3. Saflanish va qayta saflanish
Saflanish – talabalarning о‗qituvchi buyrug‗idan sо‗ng bironbir safda turish uchun
bajariladigan harakatdir. Saflanishlarda, о‗qituvchi barcha talabalar kо‗ra oladigan joyda turishi
shart.
Mashg‗ulot oldidan guruh qoida bо‗yicha bir qator bо‗lib, ayrim hollarda esa, ikki qatorda
saflanadi.
65
Saflanish uchun: «Bir, ikki, uch qatorga SAF-LAN!» buyrug‗i beriladi. Buyruq berilishi bilan
guruh sardori yoki navbatchi safning old tomoniga qarab «ROSTLAN!» holatida turadi, guruh
uning chap tomonida saflanadi.
Guruhning mashg‗ulotga tayyorligi tо‗g‗risida raport berishdan oldin sardor (navbatchi) guruh
safini tekislaydi, uni sanatib chiqadi sо‗ng, «ROST-LAN!», «О‗NG-GA TEKIS-LAN!», («CHAP-
GA!», «О‗RTA-GA») buyrug‗ini beradi.
Guruh sardori (navbatchi) о‗qituvchiga 2-3 qadam yetmasdan (shaxdam qadam bilan)
tо‗xtaydi va raport beradi: «О‗rtoq о‗qituvchi! ... fakultetining ... kurs ... guruhi mashg‗ulot о‗tish
uchun saf- landi. Rо‗yxat bо‗yicha ... kishi, safda ... kishi. Sardor (navbatchi)...». Keyin eng qisqa
yо‗l bilan о‗qituvchi turgan tekislikka borib, safga qarab turadi. О‗qituvchi salomlashib, guruh
javob qaytargandan sо‗ng guruh sardori (navbatchi) о‗qituvchining «ERKIN!» buyrug‗ini
takrorlaydi va safning о‗ng qanotiga turadi. Saflanish va raport berishni tantanali ruhda о‗tkazish
lozim.
Mashg‗ulot boshlanishidan oldin raport berilishiga о‗qituvchining jiddiy munosabatda
bо‗lishi, uning tashqi qiyofasi va qaddi-qomati bu an‘ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini
kо‗rsatishi lozim.
Ketma-ket qatorga saflanish — «Ketma-ket qatorga (bir, ikki, uch va h.k.) SAFLAN!»
buyrug‗iga binoan bajariladi. Guruh о‗qituvchi (navbatchi)ning qо‗li bilan kо‗rsatgan tomonda
bajariladi.
Buyruq bо‗yicha qator, ketma-ket, doira va h.k. bо‗lib saflanadi. Masalan, «Doiraga ...!», «Ikki
qatorga ...!»
Bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish. Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab
chiqilgandan sо‗ng, «Ikki qatorga SAF-LAN!» buyrug‗i beriladi. Bu buyruqqa kо‗ra, ikkinchi
raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qо‗yadilar (hisob «bir»), о‗ng oyoqni juftiamasdan bir
qadam о‗ngga qо‗yadilar (hisob «ikki») va safda birinchi turganning orqasiga о‗tgan holda chap
oyoqni juftlaydilar (hisob «uch»).
Bir qatordan uch qatorga qayta saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan sо‗ng quyidagi buyruq
beriladi: «Uch qatorga SAF- LAN!» Bu buyruqqa kо‗ra, ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar,
birinchi raqamdagilar о‗ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib, oldinga
bir qadam qо‗yadilar va о‗ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarni orqasiga о‗tadilar. Uchinchi
raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, о‗ng oyoqni juftlamasdan yonga qadam
tashlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarning oldiga о‗tib turadilar. Avvalgidek,
saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Bir qatorga SAF-LAN!» Qayta saflanish, saflanishga
teskari tartibda о‗tkaziladi.
21
Qatordan «qirra bо‗lib» qayta saflanish. Guruhda dastlabki sanoq, о‗tkazilgandan keyin
buyruq beriladi («6-3 joyida», «6-4-2 joyda» va h.k.), sо‗ng quyidagi buyruq beriladi: «Sanoqlar
bilan QADAM BOS!» Talabalar sanoq, bо‗yicha zarur bо‗lgan qadamni tashlab, sо‗ng oyoqlarini
juftlashadi. О‗qituvchi birinchi qator tо‗xtagunga qadar sanab turadi. Sanoq, 6-3-joyida deb
sanalganda 7 gacha; 9-6-3joyida deb sanalganda 1O gacha olib boriladi.
Qayta saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Joyda QADAM BOS!», safdan
chiqqanlaming hammasi orqaga burilib, о‗zjoylarga qaytadilar, joylariga yetgach, yana orqaga
buriladilar. О‗qituvchi safni oxiridagi talaba turib, orqaga burilgunga qadar («bir» «ikki» deb)
sanab turadi (14-rasm).
21
Tulenova X.B., Malinina N.N., Inozemseva L.A. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni (URM) o‗rgatish metodikasi. Tashkent,
2005 y.
66
Qator guruhlarning qanotini aylanib о‗tib, ketma-ket qatorga qayta saflanishi. Dastlab
uchtadan, tо‗rttadan va h.k. deb sanalgandan keyin quyidagi buyruq beriladi: «Guruh, ketma-ket
qatorga (3-4 va h.k.), oldinga chap (о‗ng) yelka bilan QADAM BOS!» Bu buyruqqa kо‗ra, sanab
chiqilgan guruhlar front bо‗ylab tekislikni saqlagan holda ketma-ketlik hosil bо‗lgunga qadar,
qanot bilan oldinga yuradilar. Ikkinchi buyruq: «Guruh, TО‗XTA!» Yana qayta saflanish uchun
quyidagi buyruqlar beriladi:
1.
«ORTGA!»
2.
«O‗ng (chap) yelka bilan oldinga. Bо‗lim bilan bir qatorga QADAM BOS!»
3.
«GURUH TО‗XTA!»
Sо‗nggi buyruq talabalar qatordagi о‗z joylariga yetgan vaqtda beriladi.
Uch «qirra bо‗lib», bir ketma-ket qatordan qayta saflanish. Uchgacha sanab chiqilgandan
keyin quyidagi buyruq beriladi: «Birinchi raqam ikki (uch, tо‗rt va h.k.) qadain о‗ngga, uchinchi
raqam ikki (uch tо‗rt va h.k.) qadam chapga QADAM BOS!» Yana avvalgi holatga qayta saflanish
uchun quyidagi buymq beriladi: «Joyda
QADAM BOS!» Qayta saflanish juft qadam bilan bajariladi (113-rasm).
Yurib ketayotganda bir ketma-ket qatordan ikki, uch va h.k. ketma-ket qatorlarga burilib,
qayta saflanish. Guruh, chapga aylanib- yurib ketayotganida quyidagicha buyruq beriladi: «Bir
ketma-ket qatordan ikkitaga (uch, tо‗rt va h.k.) tiziiishga QADAM BOS!» (qoida bо‗yicha, buyruq
guruhga zal yoki maydonning yuqori yoki pastida bо‗lgan chog‗da beriladi). Birinchi ikki talaba
(uch, tо‗rt va h.k.) burilgandan sо‗ng, navbatdagilar о‗z saflarining oxiridagi talabaning buyrug‗i
bilan, oldindagilar burilgan joydan buriladilar. Keyinchalik orani yana qayta ochib о‗tirmaslik
uchun shu yeming о‗zida oraliqva masofa tо‗g‗risida kо‗rsatma berish mumkin (15-(a,b,c) rasm).
Yana avvalgidek saflanish uchun buyruqlar beriladi:
•
«О‗NGGA!»
•
«О‗ng (chap)ga bir ketma-ket qator bо‗lib, bittadan avlanib QADAM BOS!»
О‗rgatayotgan paytda, guruhdan bir necha talabani olib, buyruqlar beriladigan joylarda
tо‗xtatib, qayta saflanishni kо‗rsatish maqsadga muvofiqdir.
67
Bir ketma-ket qatorni ikki, tо‗rt, sakkiz ketma-ket qatorga bо‗lish va biriktirish orqali qayta
saflanish. Qayta saflanish harakat davomida bajariladigan buyruqlar:
•
«Markaz orqali QADAM BOS!» (odatda, bu buyruq zalning о‗rtasida beriladi). •
«Ketma-ket qator bilan bittadan о‗ngga va chapga aylanib QADAM BOS!».
Buyruq rо‗paradan beriladi. Bu buyruq bо‗yicha birinchi raqamdagilar о‗ngga, ikkinchi
raqamdagilar chapga aylanib yuradilar.
•
«Markaz orqali ketma-ket qator bilan ikkitadan QADAM BOS!» Bu buyruq ketma-
ket qator zalni qayta saflanish boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi.
Bо‗lish va biriktirish davom ettirilganda, tо‗rt, sakkiz va h.k. ketma-ketlikda saflanish
mumkin.
Talabalarni avvalgi holiga qayta saflash, ajratish va qо‗shilish deyiladi, masalan, ikki ketma-
ketdan bir ketma-ketga qayta saflash. Buyruq: «O‗ngga va chapga aylanib, bittadan ketma-ketga
QADAM BOS!». Bu buyruq bо‗yicha о‗ng tomondagi ketma-ket о‗ngga, chap tomondagi ketma-
ket chapga yuradi. Qarama-qarshi harakatda o‗rtada ketma-ketlar uchrashib qolganda, quyidagi
buyruq beriladi:
«Ketma-ketga bittadan markazdan QADAM BOS!»
Do'stlaringiz bilan baham: |