TSD-120 tipidagi o‘yuvchi moslamali yog‘och ishlanadigan tokarlik
dasgohi:
1- stanina; 2- oldingi babka; 3-kegingi babka; 4- tirgak;5- o‘yuvchi mosla na stoli.
Tirgakni markazga moslab o’rnatishdi.
Tokarlik iskanalari:
a — yo‘nuvchi (Reyer), b — qirquvchi (mayzel).
Yog‘och] ishlanadigan tokarlik dasgohida qo‘llaniladngan ish usullari:
a — vilka va markaz orasig‘a o‘rn atib ishlash; b — ryumka-patronga o‘r-natib ishlash; v — pyaanshaybag‘a o‘rnatib ishlash.
YOG‘OCH ISHLANADIGAN TOKARLIK STANOGIDA O’TKAZILADIGAN AMALII MASHG‘ULOTLAR
Yog’och ishlanadigan tokarlik stanoklarida amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda har bir stanokka ikkitadan o‘quvchi biriktiriladi. Bunda bir o‘qo‘vchi ishchi, ikkinchi o‘quvchi nazoratchi vazifasini o‘taydi. Nazoratchi o‘quvchi ishchi o‘quvchining ishiga aralashmaydi; stanokni ishga sozlashga, yog‘och o‘rnatish yoki tayyor buyumni olish, stanokni yurgizish yoki to‘xtatish kabi hollarda ishchiga yordam bermaydi. U ishchining ishini kuzatib, xatosini aytadi, kamchiligini ko‘rsatadi yoki undan ish o‘rganadi. Faqat xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi ro‘y bergan hollardagina stanokni to‘xtatishga yordam beradi. Bir o‘quvchi ma’lum turdagi ishni bajargan yoki buyumni tayyorlagandan so‘ng ular o‘zaro o‘rin almashadilar.
Ishni shu xilda tashkil etilganda o‘quvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiladilar, ortiqcha charchamaydilar, xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishining oldi olinadi va o‘quvchilarning ish o‘rganishlariga yordam beradi, o‘qituvchining nazorat qilishini yengillashtiradi.
Amaliy mashg‘ulotlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
1. Tayyorlanadigan buyumga moye yog‘och material tanlash. qayin, qora qayin, zarang, arg‘uvon, tol kabi yog‘ochlar tokarlik stanoklarida yaxshi ishlanadigan material hisoblanadi.
Yo‘nishni mashq qildirishda o‘quvchilarga birinchi navbatda tol, terak, arg‘uvon kabi yumshoq yog‘ochlar beriladi.
Tokarlik ishlari uchun odatda, diametri 50 mm dan 200 gacha bo‘lgan yorilmagan, to‘g‘ri, butoqsiz g‘o‘lalar tayyorlanadi. Mayda tokarlik ishlari uchun ingichka shox novdalaridan foydalaniladi.
2. Markazlar yordamida: a) silindrik sirtlarni yo‘nish; •b) pog‘onali sirtlarni yo‘nish; v) shakldor sirtlarni yo‘nish; g) pardozlash (jilvirlash, loklash va bo‘yash); d) tayyor buyumlarni qirqib tushirishni mashq qildirish. Masalan, belkurak, panshaxa, yer tatalagich kabi asboblar uchun dasta, xatkashlar uchun xatcho‘plar, to‘qmoq, jo‘va, chakich, iskana, Markazlar yordamida silindrik sirtlarni xomaki yo‘nishni o‘rgatishda yo‘nuvchi iskanani yog‘ochga nisbatan tutish va surishni mashq qildiriladi (111-раsм). Бунинг учун йо‘ниладиган ёg‘очнинг иккала учидан egov, bigiz, pichoq-lar uchun dastalar; maktab cho‘ti soqqalari, shaxmat donalari; tumbochka va etajerkalar uchun shakldor oyoqlar va shu kabilarni tayyorlash va pardozlashni o‘rgatish mumkin.
3. Ryumka patron yordamida yakka tartibda tayyorlanadigan ichki va tashqi silindrik, shakldor buyumlar tayyorlashni mashq qildirish. Masalan, yuqorida sanab o‘tilgan ayrim buyumlar bilan bir qatorda parmalab, yo‘nib-kengaytirib tayyorlanadigan blok, g‘altak, naycha kabi buyumlar tayyorlashni o‘rgatish.
4. Planshayba yordamida qisqa o‘lchamli, katta diametrli buyumlar tayyorlashni mashq qilish. Bunda turli xil yassi va shakldor tagliklar tayyorlash o‘rgatiladi.
Yog‘och ishlanadigan tokarlik stanoklarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotyaarda o‘quvchilarga ishlanadigan yog‘ochning o‘lchamiga qarab, uni qanday moslama yordamida ishlash kerakligi va ularni o‘rnatishni, tokarlik stanoklarida ishlatiladigan iskanalarni ishlatish usullari o‘rgatiladi.markazlar belgilanadi va parmalab
uya (markaz o‘rni) ochiladi. yog‘ochning shu uyalariga oldingi va orqa babka markazlari o‘rnatiladi. Dasta yordamida orqa babka pinolini surib ishlanadigan yog‘ochni markazlar orasiga o‘rnatiladi va u bo‘shab ketmasligi uchun pinolni orqa babka korpusiga qotirib qo‘yiladi. Yog‘ochni to‘g‘ri va puxta o‘rnatilgan-ligini tekshirysh uchun uni qo‘l bilan aylantirib ko‘riladi. Shuningdek, uning erkin aylanishini ta’minlash uchun orqa babka markaziga bir-ikki tomchi moy tomiziladi yoki solidol surtiladi. Yo‘nish vaqtyda tirgakni yog‘ochga yaqin o‘rnatiladi (112-rasm) va yo‘nish davomida uni vaqt-vaqti bilan yaqin-lashtirib boriladi. Yog‘och bilan tirgak orasidagi masofa uzoq-lashea, iskanani tutib turish qiyinlashadi.
rasm. Tirgakni vaqt-v
Tirgak hamma hollarda markaz bo‘yicha o‘rnatiladi. Markazdan past o‘rnatilsa, iskanani tutib turish qiyinlashadi, katta kuch talab etiladi. Yuqori o‘rnatilsa, iskana yog‘ochga yaxshi botmaydi, qirindi chiqarish yomonlashadi.
Xomaki yo‘nishda yo‘nuvchi iskana — reyer yordamida bajariladi. Ularning zni 6 mm dan 50 mm gacha bo‘lib, nov shaklida bo‘ladi. O‘quv ustaxonalarida har bir stanokka xomaki
atrofida bo‘lgan bitta va shakldor sirtlarni yo‘nish uchun eni 16,5 mm bo‘lgan ikkinchi yo‘nuvchi iskana bo‘lsa kifoY.
Xomaki yo‘nishda vaqt-vaqti bilan kronsirkul yoki shtangensirkul yordamida yo‘nilayotgan sirtning diametri o‘lchab boriladi va kerakli o‘lchamda ingichkalashtirib yuborilmaydi. Bu vaqtda qirquvchi iskana bilan yo‘nish uchun 2—3 mm qo‘yim qoldirib yo‘niladi.
O‘quvchilar xomaki yo‘nishni mashq qilib ma’lum malaka hosil qilganlaridan so‘ng sirtlarni silliqlashni o‘rgatishga o‘tiladi. Silliqlash qirquvchi iskana — meyzel yordamida bajariladi. Meysellarning eni har xil o‘lchamda bo‘lib, yassi ko‘rinishda bo‘ladi.Qirquvchi iskana yordamida yo‘nish ishlari bajarilganda tig‘ ning o‘tmas burchakli qismidan boshlab eng ko‘pi bilan qismi kesishda ishtirok etadi (113-rasm).
113-rasm. Qirquvchi iskana yordamida yo‘yo‘nish uchun eni 30 mm
Tig‘ning o‘tkir burchakli uchi yo‘nish vaqtida kesishda ishtirok etmasligi kerak. Aks holda tig‘ yog‘ochga botib, sirtning silliqligini buzadi.
Qavariq sirtlarni hosil qilish vaqtida yo‘nish faqat tig‘ning o‘tmas burchakli qismi bilan, qirqish esa faqat o‘tkir burchakli uchi bilan bajariladi (114-rasm, o). Qirqib tushirishda tig‘ni yuqoriga qaratib tutiladi. Buyum yoki detal tayyor bo‘lgandan so‘ng qirqib tushirishda ko‘ndalang qirqimlarning tekis chiqishi uchun yog‘ochning ikkala uchidan aniq o‘lchamli qilib qalam bilan rejalab olinadi. Rejalash stanok yurib turgan vaqtda yoki shpindelni qo‘l bilan aylantirib turib bajariladi.
Qirqish vaqtida iskananing uchini reja chizig‘idan tashqa-riroqda yog‘ochga tutib o‘yiladi. So‘ngra yog‘ochning yo‘g‘on-ingichka-ligiga qarab payraxa chiqarish uchun iskanani rejadan tashqariga burchak ostida tutib qirqish ishi bajariladi (114-rasm, b). Qirqish ishi yog‘ochning diametri 8—10 mm qolgunga qadar davom ettiriladi. So‘ngra iskanani reja chizig‘i bo‘yicha tik tutib, tekis ko‘ndalang qirqim hosil qilinadi. Agar reja bo‘yicha ko‘ndalang qirqim tekis chiqmasa, u holda qirqish ishi taqrorlanib, tekis qirqim hosil qilinadi. Buning natijasida detalning uzunligi qisqaradi. Shuni hisobga olib de-talning ikkinchi uchini birinchi uchidan tekis qirqim hoyeyl qilingandan so‘ng rejalash ma’qul. Tekis qirqimlar hosil qilingandan keyin detal markazlardan chiqarib olinadi va yeg‘och uchlari iskana bilan qirqib tushiriladi.
O‘quvchilarning qo‘li yo‘nishga kelgandan so‘ng tayyor bo‘lgan Silindrik sirtlarni markazlar orasidan chiqarib olmasdan turib qator mashqlar o‘tkazish mumkin. Masalan, pog‘onali silindrik sirtlar, bo‘yinlar, har xil o‘yiqlar hosil qilish mashq qildiriladi. Silindrik sirtlardan buyum tayyorlashda rejalash qalam yoki sirkul yordamida bajariladi. Qalam bilan rejalashda o‘lcham masshtab lineykasidan olinib, sirkul bilan rejalashda uni oldindan o‘lchamga sozlab olinadi Pog‘onali sirtlar yo‘nishda (115-rasm, b) silindrninguzunligiga va tayyorlanadigan pog‘onalarning soniga qarab teng bo‘laklarga bo‘lib rejalab olinadi. Yo‘nishni eng kichik diametrli sirtdan boshlab katta diametrlisiga o‘tish bilan olib boriladi.
Silindrik sirtlarda tik bo‘yinlar (115-rasm, b) hosil qilishda, bo‘yinning uzunligiga qarab, unga mos qirquvchi iskanalar ishlatilib, tik qirqimlar chiqariladi va bo‘yinlar hosil qilinadi.
To‘g‘ri burchakli o‘yiqlar (115-rasm, g) hosil qilishda o‘lchamlar asosida rejalanib o‘yiqlarning o‘rta qismi o‘yilib, reja bo‘yicha burchak ostida payraxa chiqariladi. Ularning chu-qurligi kronsirkul yoki shtangensirkul bilan o‘lchab boriladi.
115-rasm. Turli xil sirtlarni rejalash va yunish:a — sirkul yordamida rejalash; b — tik bo‘yinlar hosil qilish-v — pog‘onali sirtlar; g — o‘yiqlar; d — botiq sirtlar.
Sirkul yordamida rejalash 115-rasm, a da ko‘rsatilganidek bajariladi.
Egri chiziqli o‘yiqlar yoki botiq sirtlar (115-rasm, d) hosil qilishda rejalash aniq o‘lchamlarda bajarilib, yo‘nuvchi iskana yordamida botiq sirtlar hosil qilinadi. Buning uchun eni unga moye yo‘nuvchi iskana tanlanadi. Bu vaqtda iskana tir-gak bo‘ylab surilmaydi, balki faqat o‘z o‘qi atrofida burib (aylantirib) turiladi.
Shu tariqa tayyorlanadigan buyum yoki detalning diametriga moye silindrik sirt yo‘nilib, xohlagan shakldagi tashqi shakl-dor sirtlar hosil qilinadi.
Tashqi shakldor sirtlarni hosil qilishda ularning aniq shaklga keltirib yo‘nilganligini tekshirishda andazalardan foydalaniladi (116-rayem). Bu maqsadda har bir shakldor detal yoki buyum uchun alohida-alohida andaza tayyorlanadi. Uquvchi yog‘ochga ishlov berayotganda uni andazaga moye keltirish-ga harakat qiladi. Har bir buyumni ish chizmasi asosida aniq
o‘lchamli qilib tayyorlanadi. Shuning uchun andazaga moslash bilan ki-foyalanib qolmay, uning o‘lchamlariga ham e’tibor beriladi.
Andazalar buyumlarning chizmasi asosida faner, plastmassa, kartondan tayyorlanadi.
Shakldor buyumlarni ko‘plab tayyorlashda andaza keskichlardan ham foydalaniladi. Sirtlar xomaki yo‘nilib andazaga yaqin shaklga keltiriladi, so‘ngra andaza keskich bilan aniq shakl hosil qilinadi.
Tokarlik-vint qirqish stanoklari yordamida yog‘ochga ishlov berishda andaza keskichlardan foydalanish ancha qulay. Bunda keskichlar tutqichlarga o‘rnatilib sirtga aniq yo‘naltiriladi va ko‘ndalang support yordamida tegishli masofaga surib, buyum-larning bir xil o‘lchamli chiqishi ta’minlanadi.
Ryumka patron yordamida yakka tartibda ichki va tashqi sirtlarni yo‘nishda tanlangan yog‘ochni patronga sig‘adigan qilib yo‘nib, so‘ngra qoqiladi va vint yoki burama mix yordamida qo-tiryladi.
Ryumka patronga o‘rnatilgan yog‘ochning tashqi sirtini yo‘nishda, uning uzunligiga qarab orqa babka markazini tirab qo‘yilsa yaxshi bo‘ladi. Tashqi sirtlarni yo‘nib detal tayyorlash markazlar "orasida detal tayyorlash kabi bajariladi.
Ichki sirtlar hosil qilishda orqa babkaga markaz o‘rniga kerakli o‘lchamdagi parma o‘rnatiladi va parmalash yo‘li bilan teshiklar, uyalar ochiladi. Teshik va uyalarni kengaytirish ta-lab etilgan hollarda unga mos o‘lchamdagi yo‘nuvchi iskanalar bilan yo‘nib ichki sirtlar kengaytiriladi yoki kerakli shaklga keltiriladi.
Ichki sirtlar hosil qilingandan keyin tashqi sirtlarga ^ ishlov beriladi. Ichki sirtlarni yo‘nishda tirgak shpindel o‘qyga tik yoki burchak hosil qilib o‘rnatiladi (117- rasm).
Qisqa o‘lchamli, katta diametrli yog‘och buyumlar planshayba yordamida tayyorlanadi. Ishlov beriladigan yog‘och planshaybaga undan tayyorlanadigan buyumning o‘lchami va shakliga, unga qo‘-yiladigan talablarga qarab turli usullar bilan o‘rnatiladi (118-rasm). Disksimon tagliklar tayyorlashda ularning qalin-ligiga qarab yog‘och planshaybaga unga moye burama mixlar bilan ■qotiriladi. Burama mixlarni buyumning «bet»ga o‘tib qolishi yoki yo‘nish vaqtida iskanalarga tegib qoladigan bo‘lishiga io‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun burama mixlarni buyumning Qalin qismiga qotiriladi.
118-rasm. Planshayba yordamida yo‘nish.
Burama mix qoldirgan iz buyumning sifatini buzadigan hollarda planshaybaga xomaki yog‘och burama mixlar bilan qo-tirilib, unga ishlov beriladigan yog‘och yelimlab yopishtiriladi. Bunda ajratib olish oson bo‘lsin uchun yog‘ochlar orasiga qog‘oz yopishtiriladi. Ikki bo‘lakdan iborat bo‘lgan buyumlar tayyor-lashda ham shu yo‘sinda ish yuritiLadi.
Ikki tomoni yo‘niladigan buyumlar tayyorlashda yuqoridagi usul bilan oldin bir tomoniga ishlov. berilib, so‘ng ik-kinchi tomoniga ishlov beriladi. Buning uchun birinchi ishlov berilgan tomonni xomaki yog‘ochga qog‘oz bilan yelimlab yopishtiriladi.
Urtasi teshik buyumlar tayyorlashda ularni planshaybaga
markazlovchi boltlar yordamida qotiriladi.
hpindelga uch kulachokli o‘z-o‘zidan markazlanuvchi patron o‘rnatilishi vilka, ryumka patron, planshaybalarni, markazlovchi boltlarni, shuningdek, ishlov beriladigan yog‘ochlarni unga bevosita o‘rnatish imkonini beradi va yog‘ochni boshqa mos-lamalarga o‘rnatishdagi barcha qiyinchiliklar bartaraf eti-
ladi, vaqtdan yutiladi.
O‘quv ustaxonalarida yog‘ochlarga ishlov berishni tokarlikvintqirqish stanogi yordamida o‘rganish ham mumkin. Tokarlik-vintqirqish stanogi yordamida, yog‘ochlarni ishlash oson, keskichlar maxsus tutqichlarga o‘rnatilganligi uchun ularning qo‘ldan chiqib ketish xavfi yo‘q, ularni support yordamida ixtiyoriy yo‘nalishda surish mumkin. Tokarlik-vintqirqish stanogi har xil shakldagi ichki va tashqi sirtlarga ishlov berish uchun qu-lay. Stanok yog‘och qirindisidan ortiqcha ifloslanmasligi uchun support va stanina yo‘naltiruvchilarining usti maxsus qoplama bilan to‘sib qo‘yiladi.
O’quv ustaxonalarida yog‘och ishlanadigan tokarlik stanokla-rining soni kam bo‘lgan v.aqtda yog‘och ishlash uchun tokarlik-vint qirqish stanoklaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu stanoklarda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq o‘quvchilarni jalb etish va ularning stanokda yetarli vaqt davomida turli ko‘rinishdagi ishlarni bajarishlariga, yaxshi malaka hosil qilishlariga imkon beradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning yog‘och ishlash vaqtida stanokni ishga sozlash, boshqarish, turli xil sirtlarni yo‘nish borasida hosil qilgan malakalari metall ishlashga oson ko‘chiriladi.
Pardozlash. Yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogida tayyorlangan barcha ichki va tashqi sirtlar stanokning o‘zida oson va tez pardozlanadi. Pardozlash tayyorlangan buyumni stanokdan chiqarmasdan turib bajariladi.
Stanokda tayyorlangan buyumlarning sirti silliq chiqadi. Lekin shunga qaramay o‘rtacha va mayin jilvirlar bilan jilvirlanib silliqlanadi. Jilvirlashda stanokni yurgizib qo‘-yib jilvirni yog‘ochga qo‘lda tutiladi yoki taxtachaga o‘rab yog‘och ustida yurgiziladi. Ichki sirtlarni jilvirlashda Jilvir qog‘oz tayoqchaga o‘rab tutiladi.
Buyum sirti jilvirlangandan so‘ng bir siqim mayin qirin-di olib yog‘och sirtiga bosib silliqlanadi. Silliqlash tiniq, tovlanadigan sirt hosil bo‘lgunga qadar davom ettiriladi.
Silliqlangan sirtga lok yoki politur surtilib jilolana-dy. Buning uchun bir parcha paxtani lok yoki politurga botirib olib aylanib turgan buyum sirtiga tutiladi. Paxtaning quri-shiga qarab tez-tez lok yoki politurga botirib olinadi. Agar paxta qurib sirtga yopishib qoladigan bo‘lsa, uning yuziga bir-ikki tomchi paxta moyi tomizib olinadi. Paxtani matoga o‘rash tavsiya etilmaydi. Mato qurishi natijasida uning tolalari titilib buyum sirtiga yopishadi va sifatini buzadi.
Pardozlash bir tekis tiniq, yaltiroq sirt hosil bo‘lgunga qadar davom ettiriladi. Lok yoki politur surtishda vaqt-vaq-ti bilan stanokni to‘xtatib sirtning qurishiga imkon beriladi. Aks holda qurimagan sirtga navbatdagi lok yoki politur qatlami yopishmaydi, balki hosil bo‘lgan parda qatlami shili-nadi. Pardozlash tugagandan keyingina buyum stanokdan chiqa-rib olinadi.
__ Stanoklarda tayyorlangan buyumlarni bo‘yash ham mumkin. Bo‘yoqlarni sirtlarga yoppa yoki halqasimon qilib surtiladi. Bu esa sirtlarni har xil rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yab unga say-qal berish imkonini beradi.
Bo‘yash va loklashda ularning markazdan qochirma kuch ta’si-rida stanokka va pardozlovchiga sachramasligi uchun paxta yoki chutkaga ortiqcha lok, bo‘yoq shimdirmaslik kerak, shuningdek, bo‘yash vaqtida ihota to‘sqich o‘rnatib olinadi.
O‘quvchilar yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogini ishga sozlash, boshqarishni o‘rnatib, xomaki yo‘nish va silliqlashga qo‘llari kelgandan keyin ularga ish chizmalari asosida bajari-ladigan bir qator ishlar topshiriladi.
O‘quvchilarga topshiriladigan ishlar va ularning tavsiflari bobda yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |