Elektr tokndan shikastlanganda birinchn yordam
Agar shikastlanuvchi hushidan ketgan bo‘lsa yoki unda hayotlik belgilari ko‘rinmasa tezda vrach chaqirish va sun’iy nafas oldirish kerak. Shikastlangan kishi nafas ola boshlagandan so‘ng, vrach kelganga qadar issiq kiyim bilan yopish kerak, chunki sovuq orgaiizm uchun zararlidir.
Bir necha hollarda shikastlangan kishi tok ta’siridan o‘zn qochib qutulishi mumkin bo‘lmaydi, chunki tok ta’siridan tomir-lari tortishib qoladi. Shikastlanuvchiga yordam berish uchun tezda elektr qurilmani yoki uning tegishli qismini tokdan uzish kerak. Tokni uzish mumkin bo‘lmasa (rubilnik uzoqda joylashgan yoki unga tegish xavfli bo‘lsa), u holda shikastlanuvchini tok o‘tkazuzchi qismdan ajratish uchun:
rezinka kalish va qo‘lqop kiyib yoki qo‘lga quruq mato o‘rab, kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismdan odamni tortib olish;
shikastlangan kishi kiyimining quruq joyidan ushlab, uni tok o‘tkazuvchi qismdan ajratish;
yog‘och dastali bolta bilan tarmoq simlarini birin-ketin uzib tashlash (kuchlanish 250 v dan ortiq bo‘lmaganda!) kerak.
Maktab elektrotexnika xonalarida ishlayotganda texnika xavfsnzligi qoidalari
Ustaxonada o‘zini tutish tartib qoidayaari
1Sergak, tartibln, ehtiyotkor bo‘ling; o‘qituvchining og‘zaki va yozma ko‘rsatmalarnpi to‘g‘ri bajaring.
2.Uqituvchining ruxsatisiz ish o‘rningizdan ketmang.
3.Ish o‘rningizga asboblar, instrumentlar, materiallar,jihozlarni ‘qituvchi ko‘rsatgan tartibda joylashtiring.
4.Vazifani bajarish uchun zarur bo‘lmagan buyumlarni ish o‘rningizda saqlamang.
ELEKTROTEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
1.O’qituvchining ruxsatisiz elektr manbalarini ulamang.
2.Elektr zanjiripi yig‘ish, ularni qayta ulash, elektr tuzilmalarini montaj qilish va remont qilish ishlarini elektr manbalarini uzgandan so‘nggina bajaring.
3.Elektr qurilmaning elektr manbaida yoki boshqa qismlarida kuchlanish boryo‘qligini tekshirish lampochkasi yoki kuchlanish ko‘rsatkichi bilan tekshiring.
4.Simlarning iaolyatsiyasi yaxi1i ekanligini, ularning uchlarmda ulagichlar bo‘lishini tekshiring, elektr zanjirini yig‘ishda simlarni tartibli joylashtiring hamda ulagichlarni klemmalar bilan mahkam siqing.
5.Elektrotexnika ishlarini bajarishda kuchlanish ostidagi ochiq tok o‘tkazuvchi qismlarga bexosdan tegib ketishdan ehtiyot bo‘ling. :
6.Elektr manbaidan elektr zanjirini uzgandan keyin ham kondensatorga tegib ketmang; ularni avval zaryadsizlash kerak.
7.Ishni yoki navbatdagi kuzatishni tugatgandan keyin elektr manbaini uzing, so‘ngra elektr zanjirini ajrating.
8.Shchitlar, asboblar, apparatlardagi saqlagichlarni faqat o‘qituvchi ruxsati bilan va elektr manbaini uzib, almashtiring.
9.Kuchlanish ostidagi elektr tuzilmada buzilgan joylarni payqab qolsangiz elektr manbaini tezda uzing va bu haqda o‘qituvchini xabardor qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |