63
qilish, ritm va shiddat hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli bajariladi, intizomlilik va
uyushqoqlik ortadi.
Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundan iboratki, ular kishi
qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi. Bu narsa harbiylarning
qaddi-qomati tо‗g‗ri tuzilishida yorqin kо‗rinib turadi. Talabalarni
zalda yoki maydonchada tez va maqsadga muvofiq joylashtirishga
imkon beradigan saf mashqlarisiz gimnastika mashg‗ulotlarini
tasavvur qilib bо‗lmaydi.
Kо‗p sonli talabalar qatnasha oladigan
saflanish turlarining
kо‗pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika chiqishlarining
tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Safdagi harakatlar va buyruqlarning kо‗pgina qismi О‗zbekiston
Qurolli Kuchlari Ustavining saf harakatlari direktivasidan,
ozroq
qismi esa, gimnastika mashg‗ulotlari jarayonida amaliyotda
qо‗llaniladigan atamalardan foydalanilgan.
Ushbu bobda gimnastika amaliy mashg‗ulotlarida kо‗proq
uchraydigan va mashg‗ulot о‗tishda zarur bо‗lgan saf mashqlari yoritilgan. Saf mashqlaridan
foydalanish qulay bо‗lishi uchun gimnastika zalida shartli nuqtalar belgilanadi – markazi, о‗r
talik va burchaklari (12-rasm).
Ular zalning о‗ng chegara tomoniga nisbatan belgilanadi. Zalning о‗ng tomoni nisbatan (eshiklar
joylashgan) uzun tomonlaridan biri bо‗lib, unda mashg‗ulot oldidan guruhlar saflanadi (odatda,
eshikdan kirishga qarama-qarslii tomonda). Agar zalning uzun tomonida derazalar joylashgan
bо‗lsa, guruh derazalarga orqasi bilan saflanadi.
Saf mashqlari quyidagi tо‗rt guruhga bо‗linadi:
1.
Saf usullari.
2.
Saflanish va qayta saflanishlar.
3.
Joydan joyga kо‗chish.
4.
Orani ochish va jipslashlsh.
Saf mashqlarini qо‗Uanishdagi asosiy tushunchalar 13-rasmda kо‗rsatilgan.
Saf – talabalarning darsda birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga kо‗ra tiziladi.
Qator – shug‗ullanuvchilarningbir chiziqda yonma-yon turishi.
Ketma-ket qator – shug‗ulianuvchilarning bir-biri orqasida tizilishi.
Boshlovchi – ketma-ket qatoqda birinchi – boshida turgan о‗quvchi (talaba).
Oxirgi – ketma-ket qator oxirida turgan о‗quvchi (talaba).
Front – shug‗ullanuvchilar safining old tomoni (qatorda).
Ichkari – front
teskarisi, ya‘ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-qatorlar.
Qanot – safning chap yoki о‗ng tomoni.
64
Saf chuqurligi – ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi о‗quvchi (talaba) orasidagi
masofa.
Safkengligi – о‗ng qanotdan chap qanotgacha bо‗lgan masofa (qatorda).
Masofa – yonma-yon turgan shug‗ullanuvchilar orasidagi masofa (ketma-ket qatorda).
Oraliq – front bо‗yicha shug‗ullanuvchilar orasidgi masofa.
Mashg‗ulotda safni о‗qituvchi va talabalar (guruh sardori, о‗quv bо‗limlarining boshliqlari
va navbatchilar) tovush yoki belgilangan signal bilan beriladigan buyruq, topshiriqlar berish orqali
tuzadilar.
Zich saf – talabalarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi (tirsaklar о‗rtasi) oralig‗ida yoki
ketma-ketlarda bir-biridan oldinga uzatilgan qо‗l uzunligidagi masofadan iborat safdir.
Orasi ochiq saf – talabalarning qatorda bir qadam oraliqda yoki о‗qituvchi belgilab bergan
oraliqda joylanishidan iborat safdir.
Do'stlaringiz bilan baham: