68
b) «Yetakchi, JOYIDA!» buyrug‗i yurib (yugurib) borayotgan guruhni bir qadamli masofaga
yig‗ish zarur bо‗lganda beriladi,
chunki mashq bajarganda, odatda, masofa uzoqlashadi.
Joyda turib harkatlanishdan yurishga о‗tish. Buyruqlar:
a)
«TО‗G‗RIGA!» Chap oyoqdan beriladi. O‗ng oyoq
bilan turgan joyda qadam
bosib, chap oyoq bilan
oldinga harakat boshlanadi;
b)
«Ikki (ikki, uch va tо‗rt h.k.) qadam oldinga (ortga, yonga) QADAM BOS!».
Harakatni tо‗xtatish uchun «Guruh TО‗XTA!» buyrug‗i (chap oyoqdan) beriladi. О‗ng oyoq
bilan bir qadam bosiladi va chap oyoqni о‗ngga juft birashtiriladi.
Joydan joyga kо‗chishning ifodasini о‗zgartirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «Bir-
birini QADAMIGA MOS kelmagan!», «Bir-birini QADAMIGA MOS!» Bu buyruqni bergandan
keyin, butun guruh bajargunga qadar sanab borish zarur.
Qadam kengligi va harakat tezligini о‗zgartirish uchun bunday buyruqlar beriladi: «Shaxdam
QADAM bilan»,«Kichik QADAM bilan!», «Tez, tо‗liq QADAM bilan!», «Yarim QADAM
bilan!»
Yugurish harakatidagi buyruqlar: «YUGURIB!» Agar yurishdan yugurishga о‗tilsa (musiqa
bilan), bajariladigan buyruqlar chap oyoqdan beriladi, о‗ng oyoq bilan qadam tashlab, chap
oyoqdan yugurish boshianadi. Musiqa jо‗rligida yugurishdan yurishga о‗tishda bajariladigan
harakat ham xuddi shunday «QADAM BOS!» buyrug‗i beriladi. Agar musiqa jо‗r bо‗lmasa,
«QADAM BOS!» buyrug‗i о‗ng oyoqdan beriladi.
Harakat chog ‗ida burilish. Turgan joyda burilishda qanday buyruqlar berilsa (orqaga
burilishda beriladigan buyaiqlar bundan mustasno), harakat chog‗ida burilishda ham shunday
buyruqlar beriladi. O‗ngga burilish uchun bajariladigan buyruq о‗ng oyoq qо‗yilgan paytda
beriladi, shundan sо‗ng talaba chap oyoqni bir qadam oldinga tashlab, chap oyoqning uchida
buriladi va о‗ng oyoq bilan yangi yо‗nalishda harakat qilishni davom ettiradi.
Chap tomonga burilish uchun bajariladigan buyruq chap oyoq qо‗yilgan paytda beriladi;
burilish о‗ng oyoqning uchida amalga oshiriladi.
Orqaga burilish uchun ushbu buyruq beriladi: «ORTGA!» Ijro buyrug‗i о‗ng oyoq qо‗yilgan
chog‗da beriladi, shundan sо‗ng talaba chap oyoq bilan bir qadam oldinga tashlab turib, shu oyoq
uchida buriladi hamda chap oyoq bilan yangi yо‗nalishda harakat qilishni davom ettiradi. Harakat
chog‗ida burilishiga (ayniqsa, orqaga burilishga) bajarish buyrug‗i berilgandan sо‗ng, harakat
ritmini saqlash uchun sanoq olib borish maqsadga muvofiqdir.
Talabalar о‗ngga va chapga burilishni yaxshi о‗rganib olganlaridan sо‗ng, orqaga burilishni
о‗rgatish uchun, ularni bо‗Iimlarga bо‗lib о‗rgatgan ma‘qul.
Qanot bilan oldinga yurib front yо‗nalishini о‗zgartirish. Buyruqlar:
a)
(boshlanishi) «Oldinga о‗ng (chap) yelka bilan QADAM BOS!» (harakatlanish
vaqtida «QADAM» sо‗zi aytilmaydi). Bu buyruq bо‗yicha guruh qatordagi safini buzmasdan, chap
qanotdagi talabani atrofida yuradi, chap qanotdagi talaba esa, turgan joyida odimlab, qatordagi
tekislikni saqlagan holda butun qator bilan
birgalikda buriladi;
b)
(tugashi) «TО‗G‗RIGA!» yoki «JOYDA!» yoki guruh «TО‗XTA!», «JOYDA!»
yoki guruh «TО‗XTA!».
Do'stlaringiz bilan baham: