zarar yetkazadi. Bundan qat’i nazar himoya ko‘zoynagi taqib ishlash yoki stanokka o‘rnatilgan himoya oynagini tushirib olish, kukun xonadan tashqariga chiqarib yuboriladigan bo‘lishi kerak.
Elektr charxlarda tirgak bor, ishchi qo‘liny unga tiragan holda tig‘ni toshnyng o‘ng va chap chetlariga surib charxlash ishini bajaradi. Agar tig‘ni surib turmasdan bir joyda tutib turilsa, tosh o‘yiladi va charxlash tekis chiqmaydi. Tirgak bilan tosh orasida 2—3 mm masofa qoldirib o‘rnatilishi kerak. Charxlash protsessida toshnyng diametri kichiklashib, tirgak bilan tosh orasidagi masofa kattalasha boradi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan tirgakni toshga yaqinlashtirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |