EKTROTEXNIKA MATERIALLARI, BUYUMLARI VA ULARNI ISHLATISH
ELEKTROTEXNIKA MATERIALLARINING KLASSIFIKATSIYASI
Elektr qurilmalari yasash uchun ishlatiladigan materiallar elektrotexnika materiallari deyiladi. Elektr tokini o‘tkazish qobiliyatiga ko‘ra ular uch gruppaga bo‘linadi: o‘tkazgich materiallar, elektr izolyatsiya materiallari (dielektrik materiallar), yarim o‘tkazgich materiallar. Birinchi turga elektr tokini o‘tkazadigan materiallar, ya’ni barcha metallar, ko‘mir, tuzlar, kislotalar va ishqorlar eritmalari kiradi. O‘tkazgich materiallardan elektr qurilma-ning tok utadigan qismlari yasaladi. Ba’zi o‘tkazgichlardan elektr qurilmalarning konstruksiya qismlari tayyorlanadi, masalan, po‘latdan—elektr mashinalar korpusi, shchitlar, tok utadigan qismlar mahkamlanadigan koistruksiyalar, alyuminii va qo‘rg‘oshindan — kabel qoplamalari va elektr qurilmalarning tok o‘tishi mo‘ljallanmagan boshqa konstruksiya qismlari tayyorlanadi.
Elektr izolyatsiya materiallaridan elektr toki o‘ta olmaydi. Bunday materiallarga havo, vodorod, inert gazlar, mineral moylar, smola, parafin, quruq yog‘och, gazlama, qog‘oz, plastmas-salar, rezinka, slyuda, shisha, sopol kiradi. Elektr izolyatsiya materiallari elektr qurilmalarining tok o‘tkazadigan qism-larini bir-biridan va konstruksiya qismlaridan yzolyatsiyalash uchun ishlatiladi. Elektr izolyatsiya materiallaridan ham elektr qurilmalarining konstruksiya qismlari tayyorlanadi, masalan, g?lastmassalardan — elektr o‘lchov asboblari va elektr apparaturalarning korpuslari, shchitlar, rubilniklarning dastalari, sopoldan — reostatlar va elektr bilan qizdirish asboblarining asoslari yasaladi.
Elektr tokini o‘tkazish qobiliyati jihatidan o‘tkazgichlar va dielektriklar orasida turadigan materiallar yarim o‘tkazgich materiallarga kiradi. Yarim o‘tkazgich materiallarning xossalari va ishlatilishi haqida bu kitobning oltinchi bo‘limida mufassal gapiriladi.
Yaxshi magnitlanadigan materiallar magnit materiallari deyiladi. Bunday materiallarga temir, po‘lat va tarkibida temir bo‘lgan ba’zi qotishmalar kiradi. Magnit materiallardan transformatorlar, drosseldar uzaklari, elektr mashinalar stator va rotorlari va hokazolar yasaladi. Elektr qurilmalari yasash uchun magnit materiallariing ishlatilishi haqida bu kitobning beshinchi va oltinchi bo‘limlarida mufassal to‘xtaymiz.
Elektr qurilmalarini yasash va montaj qilish uchun yana yelimlar, emal, lak, kavshar va shunga o‘xshash materiallar ishlatiladi. Ularni yordamchi elektrotexnika materiallari deb yuritiladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |