14
berganda muhimdir. Yuqoridagi ma‘lumotlarga asoslanib, hakam ballarda yakuniy bahoni qо‗yadi
va uni kо‗rgazma kitobcha yordamida katta hakamga kо‗rsatadi.
1997-yilda xalqaro musobaqalar qoidasiga о‗zgartirish kiritilgan bо‗lib, bu qoida asosida
musobaqalarda xizmat qiladigan hakamlar ikki guruhga bо‗linadi (tayanib sakrashjardan tashqari):
«A» va «V». «A» guruhda ikki hakam, «V» guruhda tо‗rt-olti. Har ikki guruh, hay‘at raisi
rahbarligida ish olib boradi.
«A» guruh hakamlari bajarilgan mashqlarning murakkabligini, maxsus talablarga javob
berganini aniqlab, ularni qо‗shimcha ballar bilan baholaydi.
«V» guruh hakamlari bajarilgan mashqlarni bajarilish texnikasi, jozibadorligining estetik
bajarilishi, sportchining qaddi-qomatini tutishini о‗rtacha ballar bilan baholaydi. Sportchi
chiqishining jami ballari о‗rtachasi quyidagicha baholanadi. Masalan, «A» guruh hakamlarini
qо‗ygan balli 9,2, «V» guruh hakamlariniki 0,55 (0,5;0,6;0,7;0,4;0,6;0,5). Bunda yakuniy balllar
8,65 (9,2—0,55) ball.
Har bir mashqning bajarilishini baholashda mumkin qadar oqilona baholash uchun amalda
quyidagilar qо‗llaniladi:
1)
har bir turga 4-6 (6-8) hakamdan iborat guruh tuziladi;
2)
har bir hakam mustaqil ball chiqaradi;
3)
hakamlar guruhi teng huquqlilik asosida tuziladi;
4)
hakamlar orasidagi kelishilmovchiliklarni joylardagi (jihozlardagi) katta hakam
bartaraf etadi.
Musobaqalarda hakamlar faoliyati bajarilgan mashqlarni oqilona baholashdan tashqari
sportchi va tamoshabinlarga tarbiyaviy ta‘sir etadi, shuning uchun ulardan maksimum diqqat va
odillik talab qilinadi.
2006-yildan boshlab, gimnastlarning dasturdagi mashqlarni bajarish sifati va murakkabligi
yuqori darajaga kо‗tarishni rag‗batlantirish qо‗shildi.
«A» guruh hakamlari bajarilgan mashqlar tо‗plamlarini turli xildagi murakkabligini
aniqlaydi. Natijada eng mukammal bajarilgan elementlarga baho beriladi.
«V» guruh hakamlarining har biri 10 ball tizimida, gimnastlar tomonidan qо‗yilgan xatolar
uchun, ballami kamaytirib borishadi. Baliolash qoidasiga kо‗ra, 2 va 6 hakam о‗rtacha ballni, «A»
va «V» hakamlar guruhi ballar yig‗indisini chiqaradi. Masalan, «A» guruhdagilar 6,2 ball, «V»
gumh hakamlari 9,15 (9,1; 9,2; 9,3; 9,1; 9,2; 9,1). Bu holatda yakuniy natija 15,35 (6,2+9,15) ballni
tashkil etadi.
Hakamlik qilish sifati hakam (nufuzli musobaqalarda) va uning о‗rinbosarlari ishi,
kuzatuvchi hay‘at a‘zolari tomonidan nazorat qilib boriladi. Nazorat qiluvchi hay‘at a‘zolari о‗z
faoliyati jarayonida hakamlik qilish qoidasida kamchiliklar aniqlasa, uni о‗z vaqtida bosh
hakamning о‗rinbosariga ma‘lum qiladi.
Gimnastika musobaqalari hakami gimnastika mashqlari texnikasining bajarilishini yaxshi
bilishi, musobaqa qoidalarining barcha ikir-chikirlarini bilishi, yetarli darajada odil, tartibli,
intizomli, xotirjam bо‗lishi va uning kо‗rish xotirasi yaxshi bо‗lishi shart.
Hakamlik asoslarini faqat о‗qituvchi, murabbiy bilib qolmasdan balki har bir gimnast ham
bilishi kerak, chunki bu bilimlar uning sport mahoratining oshishiga kо‗maklashadi va musobaqada
yuqori natijaga erishishiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: